Научный вестник scientific journal 2017-yil, 2-son (102/1) gumanitar fanlar seriyasi tarix, Falsafa, Sotsiologiya, Iqtisodiyot
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son
- UDK: 1.323/327 (575.1) JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SIYOSIY INSTITUTSIONALLASHUV: KOMPLEKS YONDASHUV B oʻtaev U.X.
- Kalit s oʻzlar
- Political institutionalization in providing stability of society: complex approach 74 ILMIY AXBOROTNOMA
- “institut” soʻzi lotincha “institutum” s oʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “ oʻrnatish” yoki “tashkilot”
- SIYOSIY TIZIMNING ASOSIY VAZIFALARI
- УДК: 14.8 “KANZUL-MAORIF” ASARINING TADQIQI VA SANOIYNING FALSAFIY QARASHLARI Shakirova Sh.Yu. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son 8. K oʻp xotin oluv, taloq, ersiz qoluv, ham xotinlarning oʻlimi. 9. Nihoyat xotinlar orasida buzuqlik t oʻgʻrisida yozilgan. Ilmiy faoliyati davomida Validiy Maksim Gorkiy nashr qiladigan “Russkiy letopises” jurnalida ishlovchi ba’zi muharrirlar va idealistlar hurfikrli ziyolilar, yanayam t oʻgʻrirogʻi, sosialist inqilobchilar bilan tanishadi. Gorkiy Rossiyaga tobe millatlar antologiyasini nashr etishga qaror qilganligini aytadi. Shuningdek Ukraina, Fin, Arman va Gruzin adabiyoti va tarixi yozilayotganligini, “Rossiya musulmonlari” t oʻplamini tayyorlashni Gorkiy Valiydiyga topshiradi. Buning uchun Peterburg Umumiy kutubxonasida mavjud b oʻlgan Rossiyada chop etiladigan musulmonlar nashrini, masalan, Ismoil Gaspirinskiy va Ozarbayjonda Hasanbek Malikov, Fattoh Oxundov va boshqalarga oid barcha nashrlarni hamda ruslarning Turkistondagi nashrlarini k oʻzdan kechiradi. 1916 yil qishida shu ish ilan shu gʻullanganllanadi.[3.1] Maksim Gorkiy bir safar Validiyni Sankt-Piterburgning Finlyandiya y oʻlidagi Mustamiyakiyda joylashgan yozgi uyiga taklif qiladi. Uchrashuvda Gorkiy rus b oʻlmagan millatlarning huquqlari haqida k oʻp liberal fikrlarni bildiradi. Gorkiy aytadiki: “Ruslar orasida biz toʻgʻrimizda erkin fikrli kishi sifatida proffessor Maksim Kovalevskiyni bilishini va 1905 - yil inqilobi paytida “Qonun oldida millat masalasi va fuqarolarning huquqiy tengligi” nomli asar yozganligini aytadi. Proffesor Kovalevskiy Rossiyada yashovchi barcha millatlar xohlaganlaricha yashashga haqli ekanliklarini, milliy madaniyatlarini oʻzlari xohlaganidek rivojlantirishlari lozimligini qayd etgan, armanlarga Bagrat davridagi Buyuk Armanistonni tiklash y oʻlida ozarbayjonliklar bilan omonsiz kurashga kirishish va madaniy dunyoda shovqin-suron k oʻtarish oʻrniga oʻz til va dinlari asosida milliy madaniyatlarini rivojlantirishni taklif etgan va shu y oʻl orqali Kavkaz musulmonlarining muhabbatiga sazovor b oʻlganligini yozadi. Validiy Kovalevskiy asarida, insonlarga yashash, shaxs va jamiyatning farovon turmush kechirishi huquqini bermagan Rossiya haqidagi fikrini avliyo Avgustinning “Quid sunt regne sine justita, nisi magna latracinia” ya’ni, “Adolatsiz humronlik katta y oʻltoʻsarlikdan boshqa narsa emas” deydi. Validiyning to gʻasidan arab adabiyotini oʻrganganidan mamnun ekanligini quyidagicha izohlaydi: Turkistonga qilgan ilk safarida Zamaxshariyning arabcha devonini va Taftazoniy bilan Sayid Sharif Jurjoniyning munozaralariga oid risolani keltirishadi. Validiy uchun bulardan ham qimmatliroq va qadrliroq hadya b oʻlmas edi. Chunki, risolada Amir Temurning oʻz zamonida ikki buyuk olimni Qur’onda “Baqara” surasining “Ulayka a’la xudan min Rabbihim” oyati ustida munozara qildirgani haqidagi arabcha yozilgan asar edi. Bu asarda arab ritorikasining eng nozik masalalari hamda falsafaga t oʻxtalganligida edi. Istarlitamoqdagi suhbatlar togʻasi bilan soʻnggi k oʻrishishi boʻladi. Olim Shahobiddin Marjoniyning oʻzining ma’naviy ustozi deb biladi va uning ijodini oʻrganar ekan oʻzida Marjoniydan quyidagi xulosaga keladi: “Islom dini, falsafa va hikmatni inkor etmaydi. Fanga kelsak, ularning barchasi xayrlidir” deydi.[6] Validiy islom falsafasi t oʻgʻrisida quyidagi tahliliy fikrni ilgari suradi, uningcha hattoki hayotda tarix modda va narsani ma gʻzi va holicha bahs etib, yozuvda ifoda etadi. Yozish bu tarixdir. Xulosa qilib hadislar tarixiga fikr bildiradi. Hadislarni tarixini bir ilmini, masalaga mohiyatini, ipak matosini, bu gʻdoyi, tutun, yogʻochli ayvoni, masalan, olma yogʻochini toshlarda, marmarning tarixini darslarda bahs etishni ta’kidlaydi. Tarixni islom falsafasi tahlili jarayonida turli xil zamonlarga va turli jamiyatlarga mansub insonlarning ruhiy jihatlarini k oʻrinishini qaysi tilda yozilgan boʻlsa ham, xato yozilgan boʻlsa ham tushunishga qodirligimiz haqida fikr yuritadi. Masalan: Shumerlarning, Ashshurlarning, Misrliklarning kitoblarini, Xitoylik Konfusiyning fikrlarini Hind Buddaning nazariyasini Aristotel falsafasini, arabcha Qur’onni bugun tushunishga qodirmiz. Garchi ular boshqa muhitda boshqa tillarga va oʻzgacha harflar va iboralar bilan yozilgan boʻlsa ham biz uni falsafiy tahlil qila olishimizning tahlilini keltiradi. [7] Validiyning falsafiy qarashlarida hodisalarning sabab va kelib chiqishi bilan biri boshqasiga bo gʻliq ekanligini bildirish asosiy maqsaddir. Buni Berhyeym “Auffasung dts Zurummenhanges”, Ch.Langois ham fransuzcha qilib “Coonception” tadbiri bilan ifoda etgan. Biz ham bunga munosabatlar aniqroq deya olamiz. Bu yerda tarixchiga tabiy fanlar, tarix falsafasi bilan ijtimoiyot y oʻl koʻrsatadi. Bu yerda “ichki ruhiy omillar” va sabablar orasidagi munosabatlar izohlanadi. 73 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son Ularning har biri alohida izohlanadi. Tarix metodining falsafiy jihatdan umumiy k oʻrinishini tavsif etadi.[7.1] Validiy dunyoqarashida tarixni oʻrganish falsafiy yondashuv gʻoyasi qanday va uni tashkil qilgan hamma narsaning moddiy hayotini oʻrganish, bashariyat tarixining gʻoyasi ham, bashariyatning moddiy va ma’naviy hayotini oʻrganishdir. Oʻz hayotimizni va bugungi muhokamada turli-tuman fikrlar ham bor. U xilda tarix uchun shunday b oʻlish zaruriyat talab qiladi. Shu sabab bilan turli tuman tarix falsafasi yuzaga kelishining isbotini “Tarixda usul” nomli asarida tasniflash barobarida Validiy tarix falsafasini oʻrganishni eng qulay va ishonchli ba’zi yolgʻon tarixiy tadqiqlarni isbotlaydi. Validiy Abu Rayhon Beruniy falsafasini oʻrganishda Beruniy asarlaridagi diniy fikrlar keltirilgan hind asarlari “Richvada va Atarvananada” nomli hind kitobini oʻrganib, Patanjali, Braxmagupta, Aryabxata, Vashta, Pulisa, Varahamihra kabi hind olimlarining asarlaridan matnlar tarjima qilganligini, hamda hind falsafasi va ilmi haqida ma’lumot berar ekanlar, ushbu ma’lumotlarni islom, yunon va eron olimlari bilan taqqoslaydi va oʻzining qarashlarini ham bayon etadi. Shu sababli bugungi kunga kelib, mazkur kitob eng nodir, eng noyob asar sifatida baholanishini, asarning mundarijasi diniy, falsafiy fikrlar, adabiyot, botiniy e’tiqodlar, xronologiya, meterologiya, qonunlar, urf-odatlar va nihoyat astronomiyadan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Adabiyotlar 1. Абдурахмонов М., Научная деятелность А.З.Валидова в Туркестане. Т:.-“Фан” 2004. – С 37 2. А.З.Валиди Тоган. История Башкир. [ пер. с турец А.М.Юлдашбаев] – Уфа: Китап, 2010. – С 327. 3. Prof. Zeki Vyelidi Togan. Hatiralar ... –Ankara: 1999, §21. S.14. 4. Qosimov B., Milliy oʻygʻonish. -T:.- “Ma’naviyat” 2002. 70-b. 5. Validov A. Far gʻona xotinlari toʻgʻrisida Nalivkin. // «Suyunbika», Kazan, 914, №6. – S. 8-10. 6. Al-Islam yukaddibu al-hikmata va-l fann-u xayrun kulluhu. 7. Prof. Zeki Velidi Togan. Tarihte Usul.- Istanbul: 1985. S.18.S.20. UDK: 1.323/327 (575.1) JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA SIYOSIY INSTITUTSIONALLASHUV: KOMPLEKS YONDASHUV B oʻtaev U.X. Oʻzbekiston Milliy universiteti Annotatsiya. Mazkur maqolada jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonida siyosiy institutlarning institutsionallashuvi tahlil etilgan b oʻlib, unda davlatning oʻrni va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, institut, institutsionallashuv va siyosiy institutsionallashuv tushunchalarining tahlili berilgan. Kalit s oʻzlar: jamiyat, tinchlik, barqarorlik, institut, institutsionallashuv, siyosiy institutsionallashuv, davlat, siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati. Политическая институционализация и обеспечении стабильности общества: комплексный подход Аннотация. В данной статье анализируется институционализация политических институтов в процессе обеспечения стабильности в обществе. Основной акцент делается на место и значение государства. А также дается анализ таких понятий, как институт, институционализация и политическая институционализация. Ключевые слова: общество, мир, стабильность, институт, институционализация, политическая институционализация, государство, политическая система, гражданское общество. Political institutionalization in providing stability of society: complex approach 74 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son Abstract. The article analyzes the institutionalization of political institutions in the process of ensuring stability in society, making an emphasis on the place and importance of the state. As well, notions such as institution, institutionalization and political institutionalization are studied. Keywords:society, peace, stability, institution, institutionalization, political institutionalization, state, political system, civil society. Jamiyatda tinchlik va barqarorlik uning hayotidagi ijtimoiy-siyosiy institutlarning institutsionallashuv jarayoniga ham bo gʻliqdir. Chunki, institutsionallashuv jarayoni jamiyat doirasidagi munosabatlarni shakllantirish, ta’minlash orqali barqarorlikni ma’lum bir davrda sohaviy barqarorlikni erishishiga olib keladi. Barqarorlik esa, ijtimoiy-siyosiy institutlar tamonidan amalga oshiriladi. Shu oʻrinda “institut” tushunchasining etimologik mazmuniga e’tibor qaratsak, “institut” soʻzi lotincha “institutum” s oʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “ oʻrnatish” yoki “tashkilot” degan ma’noni anglatadi. Davlat institutning asl k oʻrinishi hisoblanib, ma’lum bir koʻrsatmalarga ya’ni, qonun va qoidalar tizimiga asoslangan b oʻladi. Bunda davlat jamiyat hayotida tashkil etilgandan soʻng, dastlab oʻzining boshqaruv darajasini vujudga keltirib, tartiblashgan va yoʻnaltirilgan harakatlarni amalga oshira boshlaydi, boshqaruvni oʻz nazoratiga oladi hamda tashkilotchilik qobiliyatini amalga oshiradi. Albatta, bu ijtimoiy-siyosiy jarayon jamiyat hayotida davlat institutlarini vujudga keltira boshlaydi. Bu, oʻz navbatida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarning faoliyatini yuzaga keltirib, institutsionallashuvni yuzaga keltiradi. Bu jamiyat hayotida ijtimoiy va siyosiy institutlarning faoliyatini rasmiy tarzda shakllantiradi. Siyosiy institut – bu birinchidan, tashkillashgan jamoaning uyushgan holati, jamoatchilik irodasi, maqsadlari va hayot faoliyati tarziga asoslanuvchi insonlarning maxsus hamjamiyatga birlashuvining tashkiliy shakli b oʻlsa; ikkinchidan, hokimiyat va ta’sir etishga doir shakllanuvchi, jamoa va insonni integratsiya qilishni q oʻllab-quvvatlovchi, birlikni boshqaruvchanligi va jamoaviy qadriyatlarga, tashkiliy prinsiplarga, ratsional me’yorlarga tayanuvchi kishilar uyushmasining ideal modelidir; uchinchidan, individ va guruhlarning, shuningdek, butun insoniy ijtimoiy tuzilmasi munosabatlardagi modellarni realizatsiya etish va qayta ishlab chiqish[1] hisoblanadi. Umuman, siyosiy institut – bu siyosiy tizim hosil etuvchi, siyosiy faoliyatning turli sohalarini muvofiqlashtiruvchi, ularni rollar va maqomlar tizimiga tashkillashtiruvchi, rasmiy va norasmiy qoidalar, prinsiplar, me’yorlar, k oʻrsatmalarning barqaror majmuidir[2]. Darhaqiqat, jamiyat uchun taraqqiyot qonuniyatlarini faqat qandaydir moddiy omillar shakllantirmasdan, balki tizim sifatida oʻz taraqqiyotini oʻzi ta’minlaydi. Koʻpchilik olimlar fikriga k oʻra, har bir alohida jamiyat, bu ma’noda oʻz taqdir va istiqbolini tanlash hamda ta’minlashda erkin ekanligi aniq b oʻlib qoldi deb ta’kidlaydilar[3]. Ushbu jihatdan tizim sifatida jamiyatning barcha jabhalariga (iqtisod, siyosat, turmush, madaniyat va ma’naviyat) barobar taalluqli va u, oʻz navbatida, har bir jabhada oʻzining xususiy intilishlari, manfaatlari, demak, oʻz ichki omillariga koʻra alohida tizim deb qarash lozim[4]. Tizim esa, jamiyatning har bir sohasida institut sifatida tashkil topadi va asta-sekin oʻzaro munosabatlarda institutsionallashadi. Institutsionallashuv jarayoni jamiyat doirasidagi munosabatlarni shakllantirish, ta’minlash orqali barqarorlikni ma’lum bir davrda sohaviy barqarorlikka erishishiga olib keladi. Ma’lumki, institutsionallashuv har qanday ijtimoiy sohaga tegishli b oʻlib, u muayyan harakat yoki hodisani tashkillashgan tashkilotga aylantirish, shuningdek, pa gʻonasini fanlar, axloq qoidalari, ma’lum bir qadriyatlar tizimiga asoslangan aniq munosabatlar tuzilmasini tartiblashgan jarayonga aylantirish yoki harakatdagi tashkilotni tashkillashtirishni ifodalashini nazarda tutsak, mazkur jarayon bir necha ketma-ket davrlarni oʻz ichiga oladi: 1) talabning paydo b oʻlishi va unga oʻzaro tashkillashtirishga faoliyat harakatlar orqali qondirilishi; 2) umumiy maqsadlarni shakllantirish; 3) stixiyali oʻzaro harakat hamda sinab koʻrish va usullardan toʻlaqonli foydalangan holda ularni amalga oshirish orqali ijtimoiy norma va qoidalarning vujudga kelishi; 4) norma va qoidalar bilan bo gʻliq jarayonlarni vujudga kelishi; 5) norma va qoida jarayonilarni institutsiyalovchi, ya’ni ularni qabul qilish, amaliy q oʻllash; 6) norma va qoidalarni saqlab turishda q oʻllaniladigan tizimlarning zamonaviy zanjiri (sanksiyasi, t oʻsiq), ularning ayrim hollarda qoʻllanishi, tafovuti; 75 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son 7) mustasno tarzda barcha institut a’zolarining qamrab olinishi, mavqei va rollar tizimining yaratilishi[5] kabi omillar shular jumlasidandir. Shu oʻrinda “institutsionallashuv” nima? Uning “siyosiy institutsionallashuv”dan farqli jahatlari nimalarda kabi savollarga quyida javob berishga harakat qilamiz: Siyosatshunoslikda “institutsionallashuv” tushunchasi asosida insoniy hamjihatlik va yashash mazmuniga javob beruvchi qoidalar majmui tushuniladi[6]. Sotsiologiya fani nuqtaiy nazaridan bu termin turfa turdagi ijtimoiy tabaqalar faoliyatini ularni sotsial institut sifatida boshqarish jarayoniga aytiladi[7]. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, institutsionallashuv umumiy qabul qilingan tajribalarni, oʻzgarmagan holda saqlab, bir necha avlodlarga etkazib, mazkur qoidalarni oʻzaro barqaror amaliyotga oʻtkazishga xizmat qiladi, deb ta’kidlanadi. “Zamonaviy xorijiy s oʻzlar lugʻati”da institutsionallashuv – bu “qandaydir yangi ijtimoiy institutlar muassasi, u yoki bu ijtimoiy munosabatlarning huquqiy va tashkiliy mustahkamlanishi, institutsional esa – bu “ijtimoiy institutlar bilan bo gʻliqlik, ularga aloqadorlik”ni bildiradi[8] deb ta’kidlanadi. Umuman, institutsionallashuv – ijtimoiy fanlarda siyosiy institutlarning davlatdagi rolini oʻrganishga jiddiy e’tibor qaratadigan muhim metodologik yondashuv sifatida qaraladi. Chunki davlat mavjud ekan, uning ichkarisida davlat va nodavlat institutlar mavjud b oʻlishi tabiiydir. Ular oʻzaro vakolatlari yuzasidan institutlashadi va oʻzaro yaxlit tizimni shakillantiradi. Shu boisdan siyosiy tizimda boshqaruv va nazorat mexanizimlari asosida siyosiy institutsionallashuv yuzaga keladi. Siyosiy institutsionallashuv-asosiy siyosiy normalar, siyosiy qadriyatlar va siyosiy xulq-atvor andozasi jarayonining tashkil etilishi, huquqiy mustahkamlanishi hamda tan olinishi, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyatidir. Siyosiy institutsionallashuv siyosiy barqarorlikning muhim sharti b oʻlib, unda asosan davlat markaziy oʻrinni egallaydi hamda siyosiy tizimning sohaviy (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy) vazifalarni belgilaydi hamda nazorat etadi. Davlat oʻz mazmun – mohiyatiga k oʻra turli funksiyalarni bajaradi, biroq funksiyalarni, A.V.Pikulkin fikriga koʻra, yoʻnalishlari b oʻyicha quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Bular: birinchidan, ijtimoiy ishlarni bajarish; ikkinchidan, ijtimoiy adolatni ta’minlash; Uchinchidan, Shaxs, jamiyat, davlatni himoya qilish, tartibni ta’minlash. Ammo, har qanday davlat uchun fundamental b oʻlgan quyidagi funksiyalarni koʻrsatish mumkin: 1) rivojlanish strategiyasini aniqlash; 2) mulkchilik huquqlarini kafolatlash; 3) xususiy va aralash sektorlar oʻrtasida munosabat; 4) moliyaviy, pul va ijtimoiy siyosat; 5) ijtimoiy tartibotni ta’minlash; 6) himoya va ekologik muvozanatni ta’minlash. Masalan, aqsh davlatining funksiyalari quyidagi turlarda ta’riflangan: 1) milliy strategiyani aniqlash; 2) jamiyat hayotining huquqiy asoslarni ta’minlash; 3) iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish; 4) ilmiy – texnikaviy va sanoat siyosatini yuritish; 5) moliya – kredit munosabatlarini tartibga solish; 6) ijtimoiy sohani rivojlantirish; 7) xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi[9]. AQSH davlatining asosiy funksiyalarini tahlil qilar ekanmiz, fundamental ahamiyatga ega funksiyalar barcha davlatlarga xos b oʻlsada, har bir jamiyat taraqqiyot darajasi va strategik maqsadidan kelib chiqib, asosiy va birlamchi funksiyalarni belgilab olishi va ularni amalga oshirishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, davlat siyosiy tizimni shakillantirish bilan birga uning vazifalarini ham belgilab beradi. Chunki, siyosiy tizim jamiyatdagi muayyan siyosiy funksiyani bajaradigan ijtimoiy institutlar tizimi b oʻlib, uning ikki darajasi mavjud: mamlakatning siyosiy tizimi va xalqaro siyosat tizimi. Birinchisi u yoki bu jamiyatning siyosiy sohasini qamrab olsa, ikkinchisi butunjahon 76 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son hamjamiyatini oʻz ichiga oladi. Siyosiy tizimda davlat hal qiluvchi boʻgʻin vazifasini oʻtaydi[10]. Shu boisdan, quyidagi sxemada[11] siyosiy tizimning vazifalarini k oʻrishimiz mumkin: Shundan k oʻrishimiz mumkinki, jamiyat barqarorligini ta’minlashda tizimning roli, uning elementlari va funksiyalarini davlat institutlari tamonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, jamiyatda siyosiy institutlarning institutsionallashuv jarayonida yana bir oʻziga xos jihat mavjud. Bu fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida barqarorlik faqatgina davlat institutlarining institutsionallashuvi bilan emas, balki nodavlat institutlarning institutsionallashuviga ham bo gʻliqdir. Chunki, nodavlat institutlar tizimi tizimiylik asosida ma’lum bir me’yor, qonun va qoidalar asosida boshqaruv jarayonini shakllantiradi. Natijada, boshqaruv jarayonida harakat a’zolarining qarashlari, manfaatlari yuzaga kelib, davlat institutlariga nisbatan ta’sir oʻtkaza boshlaydi. Bu esa, davlat va nodavlat institutlarning institutsionallashuviga olib keladi. Xulosa oʻrnida aytganda, jamiyat barqarorligini ta’minlashda siyosiy institutlarning institutsionallashuvi kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida yana takomillashib boradi. Adabiyotlar 1. Ильин М.В.Слова и смысли: общение-общность // Политические исследования, -1994, - №6. –С.14. 2. Политология.-Ростов-на-Дону: Феникс, 1997.-С. 166. 3. Егоров И.А. Принцип свободы как основание общей теории регуляции//Вопросы философии, -2000, -№3, -С.3-2. 4. J oʻrayev T. Milliy davlatchilik:xavfsizlik va barqarorlik. -T.: Akademiya, 2007. –B.10. 5. ФроловС.С. Социология: учебник. 3-е изд., доп. -М.: Гардарики, 2000. -С.166. 6. Айзикович А.С. Потребности и интересы. –М., 2001. – С.72. 7. Меркель В., Круассан А. Формальние и неформальние институти в дефектной демократии // Политологические исследования. -2002. -№ 2. –С. 20. 8. Современный словарь иностранных слов. -М., 1992. -С.239. 9. ПикулькинА.В. Система государственного управления. –М., 2004. -С.169-170. Taraqqiyotini ta’minlash uchun qabul qilingan dasturlar asosida jamiyat faoliyatini tashkil etish. Jamiyat taraqqiyotining maqsad va vazifalarinibelgilab berish. SIYOSIY TIZIMNING ASOSIY VAZIFALARI Jamiyat hayotini ta’minlash uchun moddiyva ma’naviy boyliklarni taqsimlash. Siyosiy ongni shakillantirish, jamiyat a’zolarini siyosiy ishtirok va siyosiy faoliyatga jalb etishni taminlash. Qonun-qoidalar ijro etishini nazorat qilish hamda siyosiy me’yorlarni saqlab qolish uchun shart-sharoitlar yaratish. Jamiyatning turli hayotini ta’minlash va uning ravnaqi uchun qonun-qoidalarni ishlab chiqish. Siyosiy tuzumni ichki va tashqi xafsizligini ta’minlab, barqarorlik hukm surishiga erishish asosini yaratish. Davlat va ijtimoiy guruhlar qiziqishlarini muvozanatga keltirish. 77 ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2017-yil, 2-son 10. Ergashev I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning nazariy masalalari ( oʻquv q oʻllanma). –T.: Akademiya, 2014. 157-bet. 11 . B oʻtayev U.X. Siyosiy tizim va tahlil. -T., 2012.–B. 55. УДК: 14.8 “KANZUL-MAORIF” ASARINING TADQIQI VA SANOIYNING FALSAFIY QARASHLARI Shakirova Sh.Yu. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Annnotatsiya. Maqolada ToshDSHI Sharq q oʻlyozmalar markazi fondida saqlanayotgan“Kanzul-maorif”asarining ilk bor ilmiy tadqiqi qisqacha berilgan. Ijodkor “SHe’riy doston”larida insonning falsafiy jihatlarini bayon etib, muammolarni badiiy obrazlar vositasida talqin etishi haqida ham ma’lumot berilgan. Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling