National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
bo`lsа, Bo`ribоy Аhmеdоv tаriхiy mаnbаlаr аsоsidа yаrаtgаn.
Хulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, ulug` bоbоmiz Аmir Tеmur siymоsi jаhоn tаriхidа vа 
mаmlаkаtimiz tаriхshunоsligidа hаli ko`plаb аsаrlаrni yaratish uchun zamin bo’ladi.
Adabiyotlar:
1. Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari xotirasida: (Risola) /B.Ahmedov, U.Uvatov, 
G’.Karimov va boshqalar. –T.: O‘qituvchi, 1996, -312 bet.
2. Muhammadjonov A. Temur va Temuriylar saltanati. –T.; Qomuslar Bosh tahririyati. 1994, 
-156 bet.


25
Август 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
SHAXSGA YO’NALTIRILGAN O’QITISH TEXNOLOGIYALARINING 
DOLZARBLIGI
Kudratova Barno Rasulovna
Toshkent shahar Uchtepa tumani 
283- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining dolzarbligi 
haqida bayon qilingan.
Kalit so’zlar: shaxsga yo’naltirilgan, bozor iqtisodiyoti, fan, ilmiy texnika.
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishni, jamiyatning ma’naviy 
yangilashini ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga 
qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo’jaligini 
barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini 
raqobatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o’z navbatida, fan -texnika va 
texnologiyani, ya’ni ilmiy texnika taraqqiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi.
ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan isloh qilinishi natijasida jahon 
hamjamiyatiga qo’shilish imkoniyatini beradi.
Bu yerda ham birinchi qatorda qo’yilgan masalalarni hal qila oladigan kadrlarni tayyorlash 
muammosi kelib chiqadi.
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, quyidagi 
shartlar asosida amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan - ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan 
belgilanadi.
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur’ati oshdi. Oxirgi, 
har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko’rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning 
ikkinchi yarmida olingan ma’lumotlar insoniyatning to’la tarixi davomida to’plangan bilimlarini 
katta qismini tashkil etdi.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponenstial qonun hisoblanadi. Hozirgi 
paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli 
amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o’sishiga va tez-tez 
yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo’yicha rivoji uning shiddatli 
o’sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o’sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. 
Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va o’n minglab dissertastiyalar himoya 
qilinadi.
Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta’minlash maqsadida zamonaviy 
telekommunikastiyali axborot tizimlari qo’llanilmoqda.
Ko’rib turganimizdek, ilm-fan axborotining hozirgi zamon o’sish tezligi va hajmi ularning 
o’tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi.
Ilm-fan rivoji, bu ma’lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy 
ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o’ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot 
oqimini o’zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko’nikmalarini 
rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o’quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga 
imkoniyat berishi lozim.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling