«Научный импульс» Ноябрь, 2022 1024 O‘zbek xalq musiqasi janrlari alisher Saddinov
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher Saddinov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annatatsiya
- Алишер Саддинов Узбекская государственная хореография Ургенчского филиала Академии наук Аннализация
- Ключевые слова
Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 2022 1024 O‘ZBEK XALQ MUSIQASI JANRLARI Alisher Saddinov O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali o‘qituvchisi Annatatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq musiqasi janrlari, ularning ijro yo‘li hamda o‘z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa folklori va uning namualari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: musiqa, tarix, janrlar, qo‘shiq va kuy, mehnat qo‘shiqlari, “yor-yor”, alla, lapar, terma. ЖАНРЫ УЗБЕКСКОЙ НАРОДНОЙ МУЗЫКИ Алишер Саддинов Узбекская государственная хореография Ургенчского филиала Академии наук Аннализация: в этой статье рассказывается о жанрах узбекской народной музыки, способах их исполнения, а также о музыкальном фольклоре и его образцах, уходящих своими корнями в глубокую древность. Ключевые слова: музыка, история, жанры, песня и мелодия, трудовые песни, “Йор-Йор”, Алла, лапар, Терма. GENRES OF UZBEK FOLK MUSIC Alisher Saddinov Uzbek State Choreography Urgench Branch of the Academy of Sciences Annalization: this article tells about the genres of Uzbek folk music, the ways of their performance, as well as about musical folklore and its samples, rooted in ancient times. Keywords: music, history, genres, song and melody, labor songs, “Yor-Yor", Alla, lapar, Terma. Milliy cholg‘ularimizning toifalari ko‘pligi, turfa yakka va jo‘rnavozlik ijro an’analarining o‘ziga xosligi bo‘yicha milliy musiqa san’atimizga dunyo uzra teng keladiganini topish qiyin. Sharq musiqa ilmining asoschisi deb butun jahonda tan olingan vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy, buyuk allomalarimizdan Abu Ali ibn Sino, Abdulqodir Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaynulobiddin Xusayniy, Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 2022 1025 Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiy va boshqalar sharqona jahonshumul ahamiyatga molik noyob nazariy va estetik qarashlarni ishlab chiqqan holda mumtoz musiqiy asarlarning ham muallifi sifatida keng tanilgandirlar. O‘zbek xalqining o‘z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramoqda. U o‘zining xalq ijodi ya’ni, folklor hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg‘u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar, dostonlar ham muhim o‘rin egallaydi. O‘zbek cholg‘u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog‘liq bo‘lgan cholg‘u musiqa janrlari ham g‘oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi. O‘zbek musiqa folklori har qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu- umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O‘zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir. O‘zbek qo‘shiq-ashulalari va cholg‘u musiqasi janrlari o‘z funksiyasi va turmushda tutgan o‘rniga muvofiq ikki guruhni tashkil etadi. Birinchisi – ma’lum vaqt yoki ma’lum muddat sharoitidagina ijro etiladigan ashulalar va cholg‘u kuylari. Bularga: mehnat qo‘shiqlari, oilaviy marosim qo’shiqlari, allalar hamda har xil marosim va tomoshalarda ijro etiladigan cholg’u kuylaridir. Ikkinchisi – istalgan vaqtda va har qanday sharoitda ijro etiladigan ashula-qo‘shiq va cholg‘u kuylari. Bularga: lapar, yalla, ashula, cholg’u kuylari, dostonchilik kuylari kiradi. Har bir guruh o‘ziga xos xarakterli belgilariga ega. Masalan: ijro etilishi ma’lum vaqt yoki sharoitni taqozo qiladigan birinchi guruh ashula-qo‘shiq janrlarining mavzui muayyan marosim yoki boshqa vaziyat bilan bog‘liq bo‘lib, undan deyarli chetlashmasligi bilan ajralib turadi. Ba’zan uchrab turadigan bosh mavzudan chetlashishlar lirik o‘ychanlik va umumlashtirilgan nasihatgo‘yliklar doyrasida bo‘ladi. Bulardan “yor-yor” qo‘shiqlari xalq orasida qadimdan mavjud bo‘lib, O‘zbek xalq qo‘shiqlarining badiiy-estetik xususiyatlari, ularning namunalari marosim folklori bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan folklorshunos olima, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muzayyana Alaviyaning “O‘zbek xalq marosi qo’shiqlari” kitobida ham anchagina yoritilgan. “Yor-yor”larning mavzu doyrasi juda keng bo‘lib, unda goh hazil, goh quvnoq, goh yengil yumor, goh achchiq hajviy ohanglar uchraydi. Bu narsa turmushga chiqmagan qizning, o’tkazilayotgan to’yning va nihoyat uylanayotgan yigitning axloqiy xislatlari, jamiyatda tutgan mavqeyi, insoniy fazilatlari kabi ko’pgina jihatlari bilan shartlangan. Qolaversa, “yor-yor”larda qaysi ohangning ustunlik qilishi uning ijrochilari bilan ham bog’liqdir. Masalan, qizni kuyovnikiga olib kelishda “yor-yor” qo‘shig‘ining erkin bandlari kayvoni xotin yoki qizning qarindoshi tomonidan aytilsa, u holda kelinning yaxshi fazilatlari, xulq-atvoridagi go‘zal jihatlari, uning kamoloti madh, etiladi. “Yor- yor” kelinning dugonalari tomonidan ijro etilsa, qo‘shiqda qizning dard-alamlari, ota- Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 2022 1026 onadan, tug‘ilib o‘sgan xonadonidan ayro tushishi, zo‘rlik bilan turmushga uzatilishi, sevganiga yetolmaganligi haqidagi mungli ohanglar ustunlik qilishi mumkin. Xalq ashulalaridan “yor-yor”larda qanday ohang, qanday ohangning ustunlik qilishi asosida juda ko‘p sabablar yotadi. O’zbek “yor-yor”lari ijro uslubi va musiqiy tabiatiga ko‘ra bir necha xillarga bo‘linadi. Hozircha ularni Xorazm, Farg’ona va Zarafshon “yor-yor”lari kabi turlarga shartli ravishda ajratish mumkin. Keyinchalik jiddiy izlanish va kuzatishimiz tufayli mazkur turlarning miqdori yo ko‘payishi, yo qisqarishi mumkinki, bu narsani vaqt va kelajak ko‘rsatadi. Umumiy tarzda aytganda, barcha turdagi “yor-yor”larning ohangi asosida muayyan metroritmik tartibga solgan tor diapazonli kuylar uyg‘unligi yotadi. Ularning har biri o‘zining kuy tuzilish tartibi, ohang xarakteri, ritmi, ijro uslubi, shevasi va emotsional ta’sirchanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling