Nasulloyeva sadoqatning
Download 29.44 Kb.
|
Nasulloyeva Sadoqat Kurs Ishi
4. Tashqi motivatorlar.
Tashqi motivatorlar – ota-onalarning umidlari, boshqa ishonchli namunalarni kutishlari, o‘quv kursi (yoki predmeti)ning daromad olish potensiali hamda yaxshi baholarni o‘z ichiga qamrab olishi mumkin. Mett va Deylning ta’kidlashicha, tashqi motivatorlar xatti-harakatlarni o‘zgartirishni osonlashtiradi va odatda nisbatan kam harakat yoki tayyorgarlikni talab qiladi. Mualliflarning qo‘shimcha qilishicha, tashqi motivatorlarni qo‘llash bo'yicha harakatlar ko‘pincha individual talabalardan keng bilim talab qilmaydi. Shuningdek, tashqi motivatsiya odatda darhol natijalar beradi va ichki motivatsiyaga nisbatan kamroq harakat talab etadi. Biroq, tashqi motivatorlar ko'pincha o'quvchilarni mavzuni o'rganishdan yoki mustaqil ta'limdan chalg'itishi ham mumkin. Mett va Deyl singari olimlar fikricha, talabalarning xatti-harakatlari uchun tegishli mukofot va jazolarni ishlab chiqish qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashadi. Ko‘pincha, ma’lum bir ta’sir darajasini saqlab qolish uchun vaqt o‘tishi bilan mukofot va jazolarni kuchaytirish kerak. Ularning qarashiga ko‘ra, tashqi motivatorlar bilan bog‘liq yana bir muammo shundaki, ular odatda uzoq muddatda ishlamaydi. Mukofotlar yoki jazolar olib tashlangandan so‘ng, talabalar motivatsiyasini yo‘qotadilar. Bu shuni anglatadiki, tashqi motivatsiyaga ega bo‘lgan talabalar, ichki motivatsiyaga ega bo‘lgan talabalarga qaraganda, akademik jihatdan past natijalarga ega bo‘lishadi. Bir qancha tadqiqotchilar, tashqi motivatsion omillar o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini kamaytirishi mumkinligiga amin bo‘lishdi. Hattoki, tashqi mukofotlar ichki motivatsiyaga salbiy ta’sir ko'rsatadi degan xulosaga kelishlariga sabab bo‘ldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, ichki motivatsiya bilan o‘quvchilar o‘quv predmetlarini yaxshiroq o‘rganishadi va jarayonga ko‘proq yo‘naltirilgan, o‘qishda yanad qat’iyatli va o‘zo‘zini o‘rganish va rivojlanishga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Biroq, tashqi motivatsiyaning ayrim shakllariga o‘quv faoliyati tabiatan qiziqarli yoki yoqimli bo‘lmagan vaziyatda zarurat sezilishi mumkin. Bunda u ta’lim olishda tramplin vazifasini bajaradi. Download 29.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling