Kalit so‘zlar: obsessiya, affekt, sindrom, betoqatlik, uyqusizlik, befarqlik, behollik.
ANNOTATION: This article provides information on how emotional stress and obsessive
thoughts occur and their symptoms. In addition, impossible actions in obsessions and
recommendations for getting rid of obsessions are given.
Key words: obsession, affect, syndrome, restlessness, insomnia, indifference, restlessness.
Kirish
Hissiy zo’riqishlar, miyyadan ketmaydigan fikrlar yoki obsessiyalar inson hayotining ma’lum
bir qismini egallab kelmoqda. Obsessiya so’zi lotincha obsessio - “qamalda qolish”, “o’rab olish”
degan ma’nolarni anglatadi. Shaxsda ma’lum bir hissiy zo’riqishlar davomida vujuda keluvchi
fikrlar, g’oyalar xohlamagan holda paydo bo’lishi tez-tez takrorlanuvchi sindromdir. Inson ushbu
fikrlarga bog’lanib qoladi va o’z navbatida bu fikrlar yomon xayollar va hissiyotlargaolib keladi.
O’z xohlasa ham bu fikrlardan qutula olmaydi.
Asosiy qism
Obsessiya belgilari: fikrlarning tinchlik bermasligi, betoqatlik, uyquning buzilishi, uyga
sig’may qolish, behollik, ko’p yig’lash,hayotdan to’yish, tana vazning kamayishi yoki ko’payishi,
odamovilik, uydan chiqib ketish, befarqlik, bir nuqtaga tikilib turish, qo’rslik, muloqotdan qochish.
Obsessiyaning kelib chiqish sabablari:
•
Kuchli qo’rquv
•
Kuchli psixik zo’riqish
•
Emotsional holatning kuchliligi
•
Yechimsiz muammolarning ko’pligi
•
Passiv xayollarning buzilishi
•
Affektiv holatning ko’pligi
Natijalar va muhokama
Obsessiyalarni davolash usullari va tavsiyalar:
•
Bemorning somatik holatini yaxshilash
•
O’ylashga majbur qiladigan holatlardan uzoqlashish
•
Hayotga qiziqishni orttirish,orzu, umid, istaklarni uyg’otish
•
Tungi sayr
•
Qisqa, chiroyli rasmli hikoyalar o’qish
•
Oddiyroq jismoniy zo’riqishlarga olib kelmaydigan faoliyat bilan shug’ullanish
•
Ruhshunos nazoratida bo’lish va treninglarda ishtirok etish
•
Xotirani qo’zg’ovchi holatlardan saqlanish
•
Bemorni yakkalatib qo’ymaslik
Do'stlaringiz bilan baham: |