«Научный импульс» апреля, 2023 1056 ishlab chiqarish korxonalarida buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish abdujabborov Islomiddin Asadillo o‘g‘li


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.10.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1735895
1   2   3   4
Bog'liq
Abdujabborov Islomiddin Asadillo o‘g‘li

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI 
Birinchi jarayonda hisobot davri, davriy hisobda bo‘lgani sababli asosiy faoliyatning 
daromadlarini hisobga oluvchi schotlar rejasida aks etgan bo‘lishi kerak. Ya’ni Dt 300$ 
9420-ma’muriy harajatlar, Kt 300$ 3120-oldindan to‘langan ijara haqqi 300$ sifatida aks 
etadi. Sababi bir yilda 12 oy bor va hisobot davri bir yilda bir yakunlanadi. Bu uch oy uchun 
oldindan to‘langan daromad ya’ni 300$ ni aks ettirish kerak va qolgan summani hisobot 
davrining keying yiliga ya’ni 2012 yil uchun olib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ikkinchi jarayonda esa 
6 oy uchun daromad qilib tan olingan. Aslida 4 oylikni bu yilga 2 oylikni esa keyingi yilga 
qolishi kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi to‘g‘risidagi qonunning
18-moddasida “Daromadlar va Harajatlar”ni hisobga olish hisobot davrining o‘zida 
amalga oshirilishi aytib o‘tilgan. Uchinchi holatda esa yil o‘n bir oy uchun to‘lab bo‘lganmiz 
faqat bir oy uchun foiz hisoblashimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni; 50000$*10%=5000$ bu bir yillik 
summa endi buni bir oyligini toppish uchun 5000$/365 kun * 31 kun = 425$ ni tashkil qildi. 
Bir oylik summa. Bunga buxgalteriya o‘tkazmalarini beradigan bo‘lsak, Dt 9610-foiz 
ko‘rinishidagi harajatlar 425$, Kt 6920-hisoblangan foizlar 425$ ni tashkil qildi. 
To‘rtinchi holat uchun quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiramiz. Dt 
4830-olinishi kerak bo‘lgan foizlar 200$, Kt 9530-foiz ko‘rinishidagi daromadlar 200$ni 


Международный научный журнал №9 (100), часть2 
«Научный импульс» апреля, 2023 
1058 
tashkil etadi. Beshinchi operatsiyada esa bir tekisli usulda eskirish hisoblash uchun 
boshlang‘ich qiymatidan tugatish qiymatini ayrib tashlagan holatda, ishlash davriga 
nisbatan yillik eskirish darajasini aniqlab olamiz. Ya’ni asbob-uskunaga eskirish hisoblash 
uchun (91000$-1000$)/10 yil = 9000$ ga teng yillik eskirish. Endi buning 80% sotish 
harajatlari va 20% ma’muriy harajatlar bo‘lganligi sababli 9000$*80%=7200$, 
9000$*20%=1800$ ni tashkil qilsa, bunga quydagicha buxgalteriya o‘tkazmalari beramiz. 
Bu holatda debet 2 ta bo‘ladi. Dt 9410-sotish harajatlari:7200$, Dt 9420-ma’muriy 
harajatlar:1800$,
Kt 0230-mashina va asbob uskunalarning eskirishi:9000$. Endi bu jarayon uchun soliq 
hisob-kitobini amalga oshiramiz kamayib boruvchi qoldiq usul yordamida. Soliq 
(91000$*(100/10)*2$)= 91000$*20%=18200$ ni tashkil qiladi. Biz 9000$ hisoblagandik, 
lekin soliq qonunchiligi esa 18200$ hisobladi. Biz hisoblahan summa 9000$-18200$ soliq 
hisoblagan summa natijada esa -9200$. Bu holatda o‘zimiz hisoblagan soliqdan soliq 
qonunchiligi orqali hisoblangan soliq summasini ayrib tashlaymiz va soliq hisob kitobi 
bo‘yicha vaqtinchalik foyda yoki zararga olib borib qo‘yishimiz kerak bo‘ladi. Bu yakuniy 
moliyaviy natijani chiqarishda hisob-kitob qilamiz. Binoning eskirishining hisoblashda 
(160000$-60000$)/10 yil=10000$ ga teng. Bu holatda eskirish hisoblashda soliq 
qonunchiligi bo‘yicha va biz hisoblagan eskirish bir xil bo‘lganligi uchun quyidagicha 
buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshiramiz. Bu holatda debet 2 ta bo‘ladi. Dt 9410-sotish 
harajatlari:1000$, Dt 9420-ma’muriy harajatlar: 9000$, Kt 0220-bino va inshoatlar, 
uzatuvchi moslamalarning eskirishi:10000$ ga teng. Oltinchi holatda esa
Dt 4910-dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv 800$, Kt 4010-xaridor va 
buyutmachilardan olinadigan schotlar 800$ ni tashkil qiladi. Yettinchi jarayonni 
buxgalteriya balansi orqali tekshiradigan bo‘lsak tovar moddiy zahiralari balansda 
150000$ni tashkil etmoqda. Bu jarayonda murakkab operatsiya amalga oshadi sababi 
debet schotlarimiz ikkita kredit schotlarimiz esa bitta bo‘ladi. Dt 2910-ombordagi tovarlar 
125000$, Dt 9120-sotilgan tovarlarnng tannarxi 25000$, Kt 9140-davriy hisobda Tovar 
moddiy zahiralarini sotib olish 150000$ hisobida amalga oshadi. 
XULOSA 
Yil yakuni bo‘yicha daromad va foyda solig‘ini hisob kitobi qilinganda moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotga muvofiq foyda 49675$ni tashkil qilgan. Soliq stavkasi 30%ni 
tashkil qilganligi sababli bu daromad uchun 14902$ miqdorida soliq to‘lanishi lozim bo‘ladi. 
Foyda solig‘i bo‘yicha harajatlar 14902$ ni tashkil qildi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotda balansning aktiv va passiv holati 486400$ ni tashkil qilgan va bu summalar bir xil. 
Yakuniy moliyaviy natijalar, hisobot yilining oxiriga korxonaning foydasi 348200$ ni tashkil 
etishi aniqlandi. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling