Farg`ona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim”


Download 434.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana03.02.2023
Hajmi434.46 Kb.
#1155968
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulsevar333

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
https://uzhurriyat.uz/2017/09/07/qobusnoma-asarida-yoshlar-tarbiyasi/ 



I BOB KAYKOVUSNING “QOBUSNOMA” ASARI VA UNING 
TARBIYAVIY AHAMIYATI 
1.1. “Qobusnoma” asarining yaratilish tarixi. 
Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida boy an’anaga ega.
Ahloqiy fikrlar “Avesto” diniy axloqiy kitobida, qadimgi turk bitiklarida
va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Ulardan tashqari
o’zbek xalqi o’rtasida keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar, odobnomalarda
xalq pedagogikasida allomalar merosidan axloqqa keng o’rin berilgan.
Kaykovus qalamiga mansub bo’lgan “Qobusnoma” asari Sharqda keng tarqalgan 
axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik yirik yodgorligi, XI asrning ko’zga tashlanib 
turgan manbalaridan hisoblanadi. Ilmiy tarbiyaviy va pedagogik tomondan 
kitobxonlar diqqatini jalb qilgan muhim bu asar 1082-83 milodiy (475 xijriy) 
yillarda fors tilida yozilgan. Bu asarni Kaykovus o’g’li Gilonshohga
bag’ishlab yozgan. “Sana 475 da boshladim” deb ma’lumot beradi u asarida. Bu 
javobdan u 63 yoshda bo’lib, ancha keksayib qolgan edi. U asarini
hayoti davomida ko’rgan bilganlari, tajribalar asosida yaratdi. Asar avval 
“Nasihatnomai Kaykovus” deb nomlangan. “Qobusnoma” uning o’zbekcha 
tarjimasidir.
Asarning Qobusnoma deb atalishining sababi uning umuman Qobusga
aloqasi haqida eslatilmaydi. Pedagogika tarixi K.Hoshimov 116 bet. Qobusnoma 
Sharqda xususan, Eronda ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra, pand-
nasihat tarzida yozilgan bo’lib, bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan 
yoshlarni hayotga ilmiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda ularni har tomonlama 
yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda. U bir necha 
yirik, taniqli asarlar qatorida turadi. Jumladan, mashhur hind masali “Kalila va 
Dimna” Nizomulkning “Siyosatnoma” Nosir Xisravning “Saodatnoma”, 
“Rushnoinoma”, “Qutadg’i bilig” kabi asarlar jumlasiga kiradi. Asar rus va g’arb 
sharqshunoslarining olimlari va pedagoglarining diqqatini jalb etdi. Bu olimlar 
asarni diqqat bilan o’rgandilar, o’z tillariga tarjima qildilar. Masalan, 1702-1705 
yillarda turk tillariga 1786-1787 yil Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan



uyg’ur tiliga, taxminan 1860 yil Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, 1881 yil 
K.Nosiriy tomonidan tatar tiliga, fransuz tiliga, 1811 yili nemis tiliga o’girildi.
Bu millatlar ham asarni o’z ona tillarida diqqat bilan o’rgana boshladilar.
Oktabr to’ntarilishidan keyin “Qobusnoma” ga qiziqish yanada kuchaydi. 
Sharqshunos olim Bergels tomonidan 1953 yilda ikkinchi marta rus tiliga
tarjima qilindi. Asar doim sharqshunos olimlarning diqqat markazida bo’lib 
o’tdi.
U murakkab yo’lni bosib o’tdi. Sho’ro mafkurasi davrida asarda faqat
hokim sinf axloqi targ’ib qilingan deb baholandi. Asarning qimmati faqat
uning badiiy-adabiy til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi.
Lekin har qanday nazar bilan qaralmasin, asar o’zini oqladi. U yuqorida
nomlari tilga olingan axloq-odobga doir bo’lgan buyuk asarlar qatorida, Sharq 
pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Unda asosan X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi 
juvonmardlik tarbiyasi ifodalangan. 

Download 434.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling