National University of Uzbekistan Volume 4
National University of Uzbekistan
Download 124.31 Kb. Pdf ko'rish
|
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari
National University of Uzbekistan
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023 Google Scholar indexed Current Issues of Social Sciences and Humanities DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 58 April, 2023 https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 5) San‘at nazariy tarixi kategorilari (badiiy jarayon, yo‗nalishlar, davrlar, an‘analar, badiiy taraqqiyot va b.). 6) San‘at antropologiyasi kategoriyalari (ijodkor, muallif, badiiy jarayon, badiiy muhit va b.) 7) San‘atning ijodiy genetikasi kategoriyalari (fikr, eskiz, qoralama, variant). 8) San‘at psixologiyasi kategoriyalari (qobiliyat, iste‘dod,daho, ilhom, ijodiy fantaziya, badiiy tasavvur). 9) San‘atni idrok etish kategoriyalari (retsipient, badiiy idrok, zavq, katarsis). 10) San‘at morfologiyasi kategoriyalari (san‘at turlari, janrlari, epos, lirika, drama). 11) San‘at strukturasi kategoriyalari (badiiy matn, kontekst, badiiy matnning elementlari). 12) San‘at semiotikasi kategoriyalari (belgi, kod, badiiy mazmun). 13) San‘at ritorikasi kategoriyalari (metafora, metonimiya). 14) Badiiy asarni, badiiy ifodalarni tahlil qilish kategoriyalari. 15) San‘at poetikasi kategoriyalari (badiiy olam, badiiy vaqt, makon, rang). 16) San‘at germenevtikasi kategoriyalari (interpretatsiya, tushunish, empatiya). 17) Badiiy tanqidning nazariyasi va metodologiyasi kategoriyalari (baho, asarning badiiy darajasi, sotsiologik, tarixiy, taqqoslochi, biografik, genetik, strukturaviy tahlil, mikroanaliz, diqqat bilan o‗qish) 4 . Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo‗lgan. Uni goh,"go‗zallik falsafasi" goh, "san‘at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo‗lishgan. Masalan; estetik qadriyatlar nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san‘at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko‗rsatdiki, ushbu nazariyalar o‗zaro shunchalik chambarchas bog‗liq ekanki, ularni ajratib tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko‗proq sohaviy ko‗rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va h.k. Estetik bilimlar o‗ziga xos va universaldir. Estetika san‘atning paydo bo‗lishi shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o‗rganadi. Estetika go‗zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go‗zallikka nisbatini, estetik hissiyot va uning o‗ziga xos xususiyatlarini, san‘at, dizayn, badiiy asar tuzilishi, janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan‘at ob‘ektlar estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini, estetik madaniyat va uning o‗rnini tadqiq etadi. Shuningdek, 4 Qarang. Борев.Эстетика. Учебник.Москва. 2002.С.481-482. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling