Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
Download 41.37 Kb.
|
Nasriy asarlarni ifodali о‘qish
Qatnashuvchilar
Rais Savdoyi olim Birinchi a'zo G’oz ko’targan chol Ikkinchi a'zo Farrosh ayol Avtor tomonidan bayon etilgan bu remarkani ham ifodali о‘qish kerak. Remarkaning birinchi qismida asarda ishtirok etuvchi personajlarning nomlari, yoshi, kasbi va hatto jinslari ham bayon etiladi. Bu matnni ifodali о‘qishda personajlarning nomlarini aniq ravshan talaffuz etib, so’ng bir oz pauza qilinadi va teridan so’ngi bayon o’qiladi. Remarkaning ikkinchi qismi, asosan, sahna manzarasini ifodalanganligi uchun bu matnning barchasi dona-dona qilib о‘qiladi. Dramatik asarlarni ifodali о‘qishga kirishishdan avval, talabalarga manolog va dialoglar haqida qisqa ma’lumot berib, ularning ifodali о‘qilishini kо‘rsatish zarur. Jumladan, manolog grek tilidan olingan bо‘lib, asar qahramonining suhbatdoshiga yoki о‘ziga qarata aytilgan nutqidir. Manolog parda yoki kо‘rinishlarning boshida kelsa, voqea о‘rni bilan birga, asarda ishtirok etayotgan personajlardan birining sahnada paydo bо‘lishiga zamin hozirlaydi va u bilan tanishtiradi. Bulardan tashqari, manolog asar qahramonining fikri va kechinmalarini ifodalaydi. Badiiy asarlardagi tasvirlarning yorqin bо‘lishi va sermazmunligi, sodda til ham о‘tkir iboralar bilan tasvirlanishi о‘quvchi va talabalarning onglariga kuchli ta’sir qiladi. Ularning о‘qilayotgan yoki aytilayotgan badiiy asar ijodi namunalaridan zavqlanishiga, turmush hodisalariga faol munosabatda bо‘lishiga, mustaqil ijodiy fikr yuritishga olib keladi. Bu jihatdan qaraganda, nutq odobini madh qilgan badiiy janrlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati g’oyat kattadir. Nasriy asar namunalaridan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida foydalanish о‘quvchi va talabalarni nutq odobi nutqqa hurmat ruhida tarbiyalashdek ulug’vor vazifani amalga oshirishda katta ahamiyatga egadir. Download 41.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling