National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan


Download 474.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi474.59 Kb.
#1539508
1   2   3   4   5
Bog'liq
qur-oni-karimning-axloqiy-masalalarini-falsafiy-mezonlari

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
261
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
yetaklovchidir. «Qur‘on»ning axloqiy qiymati haqida fikr yuritar ekanmiz, u 
insonning ma‘naviy kamolga yetishida ulkan darajada muhim o‘ringa ega ekanligini 
ko‘rishimiz mumkun. 
Bizga ma‘limki, Qur‘oni karimdan keyingi o‘rinda turuvchi hadis ilmi ham 
alohida 
falsafiy-axloqiy 
o‘ringa ega. Hadis ilmining paydo bo‗lishida 
muhaddislarning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ahamiyatga egadir.
Islom olamida Qur‘oni karimdan keyingi o‗rinda turuvchi hadislar - ishonchli
axloqiy manba sifatida yuksak baholanadi. Haqiqiyligi puxta o‗rganib chiqilgan
ishonchli hadislar ‘‘sahih hadislar‘‘ deyiladi. ‘‘Sahih‘‘ so‗zining ma‘nosi sog'lom,
to‗g‗ri, xatosiz degan ma‘noni bildiradi. Hadisni to‗plagan muallif esa ‘‘muhaddis‘‘ 
deb yuritiladi. Hadislarni to‗plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Payg'ambarimiz 
Muhammad (s.a.v.) ni hayot vaqtlarida ko‘rgan, bilganlardan yozib olingan 
ma‘lumotlarga qaraganda, dastlabki hadis to‗plovchilar ibn Shahob az-Zuhriy,
Yahyo ibn Sa‘d al-Ansoriy, Ibn Jurayj kabilar bo‗lgan. Dunyoga mashhur
muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim
ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj‘ Kazviniy, Abu Iso Muhammad as- 
Samarqandiy, imom at- Termiziylar hisoblanadi. Yuqorida nomlari zikr qilingan
muhaddislarning hadis to‗plashdagi xizmatlari juda katta bo‘lgan. 
Ulug‘ muhaddis Imom al-Buxoriy birgina «Al jome‘ as-sahih» («Ishonchli
to‘plam») asari ustida o‗n olti yil izlanish olib borgan va 600 ming hadisni
to‗plab, 7275 tasini saralab olganlar. Shuningdek, «Al-jome as-sahih» asaridan
odob-axloq mavzusiga bag‗ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga 
keltirganlar. Bu kitob ‘‘Al-adab al-mufrad‘‘ («Adab durdonalari») deb 
nomlangan bo‗lib, bu asar 1322 ta hadisni o‗z ichiga olganligi bizga ma‘lum. Al-
Buxoriyning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, «А1-Jome‘ as-sahih»
(«Ishonchli to‗plam») asari eng asosiy o‗rinni egallaydi. 
Qur‘oni Karimda - insonni yaxshilikka, ezgulikka boshlaydigan hamda uni 
razolatga eltadigan xulqlar mavjud. O‘zaro dushmanlik va kelishmovchilik bu 
taraqqiyot 
dushmani. 
Fitna 
va 
fasod, to‘qnashuv va olishuvlar, qon 
to‘kishlar,urushlar, jamiyat va insonlar uchun ham koni zarardir. G‘iybat va fisqu-
fasod, behuda so‘z aytish, gap tarqatish, noma‘qul so‘zlar so‘zlash, ayirmachilik, 
g‘avg‘o ko‘tarish, bir musulmonning boshqasini ko‘rolmasligi, musulmon-
musulmonning umrini xazon qilishi gunohi azimdir. Qur‘onda ehsonli, qo‘li ochiq, 
bag‘ri keng, muruvvatli, keng fe‘lli, saxovatli bo‘lish, ertadan 
oqshomgacha, uydan ish joyigacha, beshikdan qabrgacha 
insonning har bir lahzasi iymonli bo‘lishga harakat qilishi 



Download 474.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling