Farg`ona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim”


 “Qobusnoma” ning pedagogik-psixologik g’oyalaridan ta’lim – tarbiyaviy


Download 434.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana03.02.2023
Hajmi434.46 Kb.
#1155968
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gulsevar333

1.4 “Qobusnoma” ning pedagogik-psixologik g’oyalaridan ta’lim – tarbiyaviy 
ishlarda foydalanish . 
Qobusnomadan 
boshlang’ich 
sinflar 
ta’lim 
tarbiya 
jarayonida
foydalanish katta ahamiyatga ega. Undagi g’oyalar o’zini hayotiy realligi aniq va 
sodda tilda yozilganligi, bolalar ongidan mustahkam o’rin oladi deb o’ylayman. 
Kaykovus o’z fikrlarini o’zi guvoh bo’lgan voqea hodisalar, hikoyat va
rivoyatlar bilan isbotlab bergan. Shunday bo’lishiga qaramay, hozircha bu asarning 
g’oyalari boshlang’ich sinf darsliklarida “Do’st tutmoq zikrida” nomli
bobida qisqagina parcha keltirgan xolos. Albatta “Qobusnoma” dagi g’oyalarni 
dars jarayonida eksprement o’tkazmasdan, samaradorlik darajasini aniqlamay
turib uni darsliklarga kiritib tashlash mumkin emas. Hozircha “Qobusnoma” faqat 
pedagogic sohadagi adabiyotlarda, darsliklardagina urin berilgan. Masalan: 


40 
(Pedagogika tarixi. Toshkent 1995 yil) (“O’zbek pedagogikasi antologiyasi”. 
“Toshkent 1995 yil”). “Ma’naviyat darslari” Toshkent 1995 yil) O’zbekistonda 
ijtimoiy- falsafiy fikrlar bilan tarixidan lavhalar). Pedagogika tarixidan 
xrestomaniya. Toshkent 1995 yil) va boshqa adabiyotlarda Kaykovus va uning 
asaridagi g’oyalari atroflicha taxlil qilib o’rganiladi. Men pedagogik va davlat 
amaliyoti jarayonida bu asardagi pedagogik g’oyalarning boshlang’ich sinflarda 
qo’llanish usul va yo’llarini o’rgandim, kuzatdim, tajribada sinab ko’rdim. Men 
ishlayotgan Yakkabog’ tumanidagi 29- umumiy o’rta ta’lim maktabining 3 –A 
sinfida 25 ta o’quvchi bo’lib, 12 ta o’g’il bola 13 ta qiz bola bor.
Avvalo men ularning shu paytgacha do’stlik haqidagi tushuncha 
ta’savurlarni bilish uchun quyidagicha yozma savol javobni o’tkazdim. 
a) Do’stlik deganda nimani tushunasiz?
b) Do’stingiz bormi? Uning qaysi tomoni sizga yoqadi?
v) Qanday kishilarni do’st deb bilasiz? 
Ularning 80 % 1- savolga “Men do’stlik deganda yaxshilik qilishni 
tushunaman” deb bir gap bilan javob beribdi.
1- Do’stlik deganda yaxshilikni tushunaman 
2- Do’stlikni deganda ahllikni tushunaman 
3- Do’stlik deganda o’rtog’imni tushunaman. 
4- Do’stlik deganda o’rtog’imga yaxshilik qilishni tushunaman.
Ikkinchi savol: ko’pchilik o’quvchilar yaxshi kishilarni yolg’on 
gapirmaydigan, ishonchli kishilarni do’st deb bilishlarini aytganlar. Masalan:
. So’zida turadigan, yolg’on gapirmaydigan kishilarni do’st deb bilaman.
2. Yaxshi tomonlari bor gaplarini hech kimga aytmagan kishilarni do’st deb 
bilaman.
3. Urushmaydigan, mehribon kishilarni do’st deyman. 
4. Yaxshi muloyim gapiradigan kishilarni do’st deb bilaman. 
5. Ishonchli kishilarni do’st deb bilaman. 
Ulardan mana shunday javoblarni olgach, odobnoma darsida “Qobusnoma” 
dagi do’st tutish odobi haqidagi bobidan foydalanib ularga do’stlik haqida gapirib 


41 
berdim. Shuni alohida ta’kidlashim kerakki, asardagi g’oyalarni bolalarning yosh 
va individual xususiyatlarini bilish darajasini tushunish qobilyatlarini hisobga 
olgan holda jiddiy, soda lekin ilmiy tarzda misollar, rivoyatlar orqali tushuntirdim, 
savol- javob orqali bilimlar mustahkamlandi. 
Kelgusi darsda ulardan o’tilgan mavzusini mustahkamlash sifatida 
yuqoridagi tema mavzu yuzasidan yozma ravishda savollar berib javoblar oldim. 
Bunda o’quvchilarning 90 % do’stlik deganda do’stiga xiyonat qilmaslikni 
tushunaman deb fikr bildirganlar. Ularning javoblaridan namunalar:
1. Do’stlik deganda xiyonat qilmaslik, yomon kunlarda yordam beradigan 
kishilarni tushunaman. 
2. Do’stlik deganda xiyonat qilmslik, do’stiga yaxshi munosabatda bo’lishini 
tushunaman. 
3. Do’stlik deganda do’stining, dugonasining aybini yashirib hech kimga 
aytmaydigan kishini tushunaman. 
4. Mening dushmanimni o’zini dushmani deb bilgan kishini do’st deb 
bilaman.
5. Do’sti yo’q paytda uning yonida turgan kishini do’st deyish mumkin.
6. Ilmi, so’zining ustidan chiqadigan, rahmdil kishilarni do’st deb bilaman. 
7. Yaxshilikka yaxshilik qiluvchi va yomonlikka ham yaxshilik qiluvchilarni 
do’st desa bo’lur. 
8. Aybini boshqalarga eshittirmasdan o’zimga aytadigan kishilarni do’st deb 
bilamanl. 
Shu tariqa javob olgach, men olingan ikki holatdagi javoblarni o’qib chiqib 
solishtirdim. Natijada shunday xulosaga keldim. 
Yozma savol-javobning o’quvchilar uchun ahamiyati katta bo’ldi.
Ularning do’stlik haqidagi bilimlari oshirdi, tushunchalari kengaydi,
tasavvurlari o’sdi. Lug’at xazinasi boyidi, nutqida yangi so’zlar paydo bo’ldi. 
Ularni oldingi javoblariga nisbatan olib qaralganda “Qobusnoma” dagi 
g’oyalaridan o’zlari uchun kerakli narsalarni o’zlashtirib olgan. 


42 
Demak, “Qobusnoma” dan boshlang’ich sinflar ta’lim – tarbiya jarayonida 
foydalanishi mumkin. Faqat shunga e’tibor berish kerakki, mavzuning mazmuni 
oddiy, sodda qilib ularning tushunchalari doirasidagi so’zlar bilan tushuntirib 
berish lozim. Mana shu qoidalarga rioya qilingandagina asarning samarali 
maqsadiga muvofiq bo’ladi. 
Quyidagi 3 sinflar uchun “Qobusnoma” dagi mehmondorchilik odobi 
mavzusida tuzilgan dars ishlanmasidan namuna berilgan.
1. Darsning mavzusi: “Mehmondorchilik odobi” 
2. Dars maqsadi: o’quvchilarga o’zbek xalqiga xos odamlardan biri 
mehmondorchilik haqida ma’lumot berish, amal qilinishi kerk bo’lgan odob, hulq 
qoidalari bilan tanishtirishlarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash. 
3. Dars usuli: og’zaki tushuntirish, savol javob qilish. 
4. Dars jihozi: “Qobusnoma” kitobi Kaykovus
5. Darsning borishi: 1 tashkiliy qism 
a) salomlashish; 
b) davomadni aniqlash
v) tozalik va tartibni ta’minlash. 
Uyga vazifa: Mehmondo’stlik sifatlari aks etgan she’r, ertak, hikoyat yoki 
maqollardan o’rganib kelish. 

Download 434.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling