Natural sonlarga va progressiyaga doir masalalar


Download 126 Kb.
bet4/4
Sana13.02.2023
Hajmi126 Kb.
#1194904
1   2   3   4
Bog'liq
NATURAL SONLARGA VA PROGRESSIYAGA DOIR MASALALAR

4. HARAKATGA DOIR MASALALAR.
Bu tipdagi masalalarda: a) Jism sohasining har bir qismida tekis harakatlanadi deb qaralib, uning bosib o‘tgan yo‘li 𝑆 = 𝑣𝑡(𝑣-jism tezligi, 𝑡-vaqt) bilan o‘lchanadi; b) Tezlik musbat kattalik deb olinadi; c) Burilish (yoki yangi rejimli harakatga o‘tish) uchun vaqt ketmaydi deb hisoblanadi; d) Agar jism harakati suvda (harakatdagi poyezd ichida va hokazo) uning oqimi bo‘ylab yoki unga qarshi bo‘lsa, ularning har birining o‘z tezliklari yig‘indisi yoki ayirmasi natijadagi tezlikni beradi. Harakatga dor masalalarda ushbu tasdiqlar o‘rinlidir: ✓ 𝑣1va 𝑣2 tezlikka ega bo‘lgan ikki jism orasidagi masofa 𝑆 bo‘lgan ikki nuqtadan bir biriga qarab to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bir vaqtda chiqsa, ular 𝑇 = 𝑆 𝑣1+𝑣2 vaqtdan so‘ng uchrashadi; ✓ bir nuqtadan chiqqan 𝑣1 va 𝑣2 tezlikdagi ikki jism, uzunligi 𝑆 bo‘lgan yo‘lda aylana bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilsa, 𝑇 = 𝑆 𝑣1+𝑣2 vaqtdan so‘ng uchrashadi; ✓ bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 𝑣1 va 𝑣2tezlikdagi ikki jism (𝑣1 > 𝑣2) lar orasidagi masofa 𝑆 bo‘lsa, orqada kelayotgan ikkinchisi birinchisini 𝑇 = 𝑆 𝑣1−𝑣2 vaqtda quvib yetadi; ✓ halqasimon yopiq yo‘lda 𝑣1 va 𝑣2 tezlikdagi ikki jismlar orasidagi masofa 𝑆 bo‘lsa, ular qarama qarshi harakatlansa, 𝑇 = 𝑆 𝑣1+𝑣2 vaqtda uchrashadi; aksincha bir tomonga harakatlansa, ikkinchisi birinchisini 𝑇 = 𝑆 𝑣1−𝑣2 vaqt ichida quvib yetadi; ✓ agar jism 𝑆 masofani 𝑣1 tezlikda o‘tishi kerak bo‘lsa-yu, lekin u bu masofani 𝑣2 tezlikda (𝑣1 > 𝑣2) o‘tsa, u ∆𝑡 = 𝑆 𝑣2 − 𝑆 𝑣1 vaqtga kechikadi. Shuningdek, harakatga doir masalalarni yechishda aniq chizilgan sistematik chizma ba’zi qulayliklar yaratadi.
Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling