Natriy tetraboratning fizik va kimyoviy xossalari
Download 52.56 Kb.
|
Natriy tetra borak
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH. I. ASOSIY QISM.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi KIM AU-22-guruh talabasi XAKIMJONOVA DIYORAning NOORGANIK KIMYO fanidan “NATRIY TETRABORATNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI” mavzusida KURS ISHI Topshirdi: ______________________. Qabul qildi: ______________________. KIRISH. I. ASOSIY QISM. I.1. Natriy tetraborat tarkibidagi elementlar haqida ma’lumot. I.2. Tabiatda uchrashi va olinishi. I.3. Fizik xususiyatlari va kimyoviy xossalari. II. AMALIY QISM. II.1. B4O72- tetraborat ionining sifat reaksiyalari. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH. Hozirgi jamiyat hayotida kimyoning roli beqiyosdir. Xalq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlanishi kimyoning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Sanoatimizda kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli maxsus po‘latlar, qattiq va o‘ta qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun’iy va sintetik tolalar, mineral o‘g‘itlar, motor yoqilg‘isi, dori-darmonlar, bo‘yoqlar, portlovchi moddalar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. Tabiatda mavjud bo‘lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko‘paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqindisiz texnologiyaga o‘tishga imkon beradi. Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Unga ko‘ra so‘nggi yillarda kimyo sanoati korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sog‘limlashtirish va ularning faoliyatini barqarorlashtirish amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, uglevodorod xom-ashyosi va mineral resurslarni chuqur qaytaishlash bo‘yicha yangi quvvatlarnib arpoetishga qaratilgan. Investitsiya loyihalariniamalga oshirish orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish, shunindek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlarni menklaturasini kengaytirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsi yaqilishga qaratilgan loyihalarni amalda ro‘yobga chiqarish, eng avvalo, davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda korxonalarning bosh qaruv tuzilmasini takomillashtirish orqali tarmoqnin ginvestitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishi zarurligini taqozo etmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017- 2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta’minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida "O'zkimyoimpeks" mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o‘z yechimini topgani yo‘q. Masalan, mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan. “Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga umuman e’tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda”,- dedi Prezidentimiz. Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o‘sib ketmoqda. Shu munosabat bilan 2018-yildan boshlab, iste’molchilarga mineral o‘g‘it yetkazib berish "O'zkimyosanoat" AJ huzurida tashkil qilinadigan "Yagona agent" vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta’minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko‘p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ammo bu yo'nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda. Shundan kelib chiqqan holda, "O'zkimyosanoat" AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda "O'zkimyosanoatloyiha" loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarini o‘zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19- mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Buning natijasi bugungi kunimizda o‘z mevasini bera boshladi. Download 52.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling