‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNI CHIROYLI YOZUV
MALAKASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Omonova Gulchehra Karimovna
G’allaorol tumani 2-maktabning
Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi
Bizga ma`lumki, maktab ta`lim tizimida chiroyli yozuv juda muhim va buni o`rgatish
boshlang`ich sinfda amalga oshiriladi. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning ham bir necha
usullari bo`lib, bular quyidagilarni o`z ichiga oladi.
Na`munaga qarab yozish. Chiroyli yozuvga o`rgatishning eng asosiy usullaridan biri-harflarni
namuna qilib ko`rsatish va yozdirishdan iborat. Harf namunasini doskada barcha o`quvchilarning
diqqatini jalb qilgan holda ayrim o`quvchilarga daftarga alohida-alohida ko`rsatib berish lozim.
O`quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarini (harf, bo`g`in, so`zlar) o`z daftariga
to`g`ri aks ettirishdir. Doskada yozib ko`rsatilayotgan har bir harf barcha o`quvchilarga aniq
ko`rsatib turishilishi shart, agar ayrim o`quvchilar uni ko`ra olmagan bo`lsalar, qaytadan takrorlab
ko`rsatishimiz lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog`lanishini ko`rsatish vaqtida qayta-
qayta takrorlash juda muhimdir
Namunaga qarab ko`chirib yozish. Biz bu usuldan ancha yillardan beri foydalanamiz.
O`quvchilar, harflarning shaklini “Husnixat”dagi yoki “Yozuv daftari”dagi namunaga qarab
ko`chirib yozadilar. Namunaga qarab ko`chirib yozish, tayyor harfning ustidan yozishga
nisabatan ancha qiyin. Tayyor holdagi nuqtalar ifodalangan harflar ustidan qo`lni yurgizib mashq
qilish ixtiyorsiz jarayon bo`lib, o`quvchilar asosan bu topshiriqni bajaradilar. O`quvchilarning
daftarlarida o`qituvchi tomonidan yozib ko`rsatilgan har bir namuna chiroyli va aniq yozilishi
lozim. “Husnixat” darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o`qituvchining vaqtini
tejaydi hamda unumli ishlash uchun imkoniyat yaratib beradi. Buning uchun “Husnixat” har bir
o`quvchining oldida bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |