National researches of uzbekistan: conferences


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/86
Sana20.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1712214
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
Bog'liq
15728 1 E3151522D1438C31001399791FE5CDBEDF5429A0

Nusxa ko`chirish. Bu usulni harf shaklini to`g`ri tasavvur eta olmaydigan, yozishda daftar 
chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o`quvchilar uchun qo`llash mumkin. Masalan, 
bir o`quvchi B harfini yozishda xatoga yo`l qo`yayotgan bo`lsa, o`qituvchi uni nuqtalar bilan 
ifodalab, daftarga qalamda yozib ko`rsatadi, o`quvchi esa uning ustidan siyoh yurgizib chiqadi. 
Bu usul o`quvchining shu daftar harf tasavvurini kengroq shakllantiradi. Ayrim o`qituvchilar 
chiroyli yozuvga o`rgatishning dastlabki davrlarida o`quvchilar harf va uning unsurlari haqida 
turli tasavvurga ega bo`lishlari uchun yupqa xitoy qog`oz (kalka) dan ham foydalanadilar. Bunday 
mashqlar faqat qo`l harakatini o`stirish yordam beradi, xolos. Uzoq muddat bu usulda yozgan 
bolalar harflarning shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladilar. Shuning uchun 
nusxa ko`chirish usulidan faqat yakka-yakka mashq qilishda foydalanish lozim.
Tasavvur orqali yozish. Tasavvur orqali yozish deganda biz havoda harflarning shaklini 
yozdirib mashq qilishni tushunamiz. Bunda biz doskada yozilgan harfni havoda qo`limiz harakatlari 
yozib ko`rsatishimiz mumkin. O`quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so`ng daftarga yozishga 
ruxsat etiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarning qiziqishlarini oshiradi va jismoniy mashqlarni 
bajarishlariga imkoniyatlari ortadi.
Harflarning shaklini tahlil qilish. Harf va unsurlarini tahlil qilishni turlicha amalga oshirish 
mumkin. Harflar turli unsurlardan tashkil topgan. Ayrim harflar bir necha unsurdan tashkil topgan 
bo`lib, ular bir butun shaklda yoziladi, ammo biz uning nechta unsurdan iborat ekanligini faqat 
eslatib turishimiz mumkin. 
Sanoq-ohang usuli. Bu usuldan foydalanishda o`qituvchi harf va uning unsurlarini sanash 
orqali yozdirib tushuntiradi. Bu usulni ayniqsa savod o`rgatish davrida keng qo`llash mumkin. 
Sanoq-ohang usulining afzalligi shundaki, birinchidan, u harflarning tekis yozilishini ta`minlaydi 
va harf unsurlarninig tushib qolishiga yo`l qo`ymaydi, ikkinchidan, sekin yozadigan o`quvchilarni 
tez va sinfdagi barcha o`quvchilar bilan barobar yozishga undaydi, uchinchidan, o`quvchilarga 
harakatlarni aniq va dadil bajarishni o`rgatadi, to`rtinchidan, sinfda darsni jonlantirishga yordam 
beradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling