Navbatchilik bu soʻz asli ruscha дежурство soʻzining калькаси boʻlib, navbatchi soʻzidan -lik qoʻshimchasi bilan yasalgan


Download 24.71 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi24.71 Kb.
#1151128
Bog'liq
N O harflari


N

NABI Bu arabcha soʻz “baland boʻldi” maʼnosini anglatuvchi nabāьa feʼlining “paygʻambar boʻldi” maʼnosi bilan hosil qilingan masdar boʻlib (UAY, 568), nabiyy(un) shakliga ega (ARS, 779); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi yy tovushlarini tashlab qabul qilingan: nabiyy → nabi. “Paygʻambar”, “Ollohning xohishini bandalariga yetkazuvchi” maʼnosini anglatadigan bu soʻzni erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatish noto‘g‘ri (O‘TIL, I, 491).

NAVBAT Bu arabcha soʻz navbat(un) shakliga ega (APC. 837); nāba feʼlining “oʻrniga oʻrin boʻldi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 836), “gal” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 491). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida navbatma-navbat takror soʻzi tuzilgan.

NAVBATCHI Bu soʻz asli ruscha дежурный soʻzining калькаси boʻlib, arabcha navbat soʻzidan -chi qoʻshimchasi bilan yasalgan. Bu soʻz hatto arab tiliga ham oʻzlashgan (APC, 837).

NAVBATCHILIK Bu soʻz asli ruscha дежурство soʻzining калькаси boʻlib, navbatchi soʻzidan -lik qoʻshimchasi bilan yasalgan.

NADOMAT Bu arabcha soʻz nadāmat(un) shakliga ega (APC, 792); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nadāmat → nadâmat (nadomat); “oʻkindi” maʼnosini anglatuvchi nadima feʼlining (ARS, 792) I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “oʻkinch” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 492).

NAJOT Bu arabcha soʻz naçāt(un) shakliga ega (ARS, 787); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: naçāt → najât (najot); asli “qutuldi” maʼnosini anglatuvchi naçā feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 787), “qutulish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 492). Bu soʻzdan oʻzbek tilida najotsiz sifati yasalgan.

NAJOTKOR Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha najot soʻzidan (q.) tojikcha -kor qoʻshimchasi bilan (TjRS, 542) yasalgan boʻlib “qutqaruvchi”, “qutulish yoʻlini koʻrsatuvchi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 492).

NAZAR Bu arabcha soʻz nažar(un) shakliga ega (ARS, 811); oʻzbek tiliga izg‘i undoshini undoshiga z almashtirib qabul qilingan: nažar → nazar; asli nažara feʼlining “qaradi” maʼnosi bilan (ARS, 810) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “nigoh”, “tushunish” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 492). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi. Nazar soʻzi nuqtayi nazar izofa birikmasi, nazar-pasand qilma-” qoʻshma feʼli tarkibida qatnashadi.

NAZARIY Bu arabcha soʻz nažariyy(un) shakliga ega (ARS, 812); oʻzbek tiliga izg‘i undoshini z undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: nažariyy → nazariy; asli nažara feʼlining “kuzatdi” maʼnosidan (ARS, 810) oʻsib chiqqan “fikrladi” maʼnosi bilan (ARS, 811) hosil qilingan I bob masdari nažar(un) soʻzidan (UAY, 568) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “nazariyaga oid”, “nazariyaga asoslangan” kabi maʼnoni anglatadi (O‘TIL, I, 492).

NAZARIYA Bu arabcha soʻz nažariyyat(un) shakliga ega (ARS, 812); oʻzbek tiliga izgʻi undoshini z undoshiga almashtirib, tarkibidagi yy tovushlaridan birini va soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nažariyyat → nazariya; asli nažara feʼli ning I bob masdari nažar(un) soʻzidan (UAY, 568) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (UAY, 501), “voqea-hodisalar haqidagi umumlashma fikr”, “fikrlashga asoslangan bilim” kabi maʼnoni anglatadi (O‘TIL, I, 492). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nazariyachi shaxs oti yasalgan; izohli lugʻatga shunday maʼnoni anglatuvchi deb nazariyotchi soʻzining kiritilgani oʻrinli emas (OʻTILda nazariyot soʻzini bermay toʻgʻri qilingan).

NAZARIYOTCHI q. nazariya.

NAZAR-PISAND QILMA- q. nazar.

NAZZORA: Bu arabcha soʻz asli nažžārat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga izgʻi undoshlarini z undoshlariga, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nažžārat → nazzâra (nazzora); asli nažara feʼlining “qaradi” maʼnosi bilan (ARS, 810) yasalgan nažžār(un) shaxs otidan (UAY, 498) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (UAY, 500), “diqqat bilan qarash” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 493). Bu soʻz mustaqil qoʻllanmaydi, sheʼriyatda “nazzora qil-” qoʻshma feʼli tarkibida ishlatiladi.

NAZZORA QIL- q. nazzora.
NAZIR q. nazira.
NAZIRA Bu arabcha soʻz nažīrat(un) shakliga ega (ARS, 812); oʻzbek tiliga izg‘i undoshini z undoshiga, choʻziq ī unlisini i unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nažīrat → nazira; asli nažara feʼlining “kuzatdi” maʼnosi bilan (ARS, 810) yasalgan nažir(un) asliy sifatidan (ATG, 43) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), arab tilida “oʻxshashlik”, “nusxa”, “namuna” kabi maʼnolarni (ARS, 812), oʻzbek tilida esa “biror shoir asariga ergashib, oʻsha vazn va qofiya bilan yozilgan sheʼr” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 493). Bu soʻz oʻzbek tilida ayol kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi. Bu soʻzning nazir (muzakkar) shakli esa erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

NAZLA Bu arabcha soʻz nazlat(un) shakliga ega (ARS, 796); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nazlat → nazla; asli “shamolladi” maʼnosini anglatuvchi nazila feʼlining (ARS, 795) I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilidan bu ko‘p maʼnoli soʻz “shamollash” maʼnosi bilan qabul qilingan va maʼno taraqqiyoti natijasida “kuchli shamollash oqibatida koʻz-burundan oqadigan shilimshiqsimon sariq suv” maʼnosini anglata boshlagan (O‘TIL, I, 493).

NAZM Bu arabcha soʻz nažm(un) shakliga ega (ARS, 812); oʻzbek tiliga izg‘i undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: nažm → nazm; asli “durni ipga terdi”, “tartibga soldi” maʼnolarini anglatuvchi nažama feʼlining (ARS, 812) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida “durni ishga terish”, “sheʼr yozish”, “sheʼriyat” maʼnolarini (ARS, 812), oʻzbek tilida esa “sheʼr”, “sheʼriyat” maʼnolarini anglatadi (O‘TIL, I, 493). Oʻzbek tilida nozim, nozima soʻzlari ham mavjud boʻ lib, erkak va ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi; bu soʻzlar nažama feʼlining I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), asli “tartibga soluvchi”, “shoir(a)” maʼnolarini anglatadi (OʻKAAQL, 242). Nazm soʻzi nazmi shaklida ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi, tartibli maʼnosini anglatadi (TjRS, 255).

NAZMI q. nazm.

NAZORAT Bu arabcha soʻz nižārat(un) shakliga ega (ARS, 811); oʻzbek tiliga і unlisini a unlisiga (tojik tilida ham shunday oʻzgartirib: TjRS, 255), izg‘i undo shini z undoshiga, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nižārat → nazârat (nazorat); asli nažara feʼlining “kuzatdi” maʼnosi bilan (ARS, 810) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida “boshqarma” maʼnosini (ARS, 811), oʻzbek tilida esa “kuzatib, tekshirib turish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 493). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nazoratchi shaxs oti, nazoratsiz sifati yasalgan.

NAZORATCHI q. nazorat.

NAIM, NAIMA q. neʼmat.

NAS q. nahs.

NASAB Bu arabcha soʻz nasab(un) shakliga ega (ARS, 798); nasaba feʼlining kelib chiqishini, “naslini nima bilandir bogʻladi” maʼnosi bilan (ARS, 797) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida “qarindoshlik”, “aloqa-munosabat” maʼnolarini (ARS, 798), oʻzbek tilida esa “kelib chiqish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida nasl-nasab juft soʻzi tuzilgan.

NASIB Bu arabcha soʻz naŝīb(un) shakliga ega (ARS, 806); oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga, choʻziq ī unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: naŝīb → nasib; koʻp maʼnoli naŝaba feʼlining “belgiladi” maʼnosi bilan (ARS, 805) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “azalan (taqdiran) belgilangan ulush, qismati” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496). Bu soʻz hozirgi oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi, “nasib et-” qoʻshma feʼli tarkibida qatnashadi.

NASIBA Bu soʻz asli arabcha nasib soʻzining (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan muannas shakli boʻlib (ATG, 29), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nasibat → nasiba; nasib soʻzi anglatgan maʼnoni bildiradi (OʻTIL, І, 496); ayol kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi.
NASIYA Bu arabcha soʻz nasīьat(un) shakliga ega (ARS, 797); oʻzbek tiliga choʻziq ī unlisini i unlisiga, fathali hamzani y tovushlariga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nasīьat → nasiya; asli nasaьa feʼlining “kreditga berdi” maʼnosi bilan (ARS, 797) hosil qilingan I bob masdari boʻlib, “kreditga sotish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496).

NASIM Bu arabcha soʻz nasīm(un) shakliga ega (ARS, 801); oʻzbek tiliga choʻziq ī unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: nasīm → nasim; nasama feʼlining “shabada esib turdi” maʼnosi bilan (ARS, 800) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “shabada” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496). Oʻzbek tilida bu soʻz erkak kishining atoqli oti sifatida, nasima muannas shakli esa ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

NASIMA q. nasim.

NASIHAT Bu arabcha soʻz naŝīħat(un) shakliga ega (APC, 806); oʻzbek tiliga sad tovushini s tovushiga, choʻziq ī unlisini i unlisiga, hoyi hutti tovushini h tovushiga almashtirib qabul qilingan: naŝīħat → nasihat. Bu soʻz asli “yaxshilikka daʼvat qildi” maʼnosini anglatuvchi naŝaћa feʼlidan (ARS, 806) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “yaxshilikka daʼvat qilib aytilgan maslahat”, “oʻgit” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 496).

NASIHATGOʻY Bu soʻz oʻzbek tiliga tojik tilidan olingan (TjRS, 258); asli arabcha nasihat soʻziga (q.) “gapir-” maʼnosini anglatuvchi tojikcha guftan feʼlining goʻy hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 110); oʻzbek tilida “nasihat qilishni yoqtiradigan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496). Bu soʻzdan oʻzbek tilida -lik qoʻshimchasi bilan nasihatgoʻylik mavhum oti yasalgan.

NASIHATOMUZ Bu soʻz tojik tilida arabcha nasihat soʻziga (q.) “aralashtir-”, “qorishtir” maʼnosini anglatuvchi tojikcha omextan feʼlining omez hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 286, 258); oʻzbek tiliga oxirgi boʻgʻinidagi e unlisini u unlisiga almashtirib qabul qilingan, chunki oʻzbek tilida e unlisi soʻzning ikkinchi va undan keyingi boʻgʻinida kelmaydi. Asli e unlisini unga yaqin i unlisiga almashtirish (nasihatomiz kabi) lozim edi, nimagadir u unlisiga almashtirib yuborilgan; “nasihatga oʻxshash”, “nasihatsifat” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496).

NASL Bu arabcha soʻz nasl(un) shakliga ega (ARS, 800); nasala feʼlining “tutdi” maʼnosi bilan (ARS, 800) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “bir ajdodning avlodi”, “zot” maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, I, 496). Oʻzbek tilida bu soʻz bilan nasldosh, naslli, naslsiz, naslchilik soʻzlari yasalgan, nasl-nasab juft soʻzi tuzilgan.

NASLDOR Bu soʻz tojik tilida arabcha “zot” maʼnosini anglatuvchi nasl soʻziga (q.) “ega boʻl-” maʼnosini anglatuvchi tojikcha doshtan feʼlining dor hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 137, 136, 258); “zotli” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 496).

NASL-NASAB q. nasl.

NASR Bu arabcha soʻz našr(un) shakliga ega (ARS, 784); oʻzbek tiliga se undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: našr → nasr; asli “sochdi” maʼnosini anglatuvchi našara feʼlining “prozada yozdi” maʼnosi bilan (ARS, 784) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “proza” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 497).

NASRIY Bu arabcha soʻz našriyy(un) shakliga ega (ARS, 784); oʻzbek tiliga se undoshini s undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: našriyy → nasriy; našr (nasr) soʻzidan (q.) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “nasr bilan yozilgan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 497).

NATIJA Bu arabcha soʻz natīçat(un) shakliga ega (ARS, 783); oʻzbek tiliga choʻziq ī unlisini i unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: natīçat → natija; nataça feʼlining “biror faoliyat oqibatida yuzaga keldi” maʼnosi bilan (ARS, 782) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “biror faoliyat oqibatida yuzaga kelgan holat” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 497). Bu soʻzdan oʻzbek tilida natijali, natijasiz sifatlari yasalgan.

NAF Bu arabcha soʻz nafo(un) shakliga ega (ARS, 820); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi aynni tashlab qabul qilingan: naft → naf; “foyda keltirdi” maʼnosini anglatuvchi nafara feʼlining (ARS, 820) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “biror faoliyat natijasidan kutiladigan foyda, manfaat” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 497).

NAFAR Bu arabcha soʻz nafar(un) shakliga ega (ARS, 818); koʻp maʼnoli nafara feʼlidan (ARS, 818) hosil qilingan I bob masdari boʻlib, arab tilidagi “bir kishi” maʼnosi asosida yuzaga kelgan “dona” maʼnosini anglatadi, kishilarga nisbatan ishlatiladi (O‘TIL, I, 497).

NAFAS Bu arabcha soʻz nafas(un) shakliga ega (ARS, 819); nafisa feʼlining (ARS, 818) “oʻpkaga havo oldi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “oʻpkaga olinadigan havo” maʼnosini, koʻchma maʼnoda esa “oʻpkaga bir marta havo olishga ketadigan vaqt” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 497).

NAFAQA Bu arabcha soʻz nafaqat(un) shakliga ega (ARS, 821); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nafaqat → nafaqa; nafaqa feʼlining “sarflandi” maʼnosi bilan (ARS, 821) hosil qilingan I bob masdari boʻlib, arab tilida “xarajat”, “aliment” maʼnolarini anglatadi (ARS, 821); oʻzbek tilida bu soʻz “kamdaromad kishilarga beriladigan yordam puli”, “pensiya” maʼnolarini anglatadi (O‘TIL, I, 497).

NAFIS Bu arabcha soʻz nafīs(un) shakliga ega (ARS, 820); oʻzbek tiliga choʻziq ī unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan: nafīs → nafis; “qimmatbaho boʻldi” maʼnosini anglatuvchi nafusa feʼlidan (ARS, 818) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), arab tilida “qimmatbaho”, “qadr-qiymatli” maʼnosini anglatadi (ARS, 820); oʻzbek tilida bu soʻz “goʻzal va nozik” maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I, 497). Bu soʻzning nafisa muannas shakli ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

NAFISA q. nafis.

NAFOSAT Bu arabcha soʻz nafāsat(un) shakliga ega (ARS, 818); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nafāsat → nafâsat (nafosat); “qimmatbaho boʻldi” maʼnosini anglatuvchi nafusa feʼlining I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “nafislik” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 498).

NAFRAT Bu arabcha soʻz nafrat(un) shakliga ega (ARS, 818); koʻp maʼnoli nafara feʼlining “kuchli darajada jirkanadi” maʼnosi bilan (ARS, 818) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “kuchli darajada jirkanish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 498). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nafratlan- feʼli yasalgan.

NAFS Bu arabcha soʻz nafs(un) shakliga ega (ARS, 818); nafisa feʼlining “ega boʻlish uchun intildi” maʼnosi bilan (ARS, 819) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida “intilish”, “g‘urur”, “hirs” kabi maʼnolarni anglatadi (ARS, 819); oʻzbek tilida bu soʻz “kishining biror narsaga ega boʻlish istagi” maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (O‘TIL, I, 498).

NAFSAMBIR Bu soʻz asli arabcha nafsilamr soʻzining (q.) oʻzbek soʻzlashuv tilida voqe boʻlgan tovush oʻzgarishlari natijasida yuzaga kelgan: 1) il tovushlari tashlangan: nafsilamr → nafsamr; 2) mr tovushlari oraligiga bi tovushlari qoʻshilgan: nafsamr → nafsambir.

NAFSILAMR Bu arabcha birikma fi nafs al ьamr shakliga ega boʻlib (ARS, 819), oʻzbek tilida fi predlogi tashlanib, qolgan qismlar fathali hamzani a tovushiga almashtirgan holda bir soʻzga birlashtirilgan; asli arab tili talaffuz qoidasiga binoan nafsulamr aytilishi va shunday yozilishi toʻg‘ri (Tojik tiliga shunday shaklida olingan: TjRS, 260), lekin oʻzbek tiliga u unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan; “haqiqatda”, “toʻgrisini aytganda” kabi maʼnoni anglatadi (ARS, 819; O‘TIL, I, 498).

NAFSONIYAT Bu arabcha so‘z nafsāniyyat(un) shakliga ega (ARS, 819); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, tarkibidagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: nafsāniyyat → nafsâniyat (nafsoniyat); asli nafs soʻzi (q.) asosida yasalgan nafsoniy nisbiy sifatidan yasalgan mavhum ot boʻlib (APC, 819), “kishining oʻz qadr-eʼtibori haqidagi tuyg‘usi“ maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 498).

NASHA Bu arabcha soʻz asli naşъat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga fathali ayn tovushini a tovushiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: naşъat → nasha; naşaъa feʼlining “ajratib oldi” maʼnosi asosida (ARS, 804) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), oʻzbek tilida “poyasidan tola, urug‘idan yog‘, narkotik modda olinadigan oʻsimlik” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 498).

NASHR Bu arabcha soʻz naşr(un) shakliga ega (ARS, 803); naşara feʼlining “chop etdi” maʼnosi bilan (ARS, 802) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “chop etish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 498).

NASHRIYOT Bu arabcha soʻz asli naşriyyāt(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga tarkibidagi yy tovushlaridan birini tashlab, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: naşriyyāt → nashriyât (nashriyot); nashr soʻzidan (q.) -iyyāt(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), “nashr etish bilan shugʻullanuvchi muassasa” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 499). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nashriyotchi (“nashriyot xodimi”) soʻzi yasalgan.

NASHʼA Bu arabcha soʻz naşvat(un) shakliga ega (ARS, 805); oʻzbek tiliga v tovushi oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: naşvat → nashъa; naşiā feʼlining “kayf qildi” maʼnosi asosida (ARS, 805) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), asli “kayf qilish” maʼnosini anglatadi (ARS, 805); oʻzbek tilida “estetik lazzat”, “huzur” maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (OʻTIL, I, 499). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nashʼali sifati yasalgan.

NAʼL q. nagʻal.

NAʼLAT q. laʼnat.

NAʼRA Bu arabcha soʻz naъrat(un) shakliga ega (ARS, 813); oʻzbek tiliga ayn tovushi oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: naъrat → naʼra; naъara feʼlining “hoʻkizga oʻxshab boʻkirdi” maʼnosi bilan (ARS, 813) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida “boʻkirish” maʼnosini (ARS, 813), oʻzbek tilida esa “havoni larzaga keltiruvchi vahimali tovush” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 499).

NAQAROT Bu arabcha soʻz naqarat(un) shakliga ega (ARS, 823); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini a unlisiga almashtirib qabul qilingan: naqārat → naqârat (naqarot); koʻp maʼnoli naqara feʼlining “musiqa asbobini chertdi” maʼnosi bilan (ARS, 823) hosil qilingan I bob masdari naqrat(un) soʻzining -āt(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan koʻplik shakli boʻlib (ATG, 39), arab tilida “takror-takror chertish” maʼnosini (ARS, 823), oʻzbek tilida esa “qoʻshiqning takrorlanuvchi bandi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 499).

NAQD Bu arabcha soʻz naqd(un) shakliga ega (ARS, 823); koʻp maʼnoli naqada feʼlining qoʻlida “bor pul bilan toʻladi” maʼnosi asosida (ARS, 822) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “qoʻlida bor (pul)” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 499).

NAQL Bu arabcha soʻz naql(un) shakliga ega (ARS, 827); koʻp maʼnoli naqala feʼlining “gapirib berdi” maʼnosi bilan (ARS, 826) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida sakkiz maʼnoni anglatishi taʼkidlangan (ARS, 827); oʻzbek tilida boshqacha maʼnoni “og‘izdan og‘izga oʻtib kelayotgan hikmatli soʻzlar, hikoyat” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 499).

NAQSH Bu arabcha soʻz naqş(un) shakliga ega (ARS, 824); “oʻyib, rang berib bezak hosil qildi” maʼnosini anglatuvchi naqaşa feʼlining (ARS, 824) I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “oʻyib, rang berib hosil qilingan bezak” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 490). Bu soʻzdan oʻzbek tilida naqshli sifati, naqshla- feʼli yasalgan.

NAQSHDOR Bu soʻz tojik tilida arabcha naksh soʻziga (q.) “ega boʻl-” maʼnosini anglatuvchi tojikcha doshtan feʼlining dor hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 137, 136, 261); “naqsh solingan”, “naqsh bilan bezatilgan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 490).

NAQSHIN Bu soʻz tojik tilida arabcha naqsh soʻzidan (q.) -in qoʻshimchasi bilan yasalgan sifat boʻlib (TjRS, 542, 261), “naqsh solingan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 490).

NAQSHINKOR Bu soʻz oʻzbek tilida naqshin soʻzidan (q.) -kor qoʻshimchasi bilan (TjRS, 542) yasalgan sifat boʻlib, “naqshlar bilan bezatilgan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 490).

NAQQOSH Bu arabcha soʻz naqqaş(un) shakliga ega (ARS, 824); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: naqqāş → naqqâsh (naqqosh); “oʻyib, rang berib bezak hosil qildi” maʼnosini anglatuvchi naqaşa feʼlidan (ARS, 824) yasalgan kasb oti boʻlib (UAY, 240), “naqshkor usta” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 490). Bu soʻzdan oʻzbek tilida naqqoshlik mavhum oti yasalgan.

NAG‘AL Bu soʻz arabcha boʻlib, naъl(un) shakliga ega (ARS, 814); oʻzbek soʻzlashuv tilida ayn tovushi g‘ tovushiga almashtirilgan, soʻngra g‘, l tovushlari oralig‘iga a unlisi qoʻshilgan: naъl → nagʻl → nag‘al; naъala feʼlining “taqa (taqacha) qoqdi” maʼnosi bilan (ARS, 814) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “oyoq kiyimining poshnasiga qoqiladigan taqacha” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 500).

NAG‘MA Bu arabcha soʻz naġmat(un) shakliga ega (ARS, 815); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: naġmat → nag‘ma; naġama feʼlining “ashula aytdi” maʼnosi bilan (ARS, 815) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tilida “kuy”, “ohang” maʼnosini, oʻzbek tilida esa, bundan tashqari, “labda puflab chalinadigan musiqa asbobi” maʼnosini ham anglatadi (O‘TIL, I, 500).

NAHOR Bu arabcha soʻz nahār(un) shakliga ega (ARS, 833); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nahār → nahâr (nahor); “tez oqadi” maʼnosini anglatuvchi nahara feʼliga bagʻishlangan maqola tarkibida keltirilgan bu soʻz arab tilida kunduz maʼnosini anglatishi aytilgan (ARS, 833); Oʻzbek tilida bu soʻz “erta tong”, “tongotar” maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (O‘TIL, I, 500). Oʻzbek tilida bu soʻzdan nahorlik soʻzi yasalgan (“erta tongdagi nonushta” maʼnosini anglatadi).

NAHORLIK q. nahor.

NAHR q. anhor.

NAHS Bu arabcha soʻz naħs(un) shakliga ega (ARS, 788); oʻzbek tiliga hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: naħs → nahs; “baxtsiz, omadsiz boʻldi” maʼnosini anglatuvchi naћaѕa feʼlidan (ARS, 733) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), arab tilida “baxtsizlik”, “omadsizlik” maʼnosini anglatadi (ARS, 788); oʻzbek tilida bu soʻz “gʻusl qilmaganlik”, “nopoklik” maʼnosini anglatadi. Izohli lugʻatda bu soʻz sifat (belgi maʼnosini anglatuvchi soʻz) tarzida izohlangan (OʻTIL, I, 500). Nahs soʻzi soʻzlashuv tilida nas tarzida ham talaffuz qilinadi.

NEʼMAT Bu arabcha soʻz niъmat(un) shakliga ega (ARS, 815); oʻzbek tiliga i tovushini e tovushiga almashtirib, ayn oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib qabul qilingan: niъmat → neʼmat (Bu ot soʻzlashuv tilida nimat tarzida ham talaffuz qilinadi). Neʼmat soʻzi asli “toʻkinchilik bilan, mamnunlik bilan hayot kechirdi” maʼnosini anglatuvchi naъima feʼlining masdari boʻlib (ARS, 814), “toʻqchilik”, “toʻkinchilik” kabi maʼnoni anglatadi (OʻTIL, I, 502). Bu soʻz erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi. Oʻzbek tilida naъіma feʼlidan hosil qilingan naim, naima soʻzlari ham mavjud, Naim erkak kishining, Naima ayol kishining atoqli oti boʻlib xizmat qiladi. Naim soʻzi asli naъīm(un) shakliga ega (ARS, 815); naъima feʼlidan hosil qilingan masdar boʻlib (ATG, 143), “toʻkin-sochinlik bilan oʻtadigan hayot” maʼnosini anglatadi (ARS, 815). Naima soʻzi Naim soʻzining -at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan muannas shakli boʻlib (ATG, 29), oʻzbek tiliga bu qoʻshimchaning a qismini saqlab, t qismini tashlab qabul qilingan. Naʼim soʻzi choʻziq kasrali ayn tovushini i tovushiga almashtirib qabul qilingan: naʼim → naim. Oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti boʻlib keladigan Nuʼmon soʻzi ham mavjud; bu soʻz arab tilida ham shunday vazifada ishlatilib, niъmānu shakliga ega (ARS, 814); oʻzbek tiliga ayn tovushi oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi u qismini tashlab qabul qilingan: niъmānu → nuʼmân (Nuʼmon). Nuʼmon soʻzi yuqorida izohlangan naъima feʼlining masdarlaridan biri boʻlib (ATG, 143), “baxtli boʻlish” kabi maʼnoni anglatadi.

NIZO Bu arabcha soʻz nizāъ(un) shakliga ega (ARS, 795); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi aynni tashlab qabul qilingan: nizāъ → nizâ (nizo); koʻp maʼnoli nāzaъa feʼlining “tortishdi”, “kurashdi” maʼnosini anglatuvchi nāzaъa III bob shaklidan (ARS, 794) hosil qilingan masdar boʻlib (ATG, 247), “tortishuv”, “kelishmovchilik” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 502). Bu soʻzdan Oʻzbek tilida nizoli sifati, nizolash- feʼli yasalgan.

NIZOM Bu arabcha soʻz nižām(un) shakliga ega (ARS, 813); oʻzbek tiliga izg‘i undoshini z undoshiga, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nižām → nizâm (nizom); asli nažama feʼlining “tartibga soldi” maʼnosi bilan hosil qilingan III bob masdari boʻlib (ATG, 247), arab tilida besh maʼnoni anglatuvchi bu soʻz oʻzbek tiliga “amal qilish lozim qonun-qoidalar yozilgan rasmiy hujjat” maʼnosi bilan qabul qilingan (O‘TIL, I, 502). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi. Atoqli shoir Nizomiyning nomi ham nizom soʻzidan -iy qoʻshimchasi bilan yasalgan (ATG, 48).

NIZOMIY q. nizom.

NIYAT Bu arabcha soʻz nіyyat(un) shakliga ega (ARS, 841); oʻzbek tiliga tarkibidagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: niyyat → niyat; koʻp maʼnoli navā feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 841), “koʻngildagi istak-orzu, maqsad” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 504).

NIKOH Bu arabcha soʻz nikāħ(un) shakliga ega (ARS, 828); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga, hoyi hutti undoshini h undoshiga almashtirib qabul qilingan: nikāħ → nikâh (nikoh); nakaћa feʼlining “er-xotinlikni shariat yoʻli bilan rasmiylashtirdi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 828), “er-xotinlikni shariat yoʻli bilan rasmiylashtirish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 502).

NISBAT Bu arabcha soʻz nisbat(un) shakliga ega (APC, 798); nasaba feʼlining “bogʻladi” maʼnosi bilan (ARS, 797) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), arab tili lugʻatida toʻrt maʼnoli deb tasvirlangan bu soʻz oʻzbek tilida asosan “narsalarning hajmi, miqdori jihatidan qiyoslanadigan farqi” maʼnosini anglatuvchi matematika termini sifatida ishlatiladi (O‘TIL, I, 503). Bu soʻzni tilshunoslik termini sifatida ishlatish oʻrinli boʻlmagan (Bu grammatik kategoriyaga izohli lugʻatda berilgan taʼrif ham noto‘g‘ri).

NISBATAN Bu soʻz nisbat soʻzining (q.) tushum kelishigi shakli boʻlib (ATG, 50), maʼno taraqqiyoti natijasida ravishga aylangan; oʻzbek tilida “qiyosan olganda”, “(kimga yoki nimaga) qarata” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 503).

NISBIY Bu arabcha soʻz nisbiyy(un) shakliga ega (ARS, 798); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: nisbiyy → nisbiy; nasaba feʼlining “bogʻladi”, “nisbat berdi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari nisbat (nisbat) soʻzining (q.) oxiridagi -at(un) qismi oʻrniga -iyy(un) qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 49), “nimagadir nisbatan belgilanadigan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 503). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nisbiylik mavhum oti yasalgan.

NISBIYAT Bu arabcha soʻz nisbiyyat(un) shakliga ega (APC, 798); oʻzbek tiliga tarkibidagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: nisbiyyat → nisbiyat; nisbiy sifatidan (q.) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), ”nisbiylik” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 504).

NISO Bu arabcha soʻz nіѕāь(un) shakliga ega (ARS, 797); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi hamzani tashlab qabul qilingan: nіѕāь → nisâ (niso); naѕaьā feʼli maqolasida berilgan bu soʻz asli “ayollar” maʼnosini anglatib (ARS, 797; OʻKAAQL, 240), oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi, ayol kishi atoqli otiga qoʻshilib keladi: Huriniso, Zebiniso kabi.

NISOR Bu arabcha soʻz nišār(un) shakliga ega (ARS, 784); oʻzbek tiliga se undoshini s undoshiga, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nišār →nisâr (nisor); “sochdi” maʼnosini anglatuvchi našara feʼlining I bob masdari boʻlib (ARS, 784), “toʻy, bayram kabi tantanalarda hurmatli kishi boshi ustidan sochiladigan gul, shirinliklar” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 504).

NISF Bu arabcha soʻz niŝf(un) shakliga ega (ARS, 807); oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: niŝf → nisf; asli koʻp maʼnoli naŝafa feʼlining “ikki teng boʻlakka boʻldi” maʼnosi bilan (ARS, 807) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 142), “teng yarimi” maʼnosini anglatadi: Daromadning nisfi sizniki boʻladi kabi (OʻTIL, I, 504).

NIFOQ Bu arabcha soʻz nifāq(un) shakliga ega (ARS, 821); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nifāq → nifâq (nifoq); asli nafaqa feʼlining “ikki yuzlamalik qildi” maʼnosidan (ARS, 871) yasalgan ot boʻlib, arab tilida “ikki yuzlamalik” maʼnosini, oʻzbek tilida esa “kelishmovchilik”, “janjal” maʼnolarini anglatadi (O‘TIL, I, 504).

NISHON Bu arabcha soʻz nişān(un) shakliga ega (ARS, 804); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nişān → nishân (nishon); “moʻljalga oldi”, “belgi (alomat) qoʻydi” maʼnolarini anglatuvchi naşşana feʼlidan (ARS, 804) yasalgan ot boʻlib, “oʻq otish uchun moʻljallangan narsa”, “belgi (alomat)” maʼnolarini, shu bilan birga “orden”, “medal” kabi maʼnolarni ham anglatadi (ARS, 804; O‘TIL, I, 504). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi.

NISHONA Bu arabcha soʻz asli nişānat(un) shakliga ega boʻlib, nişān (nishon) soʻzidan (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib; oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini á unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nişānat → nishâna (nishona); asli “oʻsimlikning birinchi koʻrsatgan mevasi” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 504).

NISHONDOR Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha nishon soʻziga (q.) “ega boʻl-” maʼnosini anglatuvchi tojikcha doshtan feʼlining dor hozirgi zamon asosini (TjRS, 137, 136) qoʻshib tuzilgan boʻlib, “ordenga, medalga ega” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 504).

NIQOB Bu arabcha soʻz niqāb(un) shakliga ega (ARS, 822); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: niqāb → niqâb (niqob); asli ko‘p maʼnoli naqaba feʼlining “teshik hosil qildi” maʼnosi asosida (ARS, 822) yasalgan ot boʻlib, “yuzga tutiladigan parda” maʼnosini anglatadi (ARS, 822; OʻTIL,1, 504).

NIG‘MAT q. neʼmat.

NIHOYA Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha nihoyat soʻzi (q.) oxiridagi t tovushini tashlab hosil qilingan boʻlib, “chek-chegara”, “oxir”, “poyon” maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, 1. 505).

NIHOYAT Bu arabcha soʻz nihāyat(un) shakliga ega (ARS, 835); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nihāyat → nihâyat (nihoyat); asli koʻp maʼnoli naһā feʼlining “tugatdi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “oxir”, “chek-chegara”, “tugash nuqtasi” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 505).

NIHOYATDA Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha nihoyat soʻzining (q.) oʻrin kelishigi shakli boʻlib, maʼno tarakkiyoti natijasida “gʻoyat”, “juda-juda” kabi kuchaytirish maʼnosini ifodalaydigan soʻzga aylangan (OʻTIL, І, 505).

NIHOYATI Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha nihoyat soʻzining (q.) III shaxs egalik qoʻshimchasi qoʻshilgan shakli boʻlib, maʼno taraqqiyoti natijasida “atiga”, “bor-yo‘g‘i” kabi maʼnoni anglatuvchi miqdor ravishiga aylangan (O‘TIL, I, 505).

NODIR Bu arabcha soʻz nādir(un) shakliga ega (ARS, 791); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nādir → nâdir (nodir); nadara feʼlining “kam topiladi” maʼnosi bilan (ARS, 791) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “kam topiladigan” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 506). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining, nodira muannas shakli esa ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

NODIRA q. nodir.

NOZIM, NOZIMA q. nazm.

NOZIR Bu arabcha soʻz nāžir(un) shakliga ega (ARS, 811); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga, izg‘i undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: nāžir → nâzir (nozir); asli nažara feʼlining “kuzatdi” maʼnosi bilan (ARS, 810) hosil qilingan I bob anik nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), oʻzbek tiliga koʻp maʼnoli bu soʻz “nazorat qiluvchi”, “inspektor” maʼnosi bilan olingan (O‘TIL, I, 507); hozir-u nozir iborasi tarkibida ishlatiladi.

NOIB Bu arabcha soʻz nābьb(un) shakliga ega (ARS, 836); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga, kasrali hamzani i unlisiga almashtirib qabul qilingan: nāьib → nâib (noib); “oʻrnini bosdi” maʼnosini anglatuvchi nāba feʼlidan (ARS, 836) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), “oʻrinbosar” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 507).

NOIL Bu arabcha soʻz nāьil(un) shakliga ega (ARS, 842); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga, kasrali hamzani i unlisiga almashtirib qabul qilingan: nāьil → nâil (noil); koʻp maʼnoli nāla feʼlining “ega boʻldi”, “yetishdi” maʼnosi bilan (ARS, 841) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), “ega boʻluvchi”, “yetishuvchi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 507). Bu soʻzning noila muannas shakli ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi. Nail soʻzi bilan oʻzbek tilida “noil boʻl-” qoʻshma feʼli tuzilgan.

NOILA q. noil.

NOILOJ q. iloj.

NOMAYI AʼMOL Bu izofa birikmasi tojikcha noma (xat) va arabcha aʼmol soʻzlaridan tuzilgan bo‘lib, “kishining ish-harakati qayd etilgan matn” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 508). Aʼmol soʻzi ьaьmāl(un) shakliga ega boʻlib (ARS, 541) oʻzbek tiliga fathali hamzani a tovushiga, cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib, ayn oʻrniga ʼ (ayirish) belgisini qoʻyib qabul qilingan: ьaьmāl → aʼmâl (aʼmol). Bu soʻz asli amila feʼlidan hosil qilingan I bob masdari amal(un) soʻzining (UAY, 568) koʻplik shakli boʻlib (ARS, 541), “turli ishlar”, “faoliyat” maʼnosini bildiradi. Bu soʻz oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi, yuqoridagi izofa birikmasi tarkibida qatnashadi.

NOMUS Bu arabcha ot nāmūs(un) 1 shakliga ega (ARS, 778); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga, cho‘ziq ū unlisini u unlisiga almashtirib qabul qilingan: nāmūs → nâmus (nomus); arab tilida “qonun”, “vijdon”, “oriyat” maʼnolarini anglatadi (ATS, 778); oʻzbek tiliga keyingi maʼnosi bilan qabul qilingan (O‘TIL, I, 509). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida nomusli, nomussiz sifatlari, or-nomus juft soʻzi tuzilgan.

NOSIR І Bu arabcha soʻz nāšir(un) shakliga ega (ARS, 784); Oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga, se undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: nāšir → nâsir (nosir); našara feʼlining “prozada ijod qildi” maʼnosi bilan (ARS, 784) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), “proza janrida ijod qiladigan yozuvchi” maʼnosini anglatadi (Bu soʻz OʻTILga kiritilmagan).

NOSIR II Oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladigan bu arabcha soʻz asli nāŝir(un) shakliga ega (ARS, 807); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga, sad undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: nāŝir → nâsir (nosir); naŝara feʼlining “koʻmak berdi” maʼnosi bilan (ARS, 806) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), asli “koʻmak beruvchi” maʼnosini anglatadi (OʻKAAQL, 243).

NOTAYIN q. tayin.

NOTIQ Bu arabcha soʻz nāŧiq(un) shakliga ega (ARS, 810); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga, itqi undoshini t undoshiga almashtirib qabul qilingan: nāŧiq → nâtiq (notiq); “gapirdi”, “bayon qildi” maʼnosini anglatuvchi nataqa feʼlining I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), asli “nutq soʻzlovchi” maʼnosini anglatadi; keyinchalik “nutq soʻzlashga chechan” maʼnosi yuzaga kelgan (O‘TIL, I, 512). Bu soʻzdan oʻzbek tilida notiqlik mavhum oti yasalgan.

NOSHIR Bu arabcha soʻz nāşir(un) shakliga ega (ARS, 803); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nāşir → nâshir (noshir); naşara feʼlining “chop etdi” maʼnosi bilan (ARS, 802) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), “nashr qiluvchi” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 512).

NOG‘ORA Bu arabcha soʻz naqqārat(un) shakliga ega (ARS, 823); oʻzbek tiliga birinchi boʻgʻindagi a unlisini va ikkinchi boʻgʻindagi choʻziqā unlisini â unlilariga, q, q undoshlarini g‘ undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: naqqārat → nâg‘âra (nog‘ora); OʻKAAQLda (237) naqqora shaklida, TjRSda esa (261) naqora shaklida yozilgan. Bu soʻz asli naqqar otidan (UAY, 498) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan boʻlib (UAY, 500), “tuvaksimon sopolga teri sirib yasalgan va ikkita choʻp bilan urib chalinadigan bir juft musiqa asbobi” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 513).

NUJUM Oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan bu arabcha soʻz nuçūm(un) shakliga ega (ARS, 768); oʻzbek tiliga cho‘ziq ū unlisini u unlisiga almashtirib qabul qilingan: nuçūm → nujum; koʻp maʼnoli naçama feʼlidan “yulduz paydo boʻldi” maʼnosi bilan (ARS, 786) hosil qilingan I bob masdarining (ATG, 142) koʻplik shakli boʻlib (ATG, 40), “yulduzlar” maʼnosini anglatadi. Bu soʻz tarixan ilmi nujum (astronomiya) izofa birikmasi tarkibida ishlatilgan (OʻTIL, I, 513).

NUR Bu arabcha soʻz nūr(un) shakliga ega (ARS, 838); oʻzbek tiliga cho‘ziq ū unlisini u unlisiga almashtirib qabul qilingan: nūr → nur; “yogʻdu taratdi” maʼnosini anglatuvchi nāra feʼlining (ARS, 837) I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “yogʻdu”, “ziyo” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 513). Oʻzbek tilida bu soʻzdan nurlan- feʼli , nurli, nursiz sifatlari, oxirgi sifatdan nursizlan- feʼli yasalgan; tojik tilidan bu soʻz qatnashadigan nuri dida izofa birikmasi nuri diyda shaklida olingan; “yana ham yaxshi” maʼnosini anglatuvchi nur alo nur (nur ustiga nur) birikmasi ham ishlatiladi. Bulardan tashqari, oʻzbek tilida Anvar soʻzi ham mavjud; bu soʻz arabcha nār(un) soʻzining ьanvār(un) koʻplik shakli boʻlib (ARS, 838), fathali hamzani a tovushiga, cho‘ziq ā unlisini a unlisiga almashtirib qabul qilingan: ьanvār(un) → anvar; oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatidagina ishlatiladi.

NURAFSHON Bu soʻz tojik tilida arabcha nur soʻzi (q.) va tojikcha “soch-”, “tarat-” maʼnosini anglatuvchi afshondan feʼlining afshon hozirgi zamon asosidan (TjRS, 35) tuzilgan boʻlib, “nur sochuvchi”, “porlovchi” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 513).

NURI Oʻzbek tilida ayol kishining atoqli oti sifatidagina ishlatiladigan bu soʻz asli arabcha nur (q.) soʻzidan -iyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), oʻzbek tiliga bu qoʻshimchaning і qismini saqlab, qolgan qismini tashlab qabul qilingan: nuriyy(un) → nuri. Bu soʻz asli “nur bilan bogliq” maʼnosini anglatadi (ARS, 838; PRS, 573).

NURONIY Bu arabcha soʻz nurāniyy(un) shakliga ega (ARS, 838); oʻzbek tiliga cho‘ziq ā unlisini â unisiga almashtirib, soʻz oxiridagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: nurāniyy → nurâniy (nuroniy). Bu soʻz asli nūr (nur) soʻzidan (q.) -äniyy(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 49), arab tilida “nur taratuvchi” maʼnosini (ARS, 838), oʻzbek tilida esa keksa kishiga nisbatan ishlatilib, “yuzidan nur yog‘ilib turuvchi”, “fayzli” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 513).

NUSRAT Bu arabcha soʻz nuŝrat(un) shakliga ega (ARS, 807); oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: nuŝrat → nusrat; koʻp maʼnoli naŝara feʼlining “yordam berdi”, “himoya qildi” maʼnosi bilan (ARS, 806) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “yordam”, “talab” maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, I, 514). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

NUSXA Bu arabcha soʻz nusxat(un) shakliga ega (ARS, 799); oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nusxat → nusxa; koʻp maʼnoli nasaxa feʼlining “koʻchirma oldi” maʼnosi bilan (ARS, 799) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “biror asardan olingan koʻchirma” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 514).

NUTQ Bu arabcha soʻz nuŧq(un) shakliga ega (ARS, 810); oʻzbek tiliga itqi undoshini t undoshiga almashtirib qabul qilingan: nuŧq → nutq; “gapirdi”, “bayon qildi” maʼnosini anglatuvchi naŧaqa feʼlining I bob maslari boʻlib (UAY, 568), “til boyligidan amaliy foydalanish jarayoni” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 514).

NUFUZ Bu arabcha soʻz nufūż(un) shakliga ega (ARS, 818); oʻzbek tiliga cho‘ziq ū unlisini u unlisiga, zal undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: nufūż → nufuz; koʻp maʼnoli nafaża feʼlining “taʼsir oʻtkazdi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “taʼsir”, “obroʻ-eʼtibor” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 514). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nufuzli sifati yasalgan.

NUFUS Bu arabcha soʻz nufūs(un) shakliga ega (ARS, 820); oʻzbek tiliga cho‘ziq ū unlisini u unlisiga almashtirib qabul qilingan: nufūs → nufus; nafisa feʼlining “tugʻdi” maʼnosi asosida (ARS, 818) hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “aholi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 514).

NUʼMON q. neʼmat.

NUQL q. nuqul.

NUQS Bu arabcha soʻz nuqŝ(un) shakliga ega (ARS, 825); oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga almashtirib qabul qilingan: nuqŝ → nuqs; naqaŝa feʼlining “kamchilikka ega boʻldi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (UAY, 568), “kamchilik” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 514).

NUQSON Bu arabcha soʻz nuqŝān(un) shakliga ega (ARS, 825); oʻzbek tiliga sad undoshini s undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: nuqŝān → nuqson; naqaŝa feʼlining “kamchilikka ega boʻldi” maʼnosi bilan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “kamchilik” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 514). Bu soʻzdan oʻzbek tilida nuqsonli sifati yasalgan.

NUQTA Bu arabcha soʻz nuqŧat(un) shakliga ega (ARS, 825); oʻzbek tiliga itqi undoshini t undoshiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: nuqŧat → nuqta; koʻp maʼnoli naqaŧa feʼlidan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ATG, 143), “oʻrin”, “punkt”, “odatda darak gap oxiriga qoʻyiladigan tinish belgisi” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 514). Bu soʻz bilan oʻzbek tilida nuqtayi nazar izofa birikmasi, nuqtali vergul birikmalari tuzilgan.

NUQTAYI NAZAR q. nazar.

NUQTALI VERGUL q. nuqta.

NUQUL Bu arabcha soʻz asli nuql(un) shakliga ega boʻlib, tojik tiliga oʻzicha olingan (TjRS, 278: nuql (II); oʻzbek tiliga q, l undoshlari oraligʻiga u unlisini qoʻshib qabul qilingan: nuql → nuqul; koʻp maʼnoli naqala feʼlining “bir joydan boshqa joyga oʻtkazdi” maʼnosi asosida (ARS, 826) yasalgan asliy sifat (ravish) boʻlib (ATG, 43), “bus-butun”, “turgan-bitgani” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 514).


O

OBID Bu arabcha soʻz ъābid(un) shakliga ega (ARS, 494); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъābid → âbid (obid); ъabada feʼlining “sigʻindi” maʼnosi bilan (ARS, 494) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), arab tilida “sigʻinuvchi” maʼnosini anglatadi (ARS, 494); oʻzbek tilida bu soʻz erkak kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.



OBIDA Bu arabcha soʻz asli ъābidat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: ъābidat → âbida (obida); obid soʻzidan (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), “oʻtmishdan qolgan yodgorlik” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 516).

ODAM Bu arabcha soʻz ьadamu shaklida yozilib, “birinchi paydo boʻlgan kishi” (Odam ota) maʼnosini (APC, 29), ьadam shaklida yozilsa, “kishi”, “inson” maʼnosini (PRS, 12) anglatadi; oʻzbek tiliga soʻz boshlanishidagi fathali hamza tovushini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: ьadam → âdam (odam) (OʻTIL, I, 520).

ODAMGARCHILIK Bu soʻz tojik tilida odam soʻzidan (q.) -gar qoʻshimchasi bilan (TjRS, 542) yasalgan otga oʻzbek tilida -chilik qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan mavhum ot bo‘lib, “insoniylik”, “kishilarga yaxshi munosabatda boʻlish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 520).

ODAMZOD Bu soʻz tojik tilida arabcha odam soʻziga (q.) “nasl” maʼnosini anglatuvchi zod soʻzini qoʻshib tuzilgan boʻlib (TjRS, 156), “odam bolasi”, “inson” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 520).

ODAMOVI Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha odam soʻziga (q.) ovi soʻzini birlashtirib tuzilgan; ovi soʻzi asli qadimgi turkiy “tinchi-” maʼnosini anglatuvchi ab- feʼli ning av- shaklidan (ESTYA, І, 66) -i qoʻshimchasi bilan (Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tili lugʻatining turkiy qatlami, 207) yasalgan sifat boʻlib, “oʻz tinchini koʻzlab odamlarga aralashmay yashaydigan” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 520).

ODAMOXUN Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha odam soʻziga (q.) bilimli maʼnosini anglatuvchi tojikcha “oxund” soʻzini (TjRS, 291) qoʻshib tuzilgan, keyinchalik soʻz oxiridagi d undoshi talaffuz qilinmay qoʻyilgan; “odamlarga aralashib, ularning sevinchlariga ham, xafachiliklariga ham sherik boʻlib yashaydigan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 520).

ODAMSHAVANDA Bu soʻz tojik tilida odam soʻziga (q.) tojikcha shavanda soʻzini qoʻshib tuzilgan; shavanda soʻzi “boʻl-” maʼnosini anglatuvchi shudan feʼlining shav hozirgi zamon asosidan -anda qoʻshimchasi bilan hosil qilingan hozirgi zamon sifatdoshi boʻlib (TjRS, 462, 440, 561), “hurmat bilan muomalada boʻladigan” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 521).

ODAT Bu arabcha soʻz ъaudat(un) shakliga ega (ARS, 548); oʻzbek tiliga au diftongili ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъaudat → âdat (odat). Bu soʻz asli ъāda feʼlining “doimiy koʻnikmaga aylandi” maʼnosidan hosil qilingan I bob masdari boʻlib (ARS, 547), “doimo amal qilinadigan koʻnikma”, “udum” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 521). Bu soʻzning odatda, odatdagi, odatdagidek, odatdagicha shakllari ravish maʼnosini anglatuvchi soʻzlar sifatida ishlatiladi: bu soʻzdan -lan qoʻshimchasi bilan odatlan- feʼli yasalgan, urf-odat juft soʻzi (q.) tuzilgan.

ODDIY Bu arabcha soʻz asli ъādiyy(un) shakliga ega (ARS, 548); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib, d undoshini qatlab, soʻz oxiridagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: ъādiyy → ъddiy (oddiy); bu soʻz asli ъāda feʼlidan “har vaqtdagidek boʻldi” maʼnosi asosida (ARS, 547) yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “odatdagi”, “biror jihati bilan ajralib turmaydigan” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 521).

ODIL Bu arabcha soʻz ъādil(un) shakliga ega (ARS, 502); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: ъādil → âdil (odil). Bu soʻz “toʻppa-toʻgʻri shaklga ega boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ъadala feʼlining I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), “adolat bilan ish qiluvchi” maʼnosini anglatadi: odil hakam kabi. Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi (O‘TIL, I, 521).

ODILONA Bu soʻz tojik tilida arabcha odil soʻzidan (q.) -ona qoʻshimchasi bilan yasalgan ravish boʻlib (TjRS, 542, 284), “odillik bilan”, “adolatli ravishda” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 521).

ODOB Bu arabcha soʻz asli “xushmuomala”, “tarbiyali boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ьaduba feʼlidan hosil qilingan ьadab(un) masdarining (q.) koʻplik shakli boʻlib, ādāb(un) shakliga ega (ARS, 28); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlilarini â unlilariga almashtirib qabul qilingan: ādāb → âdâb (odob). Asli “adablar” maʼnosini anglatuvchi bu soʻz (OʻTIL, I, 532) “tarbiyalilik”, “xushmuomilalilik”, “xushxulqlilik” kabi maʼnolarni anglatuvchi mavhum ot sifatida ishlatiladi. Oʻzbek tilida bu soʻzdan odobli sifati yasalgan.

ODOBLI q. odob.

OJIZ Bu arabcha soʻz ъaçiz(un) shakliga ega (ARS, 499); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: ъaҫіz → âjiz (ojiz). Bu soʻz asli “jismonan kuchsiz, zaif boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ъçaza feʼlidan (ARS, 498) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “zaif”, “madorsiz”, “kuchsiz” kabi maʼnoni anglatadi: ojiz banda, bir soʻz deyishga ojizman kabi. Arab tilidan bu soʻzning “ko‘r” maʼnosi ham oʻzlashtirilgan (ARS, 499; OʻTIL, І, 523): koʻzi ojiz kishi kabi. Bu soʻzdan oʻzbek tilida -lik qoʻshimchasi bilan ojizlik oti yasalgan va bu otga qil- yordamchi feʼlini qoʻshib ojizlik qil- feʼli tuzilgan.

OJIZA Bu soʻz arabcha ojiz soʻzining (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan muannas shakli boʻlib (ATG, 29), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan; “ayol”, “qiz farzand” maʼnolarini anglatadi: ojizangizga ayting; ojizamizga sovchi kelibdi kabi (O‘TIL, I, 523).

OJIZONA Bu soʻz tojik tilidan olingan; asli arabcha ojiz sifatidan tojikcha -ona qoʻshimchasi bilan yasalgan ravish boʻlib (TjRS, 294, 542), “ojizlarcha” kabi maʼnoni anglatadi: ojizona gapir-, ojizona iltimos qil- kabi (O‘TIL, I, 524).

OID Bu arabcha soʻz ъāьid(un) shakliga ega (ARS, 548); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga, kasrali hamzani i tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъāьid → âid (oid); ъāda feʼlining “qaytardi” maʼnosi asosida yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “tegishli” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 526).

OILA Bu arabcha soʻz ъāьilat(un) shakliga ega (ARS, 553); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga, kasrali hamzani i tovushiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: ъāьilat → âila (oila); “qaramogʻidagi kishilarni boqdi” maʼnosini anglatuvchi ъāla feʼlining ъāьil(un) I bob aniq nisbat sifatdoshidan (ATG, 147) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), “ota-ona, farzandlar birgalikda yashovchi ijtimoiy guruh” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 526).

OILAVIY Bu arabcha soʻz oila(t) soʻzidan (q.) -viy qoʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “oilaga tegishli” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 526).

OILALI Bu soʻz oʻzbek tilida oila soʻzidan -li qoʻshimchasi bilan yasalgan sifat boʻlib, “oila qurgan”, “bola-chaqali” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 526).

OILACHILIK Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha oila so‘zidan -chilik qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot bo‘lib, “yaqin qarindosh-urugʻlari manfaatidan kelib chikib ish yuritish” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 526).

OYAT Bu arabcha soʻz āyat(un) shakliga ega (ARS, 51); oʻzbek tiliga choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: āyat → âyat (oyat); asli ъavā feʼlining “panoh topdi” maʼnosi asosida (ARS, 51) yasalgan ot boʻlib, arab tilida “belgi”, “moʻjiza”, “qurʼondagi har bir kalima” maʼnolarini anglatadi (ARS, 51); oʻzbek tiliga oxirgi maʼnosi bilan qabul qilingan (O‘TIL, I, 557).

OLAM Bu arabcha soʻz ъālam(un) shakliga ega (ARS, 534); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъālam → âlam (olam); oʻzbek tilida “butun borliq”, “barcha insonlar, hayvonlar, oʻsimliklar dunyosi”, “yorugʻ va qorongʻi dunyo” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 529). Bu soʻz olam-olam takrori tarzida “haddan tashqari koʻp” maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi. Xuddi shunday maʼno olamjaxon juft soʻzi bilan ham anglatiladi (O‘TIL, I, 529); jahon soʻzi olam soʻzining tojikcha muqobili (TjRS, 514).

OLAM-JAHON q. olam.

OLAMPANOH Bu soʻz arabcha olam soʻziga (q.) tojikcha “himoya qil-” maʼnosini anglatuvchi panohidan feʼlining panoh hozirgi zamon asosini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 297). Bu soʻz “olamni oʻz himoyasiga oluvchi” maʼnosini anglatib, hukmdorlarni ulugʻlab aytiladigan soʻz sifatida ishlatilgan (OʻTIL, I, 530).

OLAMSHUMUL Bu soʻz tojik tilidan olingan boʻlib, arabcha olam soʻziga tojikcha “ahamiyatga molik” maʼnosini bildiruvchi shumul qismini qoʻshib tuzilgan (TjRS, 285); “juda katta ahamiyatga ega” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 530). Xuddi shunday maʼno jahonshumul soʻzi bilan ham anglatiladi (O‘TIL, I, 276). Bu soʻz tarkibidagi jahon soʻzi tojikcha boʻlib, “olam” maʼnosini anglatadi (TRS, 514).

OLIJANOB q. oliyjanob.

OLIY Bu arabcha soʻz ъālin shakliga ega (ARS, 536); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga, і unlisini iy tovushlariga almashtirib, soʻz oxiridagi n qismini tashlab qabul qilingan: ъālin → âliy (oliy); koʻp maʼnoli ъalā feʼlining “yuqori boʻldi” maʼnosi bilan (ARS, 536) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “eng yuqori”, “eng nufuzli” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 632). Bu soʻzning oliya muannas shakli ayol kishining atokli oti sifatida ishlatiladi.

OLIYJANOB Bu soʻz asli arabcha oliy (q.) va janob (q.) soʻzlaridan tuzilgan boʻlib, oʻzbek tilida “yuksak darajada odobli, himmatli” kabi belgi maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi (O‘TIL, I, 532). Tojik tili lug‘atining taʼsirida bu soʻz oʻzbek tili lugʻatiga olijanob shaklida kiritilgan (TjRS, 286), vaholanki oliymaqom soʻzi kabi y harfi bilan yozilishi lozim.

OLIYMAQOM Bu soʻz arabcha oliy (q.) va maqom (q.) soʻzlaridan tuzilgan sifat boʻlib, “yuksak martabali”, “yuqori mavqega ega” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 532).

OLIM Bu arabcha soʻz ъālim(un) shakliga ega boʻlib (ARS, 534), oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъālim → âlim (olim). Bu soʻz asli “bildi”, “bilimli boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ъalima feʼlidan yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “fanning biror sohasi boʻyicha chuqur bilimga ega kishi”, “chuqur ilmiy tadqiqot olib borishga qodir kishi” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 532). Bu soʻz erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi. Olim soʻzidan oʻzbek tilida olimlarcha ravishi hosil qilingan.

OLIMA Bu arabcha soʻz olim soʻzining (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan muannas shakli boʻlib (ATG, 29), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: olimat → olima; “fanning biror sohasi boʻyicha chuqur bilimga ega ayol”, “chuqur ilmiy tadqiqot olib borishga qodir ayol” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 532). Olima soʻzi ayol kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi.

OLIMONA Bu soʻz tojik tilidan olingan boʻlib, arabcha olim soʻziga (q.) tojikcha -ona qoʻshimchasini (TjRS, 542) qoʻshib yasalgan; “olimlarga xos yoʻsinda” kabi maʼnoni anglatadi (O‘TIL, I, 532).

OLLO[H] Bu arabcha soʻz ьallāhu shakliga ega boʻlib (ARS, 41), oʻzbek tiliga fathali hamzani â tovushiga, cho‘ziq ā unlisini ham â unlisiga almashtirib, soʻz oxiridagi u qismini tashlab qabul qilingan boʻlib, h undoshi ham koʻpincha taraffuz qilinmaydi: ьallāhu → âllâ [h] (ollo[h]); “tangri”, “xudo” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 533).

OMBOR Bu arabcha soʻz asli ьanbār(un) shakliga ega (ARS, 780); oʻzbek tiliga fathali hamzani â tovushiga, n undoshini b undoshi taʼsirida m undoshiga, choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: ьanbār → âmbâr (ombor); asli koʻp maʼnoli nabara feʼlidan yasalgan ot boʻlib, “turli asbob-anjomlar saqlanadigan bino” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, І, 536). Bu soʻzdan oʻzbek tilida omborchi oti yasalgan.

OMI Bu arabcha soʻz ъāmmiyy(un) shakliga ega (ARS, 538); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib, shuningdek bir m tovushini va har ikki y tovushini tashlab qabul qilingan: ъammiyy → âmi (omi). Bu soʻz asli “koʻpchilikka taalluqli boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ъamma feʼlidan (ARS, 537) -iyy(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), oʻzbek tilida “savodsiz”, “hech narsani tushunmaydigan” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 536).

OMIL Bu arabcha soʻz ъāmil(un) shakliga ega (ARS, 541); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъāmil → âmil (omil). Bu soʻz asli “ishladi”, “faoliyat koʻrsatdi” maʼnosini anglatuvchi koʻp maʼnoli ъamila feʼlining I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), oʻzbek tiliga “nimaningdir voqe boʻlishiga sabab boʻlgan (boʻladigan) narsa”, “biror ishni amalga oshirishning eng maqbul yoʻli” kabi maʼnolarni anglatadi (O‘TIL, I, 536). Omil soʻzi oʻzbek tilida erkak kishining, bu soʻzning muannas shakli Omila soʻzi esa ayol kishining atoqli oti sifatida ishlatiladi.

OMILA q. omil.

OMILKOR Bu soʻz oʻzbek tilida arabcha omil soʻzidan (q.) tojikcha -kor qoʻshimchasi bilan (TjRS, 542) yasalgan boʻlib, “ustalik bilan ish koʻradigan” kabi maʼnoni anglatadi (O‘TIL, I, 536).

OMIN Bu arabcha soʻz am īn(un) shakliga ega (ARS, 45); oʻzbek tilida bu soʻz tarkibidagi ī unlisi choʻziq talaffuz qilinadi, lekin qisqa unlini ifodalovchi harf bilan yoziladi; a unlisi esa â unlisiga almashtirilgan: amīn → âmin (omin). Bu soʻz asli “xavf-xatarsiz boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ъamīna feʼlining (APC, 44) I bob shaklidan yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), arab tilida “xavf-xatardan xoli” maʼnosini anglatadi (ARS, 45). Bu soʻz duo oʻqishning yoki boshqa bir faoliyatning yakunida aytiladi.

OMINA q. amin.

OMMA Bu arabcha soʻz asli ъāmmat(un) shakliga ega (ARS, 538); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib, soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: ъāmmat → âmma (omma). Bu soʻz asli “barchaga umumiy boʻldi” maʼnosini anglatuvchi feʼlidan (ARS, 537) hosil qilingan masdar boʻlib, “odamlar”, “oddiy xalq” maʼnosini anglatadi: ommaga suyanib ish qilish kabi (O‘TIL, I, 536). Oʻzbek tilida omma soʻziga bop soʻzini qoʻshib, ommabop soʻzi yasalgan (Tojik tilida bu soʻz ommabob shakliga ega). Bundan tashqari, oʻzbek tilida bu soʻzdan ommalash- (ommalashtir-) feʼli ham yasalgan.

OMMAVIY Bu arabcha soʻz omma otidan (q.) -viy koʻshimchasi bilan yasalgan nisbiy sifat boʻlib (ATG, 48), “koʻpchilik ishtirokida amalga oshiriladigan” maʼnosini anglatadi: ommaviy sayl kabi (O‘TIL, I, 536). Oʻzbek tilida bu sifatdan ommaviylash- feʼli yasalgan.

OMON Bu arabcha soʻz ьamān(un) shakliga ega (ARS, 45); oʻzbek tilida fathali hamzani â tovushiga, choʻziq ā tovushini ham â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ьamān → âmân (omon). Tojik tilida bu soʻzning boshlanishidagi fathali hamza asliga yaqin a tovushiga almashtirilgan (TjRS, 25: amon); oʻzbek tilida ikkinchi bugindagi â unlisining taʼsiri bilan birinchi boʻgʻin unlisi ham â unlisiga almashgan, ana shunday tovush uyg‘unligini aks ettiruvchi talaffuz va yozish adabiy meʼyor deb qabul qilingan. Bu soʻz asli “xavf-xatarsiz boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ьamīna feʼlining I bob masdari boʻlib (ATG, 142); arab tilida “xavf-xatarsiz” maʼnosini, oʻzbek tilida esa shu maʼno asosida yuzaga kelgan “sog-salomat” maʼnosini anglatadi: Omonmisiz? kabi (OʻTIL, 1. 536). Omon soʻzi oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi.

OMONAT Bu arabcha soʻz ьamānat(un) shakliga ega (APC, 45); oʻzbek tiliga fathali hamzani, shuningdek cho‘ziq ā tovushini ham â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ьamānat → âmânat (omonat). Tojik tilida bu soʻzning boshlanishidagi fathali hamza asliga yaqin a tovushiga almashtirilgan (TjRS, 25); oʻzbek tilida bu tovush, omon soʻzida qilinganidek (q.), â tovushiga almashtirilgan. Omonat soʻzi asli “xavf-xatardan xoli boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ьamīna feʼlining I bob masdari boʻlib (UAY, 568), arab tilida “ishonchlilik” maʼnosini, shu maʼnodan oʻsib chiqqan “saqlash uchun ishonib topshirilgan narsa” maʼnosini va boshqa maʼnolarni anglatadi (ARS, 45). Oʻzbek tilida yuqoridagi ikkinchi (ot) maʼnosi bilan ishlatiladi; bundan tashqari, xuddi tojik tilida boʻlganidek, omonat soʻzi “vaqtincha”, “mustahkam boʻlmagan” kabi sifat maʼnolarini anglatishga ham xizmat qildirilgan (O‘TIL, I, 536). Omonat soʻzining “saqlash uchun ishonib topshirilgan” maʼnosi bilan omonat kassasi birikmasi tuzilgan, shu birikma asosida omonatchi oti yasalgan.

OMONATCHI q. omonat.

ON Bu soʻz OʻTILda arabcha deb belgilanib, “qisqa bir zamon”, “lahza”, “payt” maʼnosini anglatishi taʼkidlangan, bir on, shu onda kabi birikmalarda ishlatilishi koʻrsatilgan (I, 537: on II). ARSda (45) bunday soʻz yoʻq. PRSda (41) an II soʻzi keltirilib, koʻpligi ävan deb taʼkidlangan, “время”, “момент” deb tarjima qilingan; an soʻzidan yasalgan anān ravishi ham keltirilib, “внезапно”, “сразу”, “многовенно”; “временами” deb izohlangan; TjRSda (283) ovon soʻzi keltirilib, “сезон”, “время года”, “время” deb, onan-faonan soʻzi разг. belgisi bilan keltirilib (287), “часто” maʼnosini anglatishi aytilgan. Bulardan tashqari, PRSda (46) shu asosdan yoyi nisbat qoʻshimchasi bilan yasalgan ani (oniy) sifati ham keltirilib, “кратковременный”, “одновременный” maʼnolarini anglatishi taʼkidlangan. Koʻrinadiki, oʻzbek tiliga oʻzlashgan on soʻzi tojikcha soʻz.

ONIY q. on.

OR Bu arabcha soʻz ъār(un) shakliga ega (ARS, 552); oʻzbek tiliga fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъār → âr (or); asli ъāra feʼlining “tanbeh berdi”, “uyaltirdi” maʼnosi bilan (ARS, 552) hosil qilingan masdari boʻlib, “uyat”, “nomus” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 539). Oʻzbek tilida bu soʻz bilan or-nomus juft soʻzi, or qil- qoʻshma feʼli tuzilgan.

ORAZ Bu arabcha soʻz asli ъāriđ(un) shakliga ega (ARS, 508); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga, і unlisini a unlisiga, dzad undoshini z undoshiga almashtirib qabul qilingan: ъāriđ → âraz (oraz); koʻp maʼnoli ъarađa feʼlining “koʻrsatdi” maʼnosi asosida (ARS, 508) hosil qilingan I bob aniq nisbat sifatdoshi boʻlib (ATG, 147), arab tilida otlashib, “toʻsiq”, “bulut”, “yonoq” maʼnolarini anglatadi (ARS, 508); oʻzbek tilida bu soʻz ”chehra” maʼnosini anglatish uchun ishlatilgan (O‘TIL, I, 540).

ORIYAT Bu arabcha soʻz asli ъāriyyat(un) shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini a tovushiga almashtirib, tarkibidagi yy tovushlaridan birini tashlab qabul qilingan: ъāriyyat → âriyat (oriyat); or soʻzidan (q.) -iyyat(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan mavhum ot boʻlib (ATG, 370), “or-nomus” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 542), oʻzbek tilida bu soʻzdan oriyatli sifati yasalgan.

ORIF Bu arabcha soʻz ъārif(un) shakliga ega (ARS, 510); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъārif → ârif (orif). Bu soʻz asli “bildi”, “tanidi” maʼnosini anglatuvchi ъarafa feʼlidan hosil qilingan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), “bilimli”, “bilimdon” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 542). Bu soʻz oʻzbek tilida erkak kishining atoqli oti sifatidagina ishlatiladi.

OSOR Bu arabcha soʻz ьašar(un) soʻzining (asar so‘ziga q.) koʻplik shakli boʻlib (ARS, 24), oʻzbek tilida osori atiqa turgʻun birikmasi tarkibida “yodgorliklar” maʼnosi bilan qatnashadi (O‘TIL, I, 546).

OFAT Bu arabcha soʻz afat shakliga ega bo‘lib, “несчастье”, “бедствие” maʼnosini anglatadi (Боровков A. K. Лексика среднеазиатского тефсира XІІ-XІІІ вв. – M, 1963; O‘TIL, I, 550); oʻzbek tiliga soʻz boshlanishidagi a unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: afat → âfat (ofat).

OFATIJON Bu soʻz asli arabcha ofat (q.) va tojikcha jon soʻzlaridan tuzilgan ofati jon izofa birikmasiga teng (TjRS, 291); asli “jonning ofati” maʼnosini anglatgan; keyinchalik bu birikma, xuddi ofat soʻzi kabi “baxtsizlik”, “falokatʻ, “kulfat” maʼnosini anglata boshlagan (TjRS, 291); oʻzbek tilida bu birikma bir soʻzga yaxlitlanib, “oʻziga maftun etib, oshiqi beqaror qiluvchi” kabi sifat maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 550).

OXIR Bu arabcha soʻz ьaxir(un) shakliga ega (ARS, 27); oʻzbek tiliga fathali hamzani â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ьaxir → âxir (oxir). Bu soʻz “orqaga surdi”, “keyinga qoldirdi” maʼnosini anglatuvchi ьaxxara feʼlidan (ARS, 27) hosil qilingan masdar boʻlib (UAY, 568), “(nimaningdir) eng keyingi, tugash qismi, poyoni” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 551). Oxir soʻzidan oʻzbek tilida oxirgi sifati, oxirla- feʼli yasalgan, arabcha zamon soʻzi bilan (q.) oxirzamon qoʻshma soʻzi tuzilgan; oxir soʻzi -i egalik qoʻshimchasini olgan oxiri shaklida ravishga aylangan.

OXIRAT Bu arabcha soʻz oxir soʻzidan (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), arab tilida “poyon”, “eng keyingi tugash qismi” maʼnosini anglatadi; al oxiratu tarzida aniqlik artikli bilan ishlatilsa, “narigi dunyo” maʼnosini anglatadi (ARS, 27); oʻzbek tilida esa bu soʻz oxirat shaklidayoq “narigi dunyo” maʼnosini anglatishga xizmat qiladi (OʻTIL 1, 551).

OSHIQ Bu arabcha soʻz ъāşiq(un) shakliga ega (ARS, 517); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъāşiq → âshiq (oshiq). Bu soʻz ъaşiqa feʼlining (ARS, 517) “sevdi” maʼnosi bilan yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43), oʻzbek tilida “kuchli ehtiros bilan sevib qolgan”, “xushtor” maʼnolarini anglatadi (OʻTIL, I, 555).

OSHIQ-MAʼSHUQ Bu soʻz arabcha oshiq va maʼshuq soʻzlaridan (q.) tuzilgan boʻlib, “bir-birini kuchli darajada sevib qolgan erkak kishi bilan ayol kishi” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 555). Bu soʻz tojik tilida oshiqu maʼshuq shaklida ishlatiladi (TjRS, 291).

OSHIQ-MOSHIQ Bu juft soʻz arab tilida ъaşiq va maşūq shakliga ega; asli “tiqin (turum) va yoriq (teshik)” maʼnosini anglatadi (ARS, 517). Bu juft soʻz tarkibidagi soʻzlar ъaşīqa feʼlining “bir-biriga zich bog‘landi” maʼnosi bilan hosil qilingan boʻlib, oʻzbek tiliga maъşuq soʻzi tarkibidagi a unlisini â unlisiga almashtirib, aynni tashlab, cho‘ziq ū unlisini i unlisiga almashtirib, soʻngra va bogʻlovchisini tashlab, ikki soʻzni juft soʻzga aylantirib qabul qilingan: oshiq-maʼshuq → oshiq-moshiq; “eshik, deraza kabilarga oʻrnatilib, ularning ochilib-yopilishini taʼminlovchi metall buyum” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 555). Bu juft soʻz tojik tilida asliga yaqin oshiq-maʼshuq shaklida ishlatiladi (TjRS, 291).

OSHIQONA Bu soʻz tojik tilida arabcha oshiq soʻzidan (q.) -ona qoʻshimchasi bilan yasalgan (TjRS, 291) ravish boʻlib, “oshiqlar kabi”, “oshiklarga xos” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 555).

OQIBAT Bu arabcha soʻz ъāqibat(un) shakliga ega (APC, 526); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini â tovushiga almashtirib qabul qilingan: ъāqibat → âqibat (oqibat); koʻp maʼnoli ъaqaba feʼlining “ketidan keldi” maʼnosi bilan (ARS, 526) hosil qilingan ъāqib(un) shaklidan -at(un) qoʻshimchasi bilan yasalgan ot boʻlib (UAY, 500), “oxirida yuzaga keladigan natija” maʼnosini anglatadi (O‘TIL, I, 558).

OQIL Bu arabcha soʻz ъāqil(un) shakliga ega (ARS, 529); oʻzbek tiliga choʻziq fathali ayn tovushini a unlisiga almashtirib qabul qilingan: ъāqil → âqil (oqil). Bu soʻz asli arab tilidagi “yuksak darajada fikr yuritish qobiliyatiga ega boʻldi” maʼnosini anglatuvchi ъaqala feʼlidan yasalgan asliy sifat boʻlib (ATG, 43); “yuksak darajada fikr yuritish qobiliyatiga ega”, “aqli butun”, “oʻtkir aql sohibi” kabi maʼnolarni anglatadi: oqil inson kabi (O‘TIL, I, 558). Bu soʻz kishidan narsaga koʻchirib ishlatilishi natijasida akl bilan aytilgan yoki bajarilgan maʼnosini anglata boshlagan: oqil tadbir kabi. Oqil soʻzi erkak kishining atoqli oti sifatida ham ishlatiladi.

OQILA Bu soʻz asli arabcha oqil soʻzining (q.) -at(un) qoʻshimchasi bilan hosil qilingan muannas shakli boʻlib (ATG, 29), oʻzbek tiliga soʻz oxiridagi t tovushini tashlab qabul qilingan: ъāqilat → âqila (oqila); bu soʻz oqila ayol kabi birikmalar tarkibida ishlatiladi; ayol kishining atoqli oti sifatida ham qoʻllaniladi (OʻTIL, I, 558).

OQILONA Bu soʻz arabcha oqil soʻzidan (q.) tojikcha -ona qoʻshimchasi bilan (TjRS, 542) yasalgan ravish boʻlib, “aql bilan bildirilgan”, “aql bilan amalga oshirilgan” kabi maʼnoni anglatadi: oqilona maslahat kabi (OʻTIL, І, 558).

P

PAYMON q. axd-paymon.



PATIR Bu soʻz asli arabcha boʻlib, fatīr(un) shakliga ega (ARS, 502); oʻzbek tiliga soʻzlashuv tilidagi talaffuzi asosida f undoshini p undoshiga, shuningdek choʻziq ī unlisini i unlisiga almashtirib qabul qilingan (Tojik tiliga asliga yaqin fatir shaklida olingan: TjRS, 409); bu soʻz asli “nonushta qildi” maʼnosini anglatuvchi fatara feʼlidan (ARS, 601) yasalgan asliy sifat boʻlib (ATT, 43), “oshirilmagan xamirdan tayyorlangan non” maʼnosini anglatadi (ARS, 601; OʻTIL, 1, 578).

PUTUR q. futur.



POʻLAT Bu arabcha ot asli būlād(un) shakliga ega (ARS, 93); oʻzbek tiliga b undoshini p undoshiga, choʻziq ū unlisini oʻ unlisiga, choʻziq ā unlisini â unlisiga, d undoshini t undoshiga almashtirib qabul qilingan: būlād → poʻlat (Tojik tiliga bu soʻz b undoshini f undoshiga, choʻziq ū unlisini o‘ unlisiga, choʻziq ā unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: būlād → fo‘lod (TjRS, 415); “temirning uglerod bilan qoʻshilmasidan hosil boʻladigan kulrang qattiq metall” maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 1, 608).
Download 24.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling