Nasriy asarlarni ifodali о‘qish


Download 41.37 Kb.
bet5/7
Sana26.03.2023
Hajmi41.37 Kb.
#1297051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nasriy asarlarni ifodali о‘qish

Masalni ifodali о‘qish. Axloqiy, satirik va kesatiq mazmuni kinoyaviy majoziy obrazlarda aks ettiradigan, eski turmush sarqitlarini, taraqqiyotimizga xalaqit berayotgan illatlarni, byurokrat, tovlamachi va maishiy buzuq kishilarni tanqid qilishga qaratilgan kichik she’riy va nasriy asarlarga masal deyiladi. Masal, asosan, epik asar turlaridan biri bo’lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar hayvonlar va o’simlarlarga ko’chiriladi. Yozuvchi xalq og’zaki ijodidan, ayniqsa maqollar, hikmatli hamda xalq o’rtasida keng tarqalgan turli xil iboralar-piching, kesatish va boshqalardan ustalik bilan foydalanib, insonga xos bo’lgan u yoki bu salbiy belgi-xususiyatlardan kulish orqali pand-nasihat qiladi.
Masal badiiy adabiyotning poetik va prozaik shakllarida yaratiladi. Masalni ifodali о‘qish katta mahorat talab qiladi. Unda tulki - aldoqchi, bo’ri -ochko’z, chayon-tili zahar, ilon-makkor, to’tiqush-gapdon, bulbul-g’azalxon va xushovoz kishilarga o’xshatiladi. Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashib turishi uni bir tekisda о‘qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali о‘qishda yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan tanishib chiqmog’i lozim. Tanishish jarayonida o’quvchi personajlarning xarakter xususiyatlari va avtorning g’oyaviy niyatlarini aniqlaydi. Masalan, I.A.Krilovning "Bo’ri bilan qo’zichoq" masalini olib ko’raylik;
"Yog’ochning bo’shini qurt yeydi doim".
Tarixda misollar juda ko’p bunga. Tarix to’g’risida qolaylikda jim,
Ertak so’zlaylik: quloq ber shunga.
Avtor birinchi misraning o’zidayoq "kuchlilar" oldida "kuchsizlar" aybli" degan g’oyani ilgari suradi va asardan kelib chiqadigan g’oyaga ishora qiladi.
A. Krilov "Bo’ri bilan qo’zichoq" masali orqali o’z zamonasining ajoyib kartinasini yaratadi. Bo’ri hech qanday aybsiz qo’zichoqqa do’q urib tuhmat qiladi:
- " Sen iflosni bilaman man",
Tumshug’ingni suvga tiqib,
Toza suvni bulg’atasan!
Suv yuziga qolar chiqib Tagidagi hamma loylar.
Toza bir suv icholmayman, Bu ariqdan yillar, oylar.
Bu ishingga chidolmayman,
Tutib olib bir yamlayman!
Bu parchani ifodali o’qiganda ko’z o’ngimizda ochko’z bo’rining qo’zichoqqa dahshat bilan hamla qilayotgani keladi.Qo’zichoq hech qanday aybi yo’qligini qayta-qayta aytsa ham, foydasi bo’lmaydi, chunki u yuvosh va kuchsiz edi. Shuning uchun ham quyidagi parcha ifodali o’qilganda ovozda qo’zichoqqa xos mayinlik, sustlik, yalinish va iltimos ohangi saqlanadi.
... "Ey hurmatli, Yuz qadamcha pastdaman man Arzimni bir tinglasalar, Janobingiz ichgan joydan
Mening hech bir gunohim yo’q, Mening aslo xabarim yo'q, Menga qarab g’azab qilmasalar. Suv betiga chiqqan loydan!
I.A.Krilov masalni yakunlashda ham o’z fikrni bo’ri tilidan aytadi:
..."Surishtirib o’tishga vaqtim bormi?
Qorin ochsa ovqat bo’lsa-tanlarmidim?
Aybing shuki, uchrab qolding qornim ochganda!"-
Shunday qilib qo’zichoqni yedi o’rmonda.
Bu parchada oxirgi misra avtor so’zi bo’lganligi uchun ham u vazmin, hukm tarzida o’qiladi.
Umuman, masalni o’qigan vaqtda bo’rining yirtqichlik xususiyatlari, qo’zichoqning esa beozorligi hamda shoirning qo’zichoqqa bo’lgan xayrixohligi sezilib turishi kerak

Download 41.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling