Nusxa ko`chirish. Bu usulni harf shaklini to`g`ri tasavvur eta olmaydigan, yozishda daftar
chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o`quvchilar uchun qo`llash mumkin. Masalan,
bir o`quvchi B harfini yozishda xatoga yo`l qo`yayotgan bo`lsa, o`qituvchi uni nuqtalar bilan
ifodalab, daftarga qalamda yozib ko`rsatadi, o`quvchi esa uning ustidan siyoh yurgizib chiqadi.
Bu usul o`quvchining shu daftar harf tasavvurini kengroq shakllantiradi. Ayrim o`qituvchilar
chiroyli yozuvga o`rgatishning dastlabki davrlarida o`quvchilar harf va uning unsurlari haqida
turli tasavvurga ega bo`lishlari uchun yupqa xitoy qog`oz (kalka) dan ham foydalanadilar. Bunday
mashqlar faqat qo`l harakatini o`stirish yordam beradi, xolos. Uzoq muddat bu usulda yozgan
bolalar harflarning shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladilar. Shuning uchun
nusxa ko`chirish usulidan faqat yakka-yakka mashq qilishda foydalanish lozim.
Tasavvur orqali yozish. Tasavvur orqali yozish deganda biz havoda harflarning shaklini
yozdirib mashq qilishni tushunamiz. Bunda biz doskada yozilgan harfni havoda qo`limiz harakatlari
yozib ko`rsatishimiz mumkin. O`quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so`ng daftarga yozishga
ruxsat etiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarning qiziqishlarini oshiradi va jismoniy mashqlarni
bajarishlariga imkoniyatlari ortadi.
Harflarning shaklini tahlil qilish. Harf va unsurlarini tahlil qilishni turlicha amalga oshirish
mumkin. Harflar turli unsurlardan tashkil topgan. Ayrim harflar bir necha unsurdan tashkil topgan
bo`lib, ular bir butun shaklda yoziladi, ammo biz uning nechta unsurdan iborat ekanligini faqat
eslatib turishimiz mumkin.
Sanoq-ohang usuli. Bu usuldan foydalanishda o`qituvchi harf va uning unsurlarini sanash
orqali yozdirib tushuntiradi. Bu usulni ayniqsa savod o`rgatish davrida keng qo`llash mumkin.
Sanoq-ohang usulining afzalligi shundaki, birinchidan, u harflarning tekis yozilishini ta`minlaydi
va harf unsurlarninig tushib qolishiga yo`l qo`ymaydi, ikkinchidan, sekin yozadigan o`quvchilarni
tez va sinfdagi barcha o`quvchilar bilan barobar yozishga undaydi, uchinchidan, o`quvchilarga
harakatlarni aniq va dadil bajarishni o`rgatadi, to`rtinchidan, sinfda darsni jonlantirishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |