Farg`ona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim”


Download 434.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana03.02.2023
Hajmi434.46 Kb.
#1155968
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulsevar333

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


43 
Xulosa 
Kaykovusning “Qobusnoma” asari XI asrda yaratilgan bo’lishiga
qaramay, unda ilgari surilgan g’oyalar, pand-nasihatlar, axloq-odob qoidalari 
hozirga qadar ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Uning ta’limotini o’rganish, 
undan umuminsoniy tarbiya sohasida foydalanishi shu kunning talabiga aynan
mos keladi. 
Biz malakaviy bitiruv ishimizda Kaykovus yashab ijod etgan tarixiy sharoit
hamda madaniy muhitni yoritdik. “Qobusnoma” asarining yaratilish tarixi,
ahamiyati unda ilgari surilgan g’oyalar, targ’ib qilingan masalalar bayon
etildi.
Uning pedagogika sohasidagi qarashlari ya’ni ilm olish masalalari asarning
hozirgi davrda ma’naviy-axloqiy tarbiya samaradorligini oshirishdagi
roli, kasb-hunar egalarining odob-axloq normalari, ularning bir-biri va
atrofdagilar 
bilan 
muomila 
munosabat 
masalalari 
kundalik 
turmush
jarayonida rioya qilish kerak bo’lgan axloq chegarasi masalalari o’rganildi, tahlil 
etildi.
Asarning oila tarbiyasida va boshlang’ich sinflar ta’lim-tarbiya jarayonida 
qo’llanilishining nazariy jihatlari hamda ommaviy usullari ko’rsatiladi.
Maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot o’tkazildi. 
Asrni o’rganish jarayonida Kaykovusdan avval yashab ijod etgan 
allomalarning ham qarashlari o’rganildi, bundan keyin yashagan va yashab 
kelayotgan ilmi ahllarining fikrlari bilan taqqoslanildi. Shulardan kelib
chiqib, asarning tarbiyaviy qimmati, uning hayotiy real voqealarini qamrab 
olganligida degan hulosaga kelindi.
Ushbu kitobning mazmuni shundan iboratki, shoh Kaykovus o‘zining 
hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilon shohni tarbiyalashni istaydi va o‘zining bu 
pand-nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros deb ta’kidlaydi. U o‘z asari 
“Qobusnoma”da o‘g‘li Gilon shohga murojaat qilib deydi: “Ey farzand, umidim 
shuki, sen bu pandlarni qabul qilgaysan. Bilgilki, xalqning rusmi odati shundayki, 
yugurib-elib, qidirib-axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladilar va narsalarini 


44 
o‘zlarining yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadilar. Men dunyoda mana shu 
so‘zlarni hosil qildim, sen mening uchun eng qimmatbaho xazinasan. Menga safar 
vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, 
toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan”. 
Shoh Kaykovusning “Qobusnoma” asarida tarbiya, axloq masalalari asosiy 
o‘rinni egallaydi. Kitob 44 bobdan iborat. Muallif “Ota-onani hurmatlash haqida” 
bobida g‘oyat muhim bir fikrni bayon qiladi, bu o‘rinda xalqimizning “Nima 
eksang, shuni o‘rasan” degan mashhur bir maqolini ishlatadi. Unga ko‘ra kishi 
odamlarga yaxshilik qilsa, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat qilsa, uning bu 
ezgu ishlari boshqalardan qaytadi, mabodo yomonlik, dilozorlik qilsa ham 
qilmishlari boshqalardan albatta o‘ziga qaytadi.
Kaykovus yana ushbu bobda o‘g‘liga nasihat qilib deydi: “… o‘z farzanding seni 
hurmat qilishini istasang, sen ham ota-onangni hurmatini joyiga qo‘y, zero, sen 
ularga qanday munosabatda bo‘lsang, xuddi shunday o‘zingga qaytgay”. U bu 
bilan ota-onaning ko‘nglini ranjitmaslikka, ularni hurmatini qilib, shirinso‘z bilan 
xushmuomala bo‘lishga undaydi.
Kaykovus o‘g‘lini xalqqa yaqinlashishga, uning manfaatini ko‘zlashni farzandiga 
uqtiradi: “Xalqning ozgina yaxshiligini ko‘p ko‘rgil, qaysi narsa xalq manfaatiga 
yaqin turishini o‘rgan”, — deydi.
Kaykovus o‘z asarida tarbiyaga alohida e’tiborni qaratar ekan, tarbiyani 
inson aqlini va shaxsiy hayotni shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Bunda 
inson ruhiyatini yuksaklarga ko‘tarishni ilgari suradi, salbiy illatlarning sabablarini 
izlaydi. Xususan, insonni tarbiyalashda hayotda tarbiyaning ta’sir o‘rni yuqori 
ekanligini e’tirof etishni burch deb biladi. Uning fikricha, yoshlarga tarbiya 
berishdan maqsad ularni nafaqat bugun, balki kelajak uchun ham yaroqli shaxslar 
qilib yetishtirishdir. Shuning uchun muallif asarda yoshlarning xulq-atvoriga, 
fe’liga alohida e’tibor beradi. Shuningdek do‘stu dushmanga ham qanday 
munosabatda bo‘lish kabi masalalarni ham yoritgan. Bola boshidan deyilganidek, 
farzandni tug‘ilgandan tarbiyalash, odob-axloq me’yorlarini o‘rgatish, ilmu hunarli 


45 
qilish, bolaning mehnatga bo‘lgan ko‘nikmasini hosil qilish zarurligini, aks holda 
“kechikkan” tarbiyaning hech bir ta’siri bo‘lmay, zarur samarani bermasligini aytib 
o‘tgan. “Qobusnoma”da yoshlikda bor kuch-quvvatni bilim olish, kasb-hunar 
o‘rganishga sarflash ayni muddao ekanligi ta’kidlangan. 

Download 434.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling