National researches of uzbekistan: conferences
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANGICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING DIQQATINI JAMLASH
- Annotatsiya
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. Abdullayeva Sh. Ta`limda o`qituvchi shaxsi va o`quvchi faoliyatini uyg`unlashtirish texnologiyalari. // Molodoy uchyonыy, 2016 yil. 9-son. 2. Abduraimova M. Ona tili ta`limida ilg`or pedagogik texnologiya. Toshkent, 2005. 3-26 betlar. 3. Azizxo`jayeva N. O`qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. T.: TDPU, 2000. 4. Abduqodirov A. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida yangi axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari. Uzluksiz ta`lim jurnali, 2002. № 4, 60-73 betlar. 81 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ BOSHLANG'ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING DIQQATINI JAMLASH, DARSGA QIZIQISHINI OSHIRISH BO‘YICHA YANGI METOD VA TEXNOLOGIYALAR Sa'dullayeva Kunduzxon Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning darslarga qiziqishini oshirish bo’yicha tavsiyalar va bunda qo’llaniladigan metod va texnologiyalar haqida mulohaza yuritilgan. Kalit so’zlar:boshlang’ich ta’lim, metod, texnologiya, jarayon, ta’lim, innovatsiya. Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamdagi o’zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar, maktab tizimi, texnologiyalardan foydalanish jarayonlari bizni e’tiborimizni albatta tortadi. Yangi O’zbekiston poydevorini quruvchilari bo’lmish yosh avlodni tarbiyalashda ularga xalqaro toifadagi bilimlarni berish va jahon standartlariga mos ravishda adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jamiyatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ta’lim tizimida katta yutuqlarga olib keladi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» yunoncha (metodos) so’z bo’lib, «yo’l», tatbiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir. Hozirgi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo’llashga qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakllari va o’quvchilarning ko’nikmalarini egallash jarayonidgi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, u qanday o’qitish metodlaridan foydalanishi ham muim ahamiyatga ega. Metod tanlashda ko’proq interaktiv metodlarga e’tibor qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Interaktiv usullar - bu o’zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o’qitish demakdir. Interaktiv usullarning asosiy turlari: 1. Kognitiv usullar, o’yinlar, eksperimental faoliyat. 2. Ishbilarmonlik o’yinlari, modellashtirish. 3.Amaliyot orqali o’qitish, bevosita faoliyat. Boshlang’ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg’or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o’ziga xos hamda o’quvchi shaxsida o’ziga mos kompetensiyani shakllantiradi. Ilg’or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash, ta’lim- tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Boshlang’ich ta’lim bosqichida kompetensiyadan foydalanish darslarning xilma xil shakllari o’qitishni takomillashuviga ta’sir ko’rsatadi. Darslarni “Bumerang” texnologiyasi, “Arra”, “O’z o’rningni top”, “FSMU”, “Nima uchun?”, “Ikki qismli kundalik” mеtodlari, , “Pinbord” usuli, “She’rni tikla” kabi mashqlaridan foydalanib o’tish dars samaradorligini yanada oshiradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling