Misol. 574548 ni tekshirib ko’raylik. Bunda P=574, Q=548 bo’ladi.
P-Q=574-548=26.
26 soni 13 ga bo’linadi. Demak, berilgan son ham 13 ga qoldiqsiz bo’linadi.
Mavzuga doir testlar va ularning yechimlaridan namunalar
1. 2 ga bo’linadigan sonni toping.
A) 1205 B) 7806 C) 9321 D) 6843
Yechish. 1-alomatga ko’ra, oxirgi raqami 6 bo’lgan 7806 soni 2 ga bo’linadi. Qolgan 1205, 9321, 6843 sonlar 2 ga bo’linmaydi. Javob: 7806 (B).
2. 4 ga bo’linmaydigan sonni toping.
A) 1100 B) 1520 C) 130 D) 1008
Yechish. 2-alomatga ko’ra, oxirgi ikki raqamidan tashkil topgan ikki xonali sonni 4 ga bo’linishini tekshirishimiz kerak. C) javobdagi 130 sonining oxirgi ikki raqamidan tashkil topgan ikki xonali son 30 bo’lib, u 4 ga bo’linmaydi. Demak, 130 soni 4 ga bo’linmaydi. Javob: 130 (C).
3. 3 ga bo’linadigan sonni toping.
A) 326 B) 213 C) 475 D) 739
Yechish. 5-alomatga ko’ra, raqamlar yig’indisining 3 ga bo’linishini tekshiramiz. A) javobda
3 + 2 + 6 = 11 soni 3 ga bo’linmaydi, B) javobda 2 + 1 + 3 = 6 soni 3 ga bo’linadi. Demak, 213 soni ham 3 ga bo’linadi. Javob: 213 (B).
Do'stlaringiz bilan baham: |