National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
Август 2022 10-қисм
Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ bo‘ladi. Bolalarda tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash kerak. Jonli tabiat burchagi, o‘quv-tajriba uchastkasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e’tibor faqat tabiat ob’ektlari bilan zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta’sirli bo‘lmaydi. Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali ravishda, o‘quvchilarning tabiat bilan muloqotda bo‘lishlarining barcha shakl-larini hisobga olgan holda olib borilmog’i lozim. Tabiatshunoslik mashg’ulotlarida o‘quvchilarda tabiatga, atrofdagi odamlar mehnatiga odobiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash zarur. Ammo boshlang’ich sinf o‘qituvchisining bir o‘zi uchun odobiy tarbiyaning barcha tomonlarini qamrab olish qiyin. Bu butun maktabning vazifasidir. Boshlang’ich sinflarda esa ish tutishda (jamoa mehnat jarayonida, ekskursiyalarda, tirik tabiat burchagida, maktab oldi uchastkasida) aks etadigan odobiy dunyoqarash shakllantirilmog’i lozim. Tabiatga odobiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash ishi barcha, hatto eng sodda holatlarda ham amalga oshirilmog’i zarur. Masalan, ekskursiya vaqtida o‘quvchilarni gerbariy uchun ko‘p miqdorda o‘simliklarni yig’ishdan to‘xtatish, gerbariylar uchun yaxshisi begona o‘tlardan, to‘kilgan barg va mevalardan foydalanish kerakligini, gerbariy uchun noyob, ayniqsa «Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simliklardan foydalanish mumkin emasligini, guldasta uchun ko‘plab gullar uzmaslikni tushuntirish kerak. Bunda bu talablar nimalar bilan bog’liqligini, albatta tushuntirish kerak. Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini ko‘paytirish ana shular bilan boshlanadi. Tabiat muhofazasining ahamiyatini tushunish, o‘simlik va hayvonlarni qo‘riqlash atrof olamga ehtiyotlik munosabatini tarbiyalaydi. O‘lkashunoslik ishlari, maktab uchastkasidagi mehnat, ekskursiyalarda jonajon o‘lkani o‘rganish o‘quvchilar xotirasida chuqur iz qoldiradi, o‘z o‘lkasiga muhabbatni mustahkamlaydi, uning boyliklarini qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish zarurligi to‘g’risidagi ongni shakllantiradi. O‘lka tabiati, uning boyliklari, xo‘jalik xususiyatlari bilan tanishtirish o‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini xalqimizning turmushi va mehnat faoliyati bilan bog’lashga yerdam beradi. Masalan, «Foydali qazilmalar» va «Mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligi» mavzulari (4-sinf «Tabiatshunoslik» darsliklari). Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida o‘quvchilar e’tiborini olimlarining fanni rivojlantirishdagi roliga qaratmoq, ularning vatanparvarligini, mehnatsevarligini, o‘z xalqiga muhabbatini ta’kidlamoq zarur. Bu bolalarda tabiiy iftixor, buyuk namunalarga taqlid qilish xohishini vujudga keltiradi. Vatan mavzusi butun boshlang’ich tabiatshunoslik ta’limi orqali o‘tib boradi. Tabiatshunoslik darslarida u atrof tabiatni bilib olishda ulkan tabiatning Uzoq Sharqdan tortib to janubiy yo‘l va sahrolargacha manzarasi bilan tanishishda gavdalanadi. Biroq tabiat manzarasi faqat xalqning katta bunyodkorlik faoliyatini ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Yagona intilish bilan o‘z Vatanini yana ham kuchli va qudratli qilishga jalb qilingan o‘lkamiz xalqlarining hayotidan olingan aniq misollar o‘quvchilarda vatanparvarlik va baynalmilalchilik tuyg’ularini tarbiyalaydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling