4. 7 ga bo’linadigan sonni toping.
A) 114 B) 235 C) 315 D) 370
Yechish. Misolni yechishda 7-alomatdan foydalanamiz. A) javobda 11 − 2 · 4 = 3 soni 7 ga bo’linmaydi, B) javobda 23 − 2 · 5 = 13 soni 7 ga bo’linmaydi. C) javobda 31 − 2 · 5 = 21 soni 7 ga bo’linadi. Demak, 315 soni 7 ga bo’linadi.
Javob: 315 (C).
5. 11 ga bo’linadigan sonni toping.
A) 1540 B) 2350 C) 3712 D) 8152
Yechish. Misolni yechishda 8-alomatdan foydalanamiz. A) javobda keltirilgan sinning juft o’rindagi raqamlar yig’indisi 5 + 0 = 5, toq o’rindagi raqamlar yig’indisi 1 + 4 = 5, ularning ayirmasi 5 − 5 = 0 soni 11 ga bo’linadi. Demak, 1540 soni ham 11 ga bo’linadi. Javob: 1540 (A).
6. n raqamining qanday qiymatlarida 50+n soni eng kam tub ko’paytuvchilarga ajraladi?
A) 3 B) 5 C) 3; 9 D) 1; 9
Yechish. Ma’lumki, tub sonlar eng kam tub ko’paytuvchilarga ajraladi. n raqam bo’lganligi uchun, u 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 qiymatlarni qabul qiladi. U holda 50 + n ifoda 50, 51, . . . , 59 qiymatlarni qabul qiladi. Bu sonlar ichida ikkitasi,
ya’ni 53 va 59 lar tub sonlardir. Demak, n = 3 yoki n = 9 bo’lsa, 50 + n ifoda eng kam tub ko’paytuvchilarga ajraydi. Javob: 3; 9 (C).
Do'stlaringiz bilan baham: |