National University of Uzbekistan Volume 4


Download 124.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana16.11.2023
Hajmi124.31 Kb.
#1777501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
nafosat-falsafasining-tadqiqot-doirasi-va-estetik-me-zonlari

1) Fan, ilm sohasi. Estetika mustaqil fan sifatida mavjud, lekin ushbu atama 
boshqa fan sohalarida ham keng qo‗llaniladi. 
2) Faoliyatlar sohasi. Estetik faoliyatlar bilan amaliy shug‗ullanayotgan inson, 
estetik qonuniyatlari bilmog‗i, ularga layoqati, didi, bo‗lmoqg‗i lozim. Faoliyatlar 
sohalari estetikasi ikkiga bo‗linadi: 
badiiy faoliyatlarda. Badiiylik bilan bog‗liq sohalarning barchasi estetik 
qonuniyatlar amal qiladi. San‘at, dizayn, go‗zallik industriyasi, kosmetalariya va b;
badiiy bo‘lmagan faoliyatlarda. Mehnat estetikasi, iqtisod. marketing va b.
3) Estetik qiymat yoki baho ma’nosida (masalan hozirgi 
kunda landshaftlarning estetik bahosi, qiymati belgilanadi). 


National University of Uzbekistan 
Volume 4 | NUU Conference 2 | 2023
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
52
 
April, 2023 
https://nuu.uz/ International Scientific and Practical Conference 
4) Barcha sohalarda sifat darajasini belgilovchi omil sifatida (turli faoliyat 
nomlari, brend va logotiplarda). 
5) Tarbiya sohasida. 
Bu tasnifni yana davom ettirish mumkin, lekin, shuni alohida ta‘kidlashimiz 
joizki, jamiyat rivojlangan sari estetikaga, go‗zallikka bo‗lgan talab oshib boraveradi. 
Misol uchun iqtisodiyotda: tovarning asosiy ko‗rsatkichi bu uning 
sifatidir. U inson faktori bilan bog‗langan quyidagi ko‗rsatkichlar bilan 
xarakterlanadi: – ishonchlilik ko‗rsatkichi (uzoq vaqt xizmat qilishi, yaroqlilik) – 
ergonomik ko‗rsatkichlar (gigienik, antropometrik, fiziologik va b. faktorlar), 
havfsizlik ko‗rsatkichlari (ximoya vositalari), hamda, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
raqobatli muhitning mavjudligi ularning estetik ko‗rsatkichlari (aniq ko‗zga 
tashlanuvchi informatsion, shaklining samaraliligi, kompozitsiyasining yaxlitligi va 
boshqalar)ga alohida e‘tibor berishni taqazo qiladi (inson avvalambor shakliga qarab 
tovarni tanlaydi, sotib oladi).
Shuningdek, san‘at ham estetika fanining predmeti bo‗lib xizmat qiladi. 
San‘at nafaqat qator fanlar predmeti, balki inson dunyosi ontologiyasini, inson 
faoliyatining turli shakllarini qamrab olgan hodisadir. Keyinchalik, san‘at 
muammolari ijtimoiy-madaniy hodisalar yig‗indisida o‗rganildi va uning fundamental 
ilmiy tadqiqotlar kompleksining predmeti ekanligi ijtimoiy - falsafiy tahlil etildi. Bu 
esa maxsus fan ya‘ni - san‘at falsafasi fanini vujudga keltirdi. 
Estetika predmetining ko‗p qirraliligi hatto qiyinchiligi, tadqiqotchidan 
fundamental bilimlarni (hech bo‗lmaganda san‘atshunoslik va barcha gumanitar 
fanlar sohasida) va yuksak badiiy tuyg‗uni talab qilishi bilan uzviy bog‗liqdir. 
Estetika hanuzgacha, har taraflama, eng murakkab, bahsli, ko‗p mehnat talab 
qiladigan gumanitar fanlardandir. Bugungi kunda, u paydo bo‗lgan paytdagidek, 
estetikaning diqqat markazida ikkita asosiy muammo bor: estetiklik va san‘at va 
uning asosiy mohiyati. Ular bilan bog‗liq terminlar deyarlik estetikaning 
kategoriyalari va metakategoriyalarini tashkil qiladi. Klassik estetikaning fenomenal 
muammolar sohasi va ularni anglatadigan atamalar va kategoriyalarning eng 
muhimlari quyidagilarda belgilanadi: estetik ong (shu jumladan estetik idrok, 
tasavvur, ilhom va boshqalar), estetik tajriba, estetik madaniyat (shu jumladan badiiy 
madaniyatning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari, badiiy matn, badiiy til, san‘at 
tipologiyalari), estetik tarbiya, o‗yin, go‗zallik, xunuklik, ulug‗vorlik, fojiviylik, 
kulgililik, ideal, katarsis, zavq, mimesis, obraz, ramz, belgi, ifoda, 
ijodiy usul, uslub, shakl va mazmun, daholik, ijodkorlik va 
boshqalar. 



Download 124.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling