«Научный импульс» Ноябрь, 2022 1024 O‘zbek xalq musiqasi janrlari alisher Saddinov


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1339414
1   2   3   4
Bog'liq
Alisher Saddinov

Mehnat qo‘shiqlari xalq ijodiyotining eng qadimiy shakllaridan biri hisoblanadi. 
Bu qo’shiqlar ibtidoiy insonning mehnat faoliyati bilan bevosita aloqadorlikda vujudga 
kelib, ana shu jarayonda taraqqiy etgan. Eng qadimiy mehnat qo’shiqlari vazn, qofiya 
va boshqa poetik shakllar e’tibori jihatidan mukammal uyushmagan, so‘zlar ham ongli 
tarzda bo‘lib, ular ko‘proq mehnat jarayonida muayyan harakat ritmiga mos keluvchi 
undov, hitob va nidolar xarakteridagi poetik parchalardan iborat tuzilishga ega 
bo‘lgan. 
Mehnat turlari ko‘p va xilma-xil bo’lganidek, uning qo’shiqlari ham turli-
tumandir. Mehnat qo’shiqlarining g’oyaviy-mavzu va janr xususiyatlariga qarab uch 
guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
1. Dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 
2. Chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 
3. Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. 
Allalar onalarning jigarband farzandlariga qilgan hasratlaridir. Qadimda allalar 
inson mexr-muxabbati bilan siynasi to’la onalarning orzu-umid sadolari, vafosiz, zolim 
erlarga, jafokor zamonga, toshmehr ota-onaga bildirilgan g’azab va noroziliklardan 
iborat bo’lgan. Ularga katta qalin badaliga sotiladigan qiz, cho’ri, kanizak, sevgilisidan 
zulm bilan ajratilgan ma’shuqaning nola-faryodlari eshitilardi. Hozirgi allalar esa 
butunlay boshqacha zamonaviy mazmun kasb etadi. 
Allalar onalar, buvilar, opalar, xotin-qizlar tomonidan bola uxlatish paytlarida 
aytiladi. Allalarning boshqa qo‘shiqlardan farqi shuki, u qachon bo‘lmasin, go‘daklar 
bor xonadonda aytilaveradi. 
Laparlar esa boshqa qo‘shiqlardan voqeabandligi, raqibbop kuyga ega bo‘lishi 
hamda dialog shaklida ikki qo‘shiqchi tomonidan ijro etilishi bilan ajralib turadi. 
Laparlarning matnlari asosan ishq-muhabbat, hazil, ro‘zg‘ordagi totuvsizlik, ota-
onalarning farzandlari bilan bo‘lgan munosabatlari ba’zan yengil, ba’zan achchiq kulgi 
asosida tashkil topgan bo‘ladi. Lapar qo‘shiq sifatida asosan kichik diapazonli, shakl 
to‘zilishi jihatidan ikki qismli tuzilishga ega. 


Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 
«Научный импульс» Ноябрь, 2022 
1027 
Laparlarning musiqiy poetik asoslarining ko‘pgina belgilari qo‘shiq uchun ham 
garchand qo‘shiq naqarotli bo‘lsa ham bir xildir. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling