83
Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
TABIATSHUNOSLIK FANIDA “MANZARALI O’SIMLIKLAR”MAVZUSINI
O’TKAZISHDA VENN DIAGRAMMASI METODINING AFZALLIGI
Saidova Roza Sharipovna
Xorazm viloyat Urganch tuman 19-son maktab
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida o’quvchilarining
bilish faoliyatini
rivojlantirish haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Zamonaviy pedagogik texnologiya, bilimlar va ko’nikmalarning hosil bo’lishi
va to’planishi topshiriqlarni,
Interaktiv metodlar
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda.
O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka
erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib
chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.Bu metodlarni interfaol
yoki interaktiv metodlar
deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi.
Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan
yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga
olinishi;
- o’qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o’rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash o’zaro
harakat qilmoq deb yuritiladi, ya’ni
pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim mazmuni ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat
ko’rsatishi orqali amalga oshadi. Venn diagranmmasi metodida o’quvchi manzarali
darxtlarning barglarini kuzatib ularni oddiy yoki murakkab barg
turlari haqida tasavvurga
ega bo’ladi.O’quvchiga ushbu tarqatma material berilib, ularning
umumiy va xususiy belgilari
haqida fikr almashinadi.
Venn diagrammasi
Venn diagrammasi mazkur mavzu uchun qo’llash talabalarni
bilimlarini mustaqil oshirish,
mustahkamlash va adabiyotlar ustida ishlashda imkon yaratadi va qiyoslash qobiliyatini oshirishda
yuqori samara beradi.