National University of Uzbekistan Volume 4


National University of Uzbekistan


Download 124.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana16.11.2023
Hajmi124.31 Kb.
#1777501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari

National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
50
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his 
etiladigan» singari ma‘nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» 
so‗zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu 
bo‗shliqni to‗ldirdi
1
.
Nafosat falsafasining predmeti xususida ko‗plar qarashlar mavjud.
Psixolog va faylasuf E.Meyman estetik tadqiqotning to‗rtta yo‗nalishini 
aniqladi: 
1) estetik zavqni psixologik tahlili; 
2) badiiy ijod nazariyasi
3) alohida olingan san‘at va badiiy asarlar tizimi; 
4) umuman keng tushuniladigan estetik madaniyat sohasi. 
B.Husanovning ta‘kidlashicha: ―Estetika predmeti, obekti va tadqiqot doirasiga 
ega fan. Ma‘lumki, barcha fanlar o‗z predmetiga ega bo‗lib, olamning mohiyatini 
bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan 
o‗z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo‗lishi va voqelikni idrok qilish 
bilan bog‗liq bo‗lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‗la oladi. Jumladan, 
tabiat va uning estetik xususiyatlari, san‘at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod 
jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish printsiplari estetikaning 
predmeti bo‗lib xizmat qiladi‖
2
.
Shuningdek, estetika fanining predmetiga: 1)Tabiatdagi go‗zallik. 2) San‘atda 
go‗zallik. 3) Ijtimoiy hayotdagi go‗zallik, (kundalik hayot, mehnat va estetik 
faoliyatlar) kiradi.
Demak, estetikaning tadqiqot doirasi miqyosiy va ko‗pyoqlamalik ekan, 
estetika predmetini aniqlashda turli yondashuvlar mavjud. Estetika – ilm sifatida, 
shakllarda ifodalangan, mavjudlikning strukturaviy va semantik qonunlarini, ularni 
tushunish usullarini, hissiy anglashning xususiyatlari va uning inson, uning qobiliyati 
va maqsadlari bilan o‗zaro munosabatini o‗rganadi. 
Estetik gnesologiyaga: hissiy bilish dunyoni anglashning birinchi bosqichi 
ekanligi, hissiy tajribasining o‗ziga xos xususiyatlariga esa, ma‘noni estetik intuitsiya 
va shaklni mohiyat orqali anglash kiradi. 
Estetik aksiologiyaga: dunyoni qadriyatlar ko‗rinishida o‗zlashtirish kiradi.
Estetika bilan etikaning farqli tomonlari madaniyatdagi bilish usullari va 
funktsiyalarida ifodalanadi.
1
Qarang. A.Sher. ―Estetika‖ Darslik. Toshkent. «O‗zbekiston‖. 2014. 6-bet.
2
Falsafa. O‗quv qo‘llanma. Toshkent. ―Mumtoz so‘z‖. 2019. 519 b. 



Download 124.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling