Navbahor tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli 14-umumiy o'rta ta'lim maktab 3-sinf o`qituvchisi ibragimova shaxnoza asatovnaning matematika fanidan bir soatlik ochiq


Download 110.68 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi110.68 Kb.
#151373
Bog'liq
3-sinf matematika ochiq dars




NAVBAHOR TUMAN XALQ TA'LIMI BO'LIMIGA QARASHLI 14-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTAB 3-SINF O`QITUVCHISI IBRAGIMOVA SHAXNOZA ASATOVNANING MATEMATIKA FANIDAN BIR SOATLIK OCHIQ

Dars ishlanmasi

Navoi - 2020

Matematika

Mavzu: 0‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish. 614-620- misol va masalalar.

Tayanch tushunchalar: 0‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirishga doir misollar yechish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.

Jihozlar: Darslik, chizg‘ich mavzuga doir plakatlar.

Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadi: Ta’limiy: 0‘quvchilarda uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.



Tarbiyaviy: Ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: mustaqil ishlash malakasini shakllantirish.

Kutilayotgan natijalar: Uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo`ladilar.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

Tavsiya etilgan mediya manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo’lsa uni boshqa ko’rinishlarga matn , jadval, sxemaga o’tkaza olish.

Axborotlarni statistic ma’lumotlarning ko’rinishlarning bir turidan ustunli,chiziqli va doiraviy diogrammalar,jadvallar,chizmalar boshqa ko’rinishga o’tkaza olish;

Uchta sonning o’rta arifmetigini topish;

Mustaqil ravishda turli media manbalaridan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.


Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars

bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy

qism


O`‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshi- riladi.




2

min














2-bosqich. Refleksiya (ehtiyojlarni belgilash)

aniqlash


Uch xonali sonlar ichida o`nlik va yuzlikdan o`tib ayirish haqida munozara qilinadi.

Munozara

3

min


3-bosqich.

Yangi


mavzu

bayoni


Darslikdagi 614- va 615-misollarni yechish orqali o`nlik va yuzlikdan o`tib ayirish qoidalari tushuntiriladi.

Savol-

javob


10

min


4-bosqich. Yangi mavzuni mus- tahkamlash

O'quvchilar 616-617 -topshiriqlarni bajaradilar. Zarur hollarda ularni bajarishda o'qituvchi yordam beradi.

618-topshiriq ustida ishlash.



Mustaqil ish, savol- javob

mustaqil


15

Min


10 min

5-bosqich.

Baholash


Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.

Baholash

3

min


6-bosqich. Uyga vazifa berish

619-misol va 620-masala uyga vazifa sifatida beriladi, tegishli ko'rsatmalar beriladi.

tushuntirish

2

min

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism



Darsga hozirlik ko’rish.

Darsning maqsadini aytish.

II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa tekshirib baholanadi.


245-164=81

357-185=172



318-246=72

642-252=390



726-534=192

931-840=91




II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan mavzuni aniqlab, tekshirib baholayman.



Aqliy hujum

1) Kamayuvchi 20, ayiriluvchi 6, ayirmani toping.

2) Kamayuvchi 80, ayiriluvchi 10, ayirmani toping.

3) Kamayuvchi 50, ayiriluvchi 15, ayirmani toping.

4) 36 va 6 sonini ayrilmasini toping.

5) 24 va 4 sonini ayrilmasini toping.

III.Yangi mavzu bayoni.

614-misolni yechish orqali uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ustun shaklida ayirish tushuntiriladi. Har bir o'quvchi uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ustun shaklida ayirish qoidasini yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.



  • 423 156 ______________

267

615-misoI mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.

234-176= 58 555- 366=189 743-257=486

346- 158= 188 635-147= 488 825- 358=467

423-254= 169 671-482=189 947-559=388

616 - masalaning yechilishi:

1) ikkinchi kuni sotildi - 524- 256 = 278 (ta);

2) ikki kunda sotilgan kitoblar farqi - 278 - 256 = 22 (ta).



IV. Mustahkamlash.

617-topshiriqda chiziladigan ABCD to‘rtburchakning perimetri: 27 + 25 + 21 +40 = 113 (mm) ;





KLMN to‘rtburchakning perimetri:

25 + 35 + 27 + 40 = 127 (mm 127 mm = 12 sm 7 mm.

618 - topshiriqdagi boshqotirmaning javobi:

Donishmand o‘z tuyasini ham qo‘shgan. Shunda aka-ukalardagi tuyalar 18 ta bo‘lgan. Katta o‘g‘il 18 ta tuyaning yarmisi – 9 ta tuyani, o'rtancha o‘g‘il 18 ta tuyaning uchdan biri – 6 ta tuyani, kichik o‘g‘il

18 ta tuyaning to‘qqizdan biri – 2 ta tuyani olgan. Ortib qolgan 1 ta tuyaga, ya’ni o‘z tuyasiga minib, donishmand yo‘lini davom ettirgan.



V. Uyga vazifa:

619-misoI va 620- topshiriq uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

620-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Do'konda 320 ta fanta va nestle bor edi. Tushgacha 96 ta fanta va 78 ta nestle sotildi. Hammasi bo‘lib sotilmagan nechta fanta va nestle qolgan?i

VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.



Uyga qo‘shimcha topshiriq: Uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ustun shaklida ayirish qoidasini yod olish.



i



Download 110.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling