National University of Uzbekistan Volume 3
National University of Uzbekistan
Download 474.59 Kb. Pdf ko'rish
|
qur-oni-karimning-axloqiy-masalalarini-falsafiy-mezonlari
National University of Uzbekistan
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-260-264 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 263 April, 2022 https://nuu.uz/ International Scientific Conference berdik va ularni o‘zimiz yaratgan juda ko‘p jonzotlardan afzal-ustun qilib qo‘ydik», «Er yuzida kibr-havo bilan yurmagin! Chunki sen hargiz erni teshib ketolmaysan va bo‘y-bastda tog‘larga etolmaysan», «Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan englar», «Odamlarni aldab fitnaga solish o‘ldirishdan yomonroqdir», «Alloh zulm qiluvchilarni sevmaydi», «Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir - eng yomon yo‘ldir». Qur‘on odamlarni haq yo‘ldan borishga, nohaqlikni tark etishga da‘vat etadi. «Ey mo‘minlar, mollaringizni o‘rtalaringizda nohaq (ya‘ni o‘g‘irlik, qaroqchilik, sudxo‘rlik, poraxo‘rlik, qimor kabi) yo‘llar bilan emangiz! Balki o‘zaro rizolik bilan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol- dunyo kasb qilingiz..! (Niso surasi, 29-oyat), - deb ta‘kidlangan. Baxillik yo‘lini tashlab sahiylik tomon yuz o‘tirganlar Alloh Kalomida najot topguvchilar, deyilgan. «Kimki baxillik va ziqnalikdan saqlangan bo‘lsa, unday kishilar najot topguvchilardir». Islom dini, uning ilohiy manbai hisoblangan Qur‘on har ishda rostlikka, omonatni saqlashga, qo‘ni-qo‘shnilar haqini bilishga buyuradi. Zulm- xiyonat qilishni, urush-talash, nohaq qon to‘kishlarni, yolg‘on so‘zlash, tuhmat qilishlarni, buzuqchiliklaru harom ishlarni, etim-esirlar molini eyishni, insonlar haqiga ko‘z olaytirishni qoralaydi. Makr-hiyla, zulm-xiyonat, hasad, buzuqchilik, jaholatda yashash, harom-halolni farqiga bormay eyish, qaroqchilik qilishlarni ta‘qiqlaydi. Ularning hammasi g‘ayri islomiy, g‘ayri insoniy, g‘ayri axloqiy, g‘ayri qonuniy illatlar sifatida qoralanadi. Qur‘onning aksariyat suralari va oyatlarida insonlarning bilim olishi, ma‘rifatli bo‘lishi qayta-qayta uqtirilgan, bilimlilar bilan bilimsizlarni tenglashtirib bo‘lmasligi aytilgan. Uning oyatlaridan birida, Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yorlaqab, martabasini ulug‘ qilgaydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardor, deyilgan. «Alaq» surasining uchinchi-beshinchi oyatlarida, «O‘qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya‘ni qalamni, xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatadi», deyilgan. Qur‘onda «ilm» so‘zi turli hollarda bir necha marta takrorlangan. Ana shuning o‘zi ham ilm, madaniyat, ma‘naviyat, ma‘rifat haqidagi g‘oyalar Qur‘oni Karimning butun ruhi, mazmuni, mag‘iz- mag‘izigacha chuqur singdirib yuborilganligini ko‘rsatadi. Qur‘onda ilk nozil bo‘lgan oyat ham «Iqro», ya‘ni «O‘qi» so‘zidir. Qur‘oni Karimda ma‘naviy-ma‘rifiy, falsafiy, diniy-axloqiy masalalar bilan bir qatorda huquqiy yo‘l-yo‘riqlar ham o‘z ifodasini topgan. Fiqhiy- huquqiy masalalar bo‘yicha Qur‘onda juda ko‘plab oyatlar mavjud. Buni bu ilohiy kitobda amaliy ibodatlar bo‘yicha 140 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling