National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
“O’z o’rningni top” mеtodi. Mavzu bo’yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning
yеchimini topishga yo’naltirilgan. Bunda o’quvchilar o’z fikrini bayon qilishi, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi va dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi. “Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o’quvchilar rivoyat matnini qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tеgishli qismini puxta o’zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Ma’lum vaqtdan so’ng har bir kichik 82 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. Shu tarzda rivoyat mazmunini barcha o’quvchilar o’zlashtirib oladilar. Yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan, barkamol, sog’lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang’ich ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o’taydi. Darslar jarayonida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda, o’quvchini o’qish, bilim olishga ishtiyoqini o’stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shundagina ertangi kunning ishonchli egasi bo’lgan farzandlarni munosib tarbiyalagan bo’lamiz. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi - bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida o’quvchilar aqliy va amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To’g’ri qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarni chuqurlashtiradi va yaxlit hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya o’zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bergan holda, o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo’llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar bilan qurollangan bo’lishi lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling