National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
Август 2022 10-қисм
Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo‘nalitirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyatchegarasidan tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir. Innovatsion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir. Pedagogda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari. O’qitish jarayoni yoki ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvni qaror toptirish o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Bu jarayon bir necha bosqichda kechadi. Ular quyidagilardir: 1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi; 2-bosqich: mavjud tizimga ayrim yangi g‘oyalar, metodlar kiritiladi. 3-bosqi: yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlari ishlab chiqiladi. 4-bosqich: pedagog o‘qitish va tarbiyalashga oid o‘z konsepsiyasi yoki metodikasini ishlab chiqadi. Pedagoglarning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi: - yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi; - pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; - novatorlik darajasi; - kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; - ijodkorligi. Shu bilan birga pedagogning innovatsion faoliyatini uning motivatsiyasi, malakaviy tayyorgarligi, pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishga oid bilim va malakalari, pedagogik faoliyatdagi muammo (to‘siq)larni bartaraf eta olish mahorati bilan ham belgilanadi. O’qituvchi innovatsion faoliyatining asosiy belgilaridan biri uning ijodiy faolligi, ijodkorligi hisoblanadi. O’qituvchidan yangiliklarnio‘zlashtirib borish bilan birga ularni o‘z faoliyatida qo‘llashi va pedagogik jamoa o‘rtasida targ‘ib qilishi talab etiladi. Pedagoglarda innovatsion faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishda jamoadagi psixologik muhit, jamoa a’zolarining jahon ta’lim yangiliklardan xabardorliklari muhim ahamiyatga ega. Pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvining natijalari quyidagilarda ko‘rinadi: - faoliyat maqsadini aniq belgilab olishida; - nostandart vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilishida; - o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot jarayoni bilan bog‘liq masalalarni samarali echish usullarini egallay olganligida; - muammolarni hal etishda eng samarali vosita va metodlarni tanlay bilishida; - o‘z ustida mustaqil ishlashni rejalashtira olishida; - faoliyati natijasini nazorat va tahlil qila olishida; - zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining mavjudligida; - yangi g‘oyalarni izlab topa olishida. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling