Natural va butun sonlar


- §. Aralashmaga oid masalalar


Download 5.8 Mb.
bet42/46
Sana21.11.2023
Hajmi5.8 Mb.
#1793365
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
§. Natural va butun sonlar-hozir.org

32- §. Aralashmaga oid masalalar.
1.30 foizli tuzli eritma bilan 10 foizli tuzli eritma aralashtirilib, 600gramm 15 foizli eritma hosil qilindi. Har bir eritmadan qanchadan olingan.
Javob (150 va 450 gramm)
2.Idish 64 litr spirtdan iborat bo’lib, birinchi marta idishdan spirt bo’shatilib o’rniga shuncha suv qo’yildi.So’ngra ikkinchi marta ya’na shuncha aralashma to’kib tashlangandi natijada idishda 49 litr toza spirt qoldi. Birinchi va ikkinchi marta qancha spirt bo’shatilgan?
Javob (birinchi marta 8 litr, ikkinchi marta 7 litr)
3. A moddaning hajmi B va C moddalar hajmlar yig’indisining yarmini tashkil etadi; B moddaning hajmi esa A va C moddalarning hajmlari yig’indisini 1/5 qismini tashkil etadi. C modda hajmining A va B moddalar hajmlari yig’indisiga nisbatini aniqlang.
4.Og’irligi 12kg tarvuzning tarkibida 99% suv bor. Bir necha kundan so’ng bu tarvuzning tarkibidagi suv miqdori 98% bo’di. Endi tarvuzning o’g’irligini aniqlang?
Javob (6 kg)
5. Yog’liligi 2% bo’lgan 80 l sut bilan yog’liligi 5% bo’lgan necha litr sut aralashtirilsa , yog’liligi 3 % bo’lgan sut olish mumkin ?
Javob (40 )
6.16 litrlik tuzli suvning tuz miqdori 15foizdan 20 foizga chiqarilmoqchi.Berilganlarga ko’ra aralashmadan necha litr suv bug’lantirilishi kerak?
Javob (4)
7. 15 kg eritmaning 35 foizi tuzdan iborat . Tuzning miqdori 25 foiz bo’lishi uchun eritmaga necha kg chuchuk suv qo’shish kerak ?
Javob(6)

8. Eritma tarkibida 60 g tuz bor . Unga 400 g toza suv qo’shilsa , tuzning konsenrasiyasi 1,5 marta kamaydi . Dastlabki eritma necha gramm bo’lgan ?


Javob (800)
9.Shakarning miqdori 30% bo’lgan 150 gr sharbatda shakarning miqdori 45% bo’lishi uchun necha gramm suv qolishi kerak?
Javob (50)
10. 800 kg mevanin tarkibida 80% suv bor . Bir necha kundan keyin mevaning og’irligi 500 kg ga tushdi . Endi uning tarkibida necha foiz suv bir ?
Javob (68)
11.Yig’ilgan 1 t mevaning 82% i suvdan iborat . Ma’lum vaqtdan keyin bu mevadagi suvning miqdori 70% ga tushdi . Endi bu mevaning og’irligi necha kg chiqadi ?
Javob (600)
12. Oltin va kumushdan qilingan ikki xil
qotishmalarning birinchisida oltin va kumush 2 : 3 nisbatda, ikkinchisida esa 3 : 7nisbatda ekanligi ma’lum.Oltin va kumush 5 : 11 nisbatda bo‘ladigan yangi qotishma hosil qilish uchun ko‘rsatilgan metallarni qanday nisbatda olish kerak?
Javob (1:7)
13. Bir qotishma 1:2 nisbatda olingan ikki metalldan tayyorlandi. Ikkinchi qotishma esa shu metallardan 2:3 nisbatda olib tayyorlandi. Har bir qotishmadan qancha bo’lakdan olinsa, yangi qotishma a:b nisbatda tayyorlanadi?
Javob (3(2b-3a), 5(2a-b))
14.Uchta aralashma bo’lib, ular A,B va C elementlardan iboratdir. Birinchi aralashma faqat A va B elementlardan iborat bo’lib, ular 3:5 nisbatdadir. Ikkinchi aralashma faqat B va C elementlardan iborat bo’lib, ular 1:2 nisbatdadir. Uchinchi aralashma faqat A va C elementlardan iborat bo’lib, ular 2:3 nisbatdadir. Bu uchta aralashmadan qanday nisbat og’irlikda olinib, yangi aralashma hosil qilinganda bu aralashmaning tarkibidagi A,B va C elementlar mos ravishda 3:5:2 nisbatda bo’ladi?
Javob (20:6:3)



Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling