National researches of uzbekistan: conferences
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
- Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ INNOVATSION FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH USULLARI
- Annotatsiya
Август 2022 10-қисм
Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ Аyrim o`quvchilаr o`z tаnlаgаn kаsblаrini o`zi qiziqqаn fаn bilаn bоg`lаb, «Mеn biologiya tаlаb qilаdigаn sоhаdа ishlаshni hоhlаymаn» dеydilаr. Biologiya fаnini mаktаbdа o`qitilаyotgаn bоshqа fаnlаrgа, jumlаdаn ishlаb chiqаrishgа, tехnikаgа, qishlоq хo`jаligigа, mеdisinаgа bоg`lаb o`tish mumkin. Mеn quyidа o`rtа mаktаb biologiya fаnidа o`qitilаyotgаn bа’zi mаvzulаrni turli kаsblаrgа qаndаy bоg`lаsh mumkinligigа misоllаr kеltirаmiz: Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. Pedagogika oily ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik. Toshkent-2014 y. 2. Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. Bo‘lajak o‘qituvchining loyihalash faoliyati. Metodik qo‘llanma. - T.: TDPU, 2014 yil. 6,5 b.t 77 Август 2022 10-қисм Тошкент ‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’ INNOVATSION FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH USULLARI Ruzmetov San’at Farxodovich Urganch shahar 28-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (97) 362 58 00 sf.ruzmetov_28@inbox.uz Soparboyeva Surayyo Sanatovna Shovot tumani 23-son maktab o’qituvchisi Telefon: +998 (99) 289 69 92 soparboyeva.surayyo_23@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy pedagoglarning innovatsion faoliyati va uni amalga oshirish jarayoni yoritilgan. Kalit so’zlar: Innovatsion faoliyati, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyalar, pedagogik tadqiqot metodlari, muammoni tahlil, novatorlik darajasi, kommunikativ qobiliyat Zamonaviy ta’lim texnologiyalari orasida innovatsion ta’lim texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham innovatsiyalar negizida o‘qitish jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvlarning mohiyati yoritiladi. Pedagogning innovatsion faoliyati bu ta’lim jarayonidagi har qanday innovatsion o‘zgarishlar, ta’lim tizimiga yangiliklarning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi. Pedagogning bu boradagi faoliyati “innovatsion faoliyat” deb yuritiladi. Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablarning bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Bu kabi faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Innovatsion faoliyatning asosiy belgilari quyidagilardir: - ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; - pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; - mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; - tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; - o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish; - hamkasblar bilan hamkorlik; - fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik; - ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish. Innovatsion faoliyat – pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. V.Slasteninning fikriga ko‘ra innovatsion (ijodiy) yondashuv: - ijodiy faollik; - faoliyatga yangilik (o‘zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik; - yangicha fikrlash; - yuksak muomala madaniyatiga ega bo‘lishni ifodalaydi. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: 1. Muammoni tahlil asosida aniqlash. 2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash. 3. O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O’zgarishlarni amalga oshirish. Innovatsion faoliyat – ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling