Navo maqomi tarkibidagi asarlarning ijro talqini


Download 174.52 Kb.
bet1/4
Sana07.09.2023
Hajmi174.52 Kb.
#1673931
  1   2   3   4
Bog'liq
NAVO MAQOMI TARKIBIDAGI ASARLARNING IJRO TALQINI



NAVO MAQOMI TARKIBIDAGI ASARLARNING IJRO TALQINI


Reja
Kirish…………………………………………………………………………
I bob O’n ikki maqom va Shashmaqom aloqalari……………………….
1.1 O’n Ikki maqom yaratilish tarixi………………………………………..
1.2 O’ n ikki maqom va uning sho’balari…………………………………..
II. bob Bayot maqom yo’li va tarixi……………………………………….
2.1 Navo maqomi ashula bo’limi ……………………………………………….
2.2 Navo maqomi cholg’u bo’limi ……………………………………..
Xulosa ……………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….
Ilova………………………………………………………………………….


Kirish
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, musiqa olamida yanada muhim o’zgarishlar ro’y berdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida madaniyat sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqiyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur o`rganish asosida madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini samarali yo`lga qo`yish, ularning tarmog`ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
Xususan mumtoz musiqa san’atimizga bo’lgan e’tibor natijasi sifatida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 17 noyabr kunidagi PQ-3391-sonli “O’zbek milliy maqom san’atini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori va bugungi kunda ustoz shogird an’analari orqali ajdodlardan o’tib kelayotgan ma’naviy merosizmiz bo’lmish maqom san’atini keng targ’ib qilish, atroflicha o’rganish uchun qulay fursatni taqdim etdi1. Shuningdek 2020 yil 2-sentyabrdagi Vazirlar mahkamasining 536-sonli qarori bilan, Yunus Rajabiy nomidagi “O’zbek Milliy musiqa san’ati inistitu” 2ni tashkil etilishi orqali Maqomshunos olimlar va yosh kadr va kelajak maqomshunoslar oldidga mumtoz musiqa madaniyatimiz namunalari atroflicha o’rganish va bu sohani yanada rivojlantirish masalalari kabi katta vazifani belgilab berdi. Shuni ta’kidlash joizki Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning, maqom san’atiga qarata “Agar biz asl, haqiqiy san’atni bilmoqchi, o’rganmoqchi bo’lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini o’rganishimiz, o’rganishimiz kerak. Agar biz san’atni, madaniyatni ko’tarmoqchi avvalo mumtoz maqom san’atini ko’tarishimiz kerak” degan so’zlari bilan maqom san’atining rivoji bugungi kunda dolzarb masala ekanini anglash mumkun.
O’zbek musiqashunoslik yo’nalishlaridan biri bo’lmish o’zbek musiqa san’ati va maqomshunoslik ilmiga bag’ishlab bugungi kunga qadar ko’plab ilmiy ishlar yozib kelinmoqda. So’ngi yillarda San’atshunoslik fanlari nomzodi prefessor R.Yunusovning “Sharq xalqlari maqomlari”, falsafa fanlari doktori, musiqashunos Ch.Ergashevaning “O’zbek mumtoz musiqa nazira an’analari” ilmiy monografiyalari, Yunus Rajabiyning 125 yilligiga bag’ishlangan “Akademik Yunus Rajabiy merosi va zamonaviylik” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi “Yilnoma” to’plami, 2022 yil 15- dekabr kuni
O’zbek milliy musiqa san’ati istitutida “Sharq musiqa” kafedrasining 50 yilligiga bag’ishlab “Mumtoz musiqaning sharqona an’analari: ilm-fan va ta’lim” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalari bo’lib o’tdi.
O’z ishimizda Bayot maqom yo’llari tarixi tuzilishi ashulayo’llarining tahlilini oldik va tukumiylik jihatidan shakllanish tarixi o’ziga xos xususiyati lad jixatlarini ko’rib chiqdik.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Musiqashunoslik sohasida, musiqa san’atining barcha yo`nalishlaridagi dolzarb muammo va masalalar keng o`rganilib kelinmoqda. Shu qatorda Maqomot tizimida mavzuiylik , shakl va lad, hamda maqomlarning shakllanish jarayoniga oid masalarini ochib berish muxim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu asnoda, mazkur ishda Bayot maqomining yaratilish tarixi, tuzulishi, lad va ritmik jihatlari, rivojlov tamoyillari va ularning shakllanish jarayonidagi rolini tadbiq etish kabi jihatlar mavzu dolzarbligini belgilab beradi.
Bitiruv malakaviy ishning obekti va predmeti: Bitiruv malakaviy ishning obekti maqom yo’llarida Bayotlar. Predmeti Bayot maqom yo’lining shakli, ladi, ijro uslubi masalalarini ko’rib chiqish bilan bog’liq.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:Bayot maqom yo’lining tarixi, ritm jixatlari ladlari, ijrochilik ko’rib chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
- Shashmaqom turkumida Bayotlar tahlili
- Shashmaqom tukumidan o’rin Bayotlar tahlili va Bayot I-V turkumi bilan aloqaviy jihatlari
- Farg’ona – Toshkent maqom yo’llarida Bayot ijrochiligi masalalari
- Bayotlarning lad xususiyatari va avj masalalari
- Zamonamiz maqom xonandalarining Bayot I-V ijro yo’llarining notaga olish
Bitiruv malakviy ishning axamiyati: mazkur Bitiruv malakaviy ishda taqdim etilgan nazariy va tahliliy material quyida “O’zbek maqom tarixi va nazariyasi”, “O’zbek musiqa tarixi” fanlarida qo’llanishi mumkun. Shuningdek Shashmaqom tarkibida Bayot ashulasining tarixi, ijro masalalari, tuzulishi nazariy jihatlariga qiziquvchilar foydalanishi mumkun.
Bitiruv malakviy ishning mavzusi yuzasidan adabiyotlar sharxi: mazkur baitiruv malakaviy mavzusini yoritishda ko`plab maqom san’atiga bag’ishlangan adabiyotlaridan foydalanildi. Ulardan: Shashmaqom va O’n ikki maqom aloqalari mavzusini yortishda Is’hoq Rajabovning “Maqomlar” ilmiy monografiyasi va Chinora Ergashevaning “O’zbek mumtoz musiqasida nazira an’analari” monografiyasilardir. “Maqomlar” ilmiy monografiyasida Is’hoq Rajabov Shashmaqomning tuzlishi sho’ba shakli namud masalalarini batafsil yoritib bergan. Oqilxon Ibrohimov tomonidan yozilgan “Fergana Tashkentsiy makomi” monografiyasi orqali Farg’ona – Toshkent maqom yo’llarining kelib chiqish tarixi, tuzulishi, turkumlilik maslalari, shashmaqom aloqalari ritm xususiyatli keltirib o’tiladi. Shahnoza Oyxo’jayevaning “Maqom taronalari” monografiyasida maqom taronalarining shakli usulari vaznlari toliq yoritib berilgan xususan Farg’ona – Toshkent maqom yo’llaridan Bayot II va Shashmaqom Tarkibiga kirgan Nasri Bayot sho’balari tahlil etilgan. Ravshan Yunusovning “Sharq xalqlari maqomlari” kitobida Sharq xalqlari Ozarbayjon, Turk, Arab, Eron, Uyg’ur xalqlari maqom san’ati muhtasar Bayon etiladi.
Bitiruv malakaviy ishda foydalanilgan Tahlil metodlari. Mazkur ishda yetakchi maqomshunoslar, I.Rajabov, O.Ibrohimov, R.Yunusov, O.Matyoqubov, Sh.Oyxo’jayeva foydalangan tizimli-tahliliy, qiyosiy-tahlily ta’riflovchi va tasniflashuvchi kabi metodlar qo`llanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi: ishning oldiga qo’yilgan masalalar yuzasidan quyidagicha tuzulish tanlangan. Bitiruv malakaviy ishiga kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va Bayot maqom yo’llariga tegishli nota olingan va qayta terilgan nota yozuvlari ilova qilingan.

Download 174.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling