Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
Download 41.37 Kb.
|
Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
- Bu sahifa navigatsiya:
- JANNATGA YO’L
Dramatik asarlarni ifodali о‘qishga kirishishdan avval, drama haqida qisqacha umumiy ma’lumot berish lozim. Dramatik asarda epik va lirik asarlardagi kabi avtorning batavsil bayoni va hikoyasi bo’lmaydi. Drama kishini faqat so’zlashuvdangina emas, balki bir-biri bilan so’zlashayotganlarning jonli harakatidan iboratdir.
Drama badiiy adabiyotning asosiy turlaridan bo’lib, monolog va dialoglar asosida quriladi.shuning uchun ham u roman, povest, hikoya va she'riy asarlardan tubdan farq qiladi. Dramatik asarda avtor qahramonlarning turli kayfiyatini, holatini va hatto ichki hissiyotini ham ularning nutqi va xatti-harakati orqali bayon etadi. Binobarin, dramaturg o’z qahramonlari hayoti haqida hikoya qilmay, balki ularning o’zlarini harakatda ko’rsatadi. Ulug’ proletar yozuvchisi Maksirn Gorkiy dramatik asarlarning o’ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab, mazkur tur adabiyotning eng qiyin formasi ekanini, unda har bir shaxs avtorning izohisiz, o’z so’zi va ismi bilan harakatlanishini uqtiradi. Drama barcha harakatlar qahramonlarning xarak terini ochishning asosiy vositalaridandir. Dramatik asar qahramonlarining nutqi epik asar qahramonlarining nutqiga nisbatan dinamik hisoblanadi. Dramatik asarlarda nutqning aniqligi, uslubi, temp va ritm, pauzalar katta ahamiyatga ega. Dramatik asarlarni qo’lga olish bilan darhol avtor izohiga ko’z tushadi. Bu izoh adabiyotshunoslikka remarka deb ataladi. Dramatik asarlarda beriladigan bu izohlar asarni sahnaga qoyuvchi rejissyorga va, ayniqsa, uni ifodali o’qimoqchi bo’lgan kitobxonga qaratilgandir. Binobarin, remarkada asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xattiharakatlari, qiliqlari, sahna manzarasi va boshqalar yoritiladi. Demak, avtor tomonidan bayon etilgan remarka asarni yaxshi tushunish, rollarga bo’lib ifodali о‘qish uchun juda zarur. JANNATGA YO’L A.Oripov (Drammatik doston) Ishtirok etuvchilar Yigit Farishtalar Ona Do’st Ota O’zga odam Tarozibon O’spirin Yugurdak Qariya Chol Qariya Hur qiz Kimsa Farishta Sado Ranjkom A.Oripov Drammatik doston (epigraf bilan) Azizim, dil qasriga beso’roq kira ko’rma, Unda qo’sh-qo’sh ilonlar, ajdaholar yotadi. Sen birovni toptay deb behudaga ot surma - Har kimning o’z quyoshi o’z ufqiga botadi... Download 41.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling