Natriy tetraboratning fizik va kimyoviy xossalari
Download 52.56 Kb.
|
Natriy tetra borak
Natriy birikmalari. Natriy bikarbonat, ichimlik soda — NaHCO3 rangsiz monoklin panjarali kristall modda, zichligi 2,16—2,22 g/sm³. Kizdirilganda 50° dayoq oʻzidan karbonat angidrid SO2 ni chiqara boshlaydi. 100—150° da butunlay parchalanib, natriy karbonat Na2CO3 ga aylanadi.
Suvda 20° da 8,8%, 60° da 14,1% eriydi. Natriy karbonatga SO2 taʼsir ettirib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va oʻt oʻchiruvchi modda sifatida ishlatiladi ( Soda). Natriy bromid, NaBr — bromid kislotaning natriyli tuzi. Rangsiz gigroskopik kristall modda, zichligi 3,20 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 747°, kaynash temperaturasi 1390°. Suvda yaxshi eriydi, 30° dan past temperaturada NaBr·2H2O holida kristallanadi. NaOH eritmasi Vg taʼsir ettirib olinadi. Optik material sifatida, tibbiyotda va fotografiyada ishlatiladi. Natriy yodid, Nal — rangsiz kristall modda, zichligi 3,665 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 662°, kaynash temperaturasi 1307°. Yorugʻlikda xavodagi kislorod bilan oksidlanib, erkin yod ajratib sargʻayadi. Suvda 20° da 64,1%, 100° da 75,1% eriydi. Suv bilan kristallogid-ratlar hosil qiladi: Nal·5H2O, NaI·2H2O. Metil va etil spirtida, atsetonda eriydi. Tibbiyotda yod preparati sifatida qoʻllanadi. Natriy silikatlar — silikat kislotalarning natriyli tuzlari, natriy metasilikat (Na2SiO3), natriy ortosilikat (Na4SiO4), natriy pirosilikat (Na6SiO7), natriy bisilikat (Na2SiO5), natriy trisilikat (Na2Si3O7). Suvda eriganda quyuq kolloid eritma hosil qiladi. Natriy me-tasilikatning 1, 5, 6, 8 va 9 molekula suvli, natriy pirosilikatning 3,5 va 11 molekula suvli kislotallogidratlari mavjud. Natriy metasilikat shishasimon amorf modda. Zichligi 2,614 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1089°. Natriy ortosilikatning 2 ta modifikatsiyasi bor, bir turdan ikkinchi turga aylanish temperaturasi 960°; suyuqlanish temperaturasi 1118° (parchalanadi). Natriy pirosilikat oʻtkir qirrali plas-tinkasimon kristall modda. Zichligi 2,96 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 1115°. Natriy bisilikat romb panja-rali kristall modda. Zichligi 2,496 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 874°. Natriy trisilikat monoklin panjarali kristall modda. Zichligi 2,467 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 700°. Natriy tegishli tarkibli shishalarni kristallash yoʻli bilan olinadi. Shisha, alyumosilikat katalizatorlar, seolitlar, shuningdek, suyuq shisha ishlab chiqarishda qoʻllanadi. Natriy tiosulfat (natriy giposulfit), Na2S2O3·2H2O — rangsiz, yaltiroq kristall modda, zichligi 2,119 g/sm³. Suvsiz Na2S2O3, poroshok, ochiq havoda faqat bir necha kun barqaror. Nam havoda tez oksidlanadi. Spirtda erimaydi. 100 g suvda 20° da 70,2 g eriydi. Suvdagi eritmasi havodan kislorod yutadi . Oltingugurtni natriy sulfatning issiq eritmasida eritib: Na2SO3+S=Na2S2O3; natriy gidrosulfidni natriy bisulfitga taʼsir ettirib: 2NaHS + 4NaHSO3 = 3Na2S2O3+ 3H2O va boshqa usullarda olinadi. Fotografiyada, toʻqimachilikda, koʻnchilikda, tibbiyo-tda, shuningdek, analitik kimyoda reaktiv sifatida ishlatiladi. Download 52.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling