Navo maqomi tarkibidagi asarlarning ijro talqini
O’ n ikki maqom va uning sho’balari
Download 174.52 Kb.
|
NAVO MAQOMI TARKIBIDAGI ASARLARNING IJRO TALQINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- N A V O M A Q O M I. Mushkilot bo’limi
- Navo maqomi. Ashula bo’limining I va II guruh sho’’balari
- Muxammasi Bayot”
- Talqini Bayot
1.2 O’ n ikki maqom va uning sho’balari
O‘n ikki maqom tizimi ilk bor XIII asrda yashab ijod qilgan ajoyib olim va musiqachi Safiuddin Urmaviy (tax. 1230-1294 y.) tomonidan ilmiy tasnif etilgan edi. Bu ilmiy jarayonning qisqacha mazmuni shunday: ulug‘ tasnifotchi jam’lar tarkibini tashkil etgan asosiy jinslarni ikki guruhga – 7 ta to‘rt pog‘onali (tetraxord ko‘rinishdagi) quyi, hamda 12 ta besh pog‘onali (pentaxord ko‘rinishdagi) yuqori tabaqa jinslariga ajratgan bo‘lib, ularning (quyi va yuqori tabaqa namunalarining) bir-biri bilan o‘zaro birikuvi (qo‘shiluvi) natijasida quyidan yuqoriga yo‘nalgan (7x12) 84 ta jam’ hosil qilishga erishgan. Ammo nazariy jihatdan ishlab chiqilgan bu jam’larning aksariyati musiqa amaliyotida qo‘llash uchun ma’qul ko‘rilmagan, balki faqat uyg‘unlik darajasi yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan jam’largina musiqa amaliyoti uchun lozim holda alohida ajratib olingan edi. Bunda ikki omil – tovushqator tarkibida yetarli miqdorda uyg‘un (konsonans) intervallarning mavjudligi hamda tovushlar uyushmasining oktava darajasida bo‘lishligi muhim mezonlardan bo‘lgan. Eng uyg‘un intervallar tarkibini esa birinchi navbatda sof oktava (zul kull), undan so‘ng sof kvinta (zul xams) hamda sof kvarta (zul arba’) lar tashkil etgan. Ud cholg‘usi torining ikkiga (1:2), uchga (2:3) va to‘rtga (3:4) bo‘linishidan hosil etilgan bu intervallarning sonlar vositasida ifodalash usulini qadimgi Sharq (Misr, Xitoy , Bobil va b.) olimlari yaxshi bilganlar. Bu ilmiy an’analarni ijodiy o‘zlashtirgan Pifagor o‘z navbatida mazkur intervallarning sonlar (1:2; 2:3; 3:4) ifodasi o‘laroq o‘zining mashhur tetraktidasini ishlab chiqqan edi. Bunda, olim ilgari surgan ta’limotga binoan, uyg‘un (konsonans) interval (oktava, kvinta, kvarta)larning sonlar nisbatidagi umumiy yig‘indisi (1,2,3,4=10) koinot uyg‘unligini matematika “tili”(ya’ni “10” raqami) da ramziy ifoda etgan. Binobarin, bu uyg‘unlikni musiqaga “ko‘chirish” uchun avvalo parda-tovush uyushmalarining oktava miqyosida bo‘lishi zaruriy bo‘lgan. Chunki, oktava miqyosidan kichik (septima, seksta, kvinta va h.k.) hajmdagi tovush uyushmalarida, tabiiyki, eng muhim konsonans - sof oktava uchramaydi. Demak, mukammal pardalar uyushmasini hosil etish uchun birinchi galda oktava doirasidagi tovushqator bo‘lishi talab etilgan. Keyingi muhim shart esa ana shu oktava doirasidagi tovushqatorlarda aks etgan konsonans intervallarning miqdori bilan belgilangan. Shunga ko‘ra, jam’ning takibida zul-kull, zul-xams va zul-arba’ kabi bo‘dlarning umumiy miqdori tovushqator pog‘onalariga nisbatan ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Agarda bu ko‘rsatkich teng kelsa yoki muloyim bo‘dlar soni tovushqator pog‘onalaridan ortiq kelsa, demak jam’ning mukammallik darajasi ham yuqori bo‘lgan. Masalan, Busalik nomini olgan jam’da hammasi bo‘lib 8 ta pog‘ona (tovush) hamda umumiy yig‘indisi shu miqdorga teng bo‘lgan quyidagi konsonans intervallar mavjud - 1 ta sof oktava, 3 ta sof kvinta va 4 ta sof kvarta (1+3+4=8). Bu hol ushbu pardalar uyushmasining mukammalligiga yetarli dalolatdir. Quyidagi (Ushshoq) jam’ining mukammallik darajasi esa yanada kuchli asosga ega. Zero uning tarkibidagi konsonans intervallarning umumiy soni 9 taga yetgan, ya’ni, unda 1ta sof oktava, 3ta sof kvinta va 5ta sof kvarta mavjud: Xullas, shu tarzda 84 jam’ orasidan ajratib olingan tovushqatorlarning 12 turi O‘n ikki maqom tizimining eng oliy nav’li toifasi guruhiga tasnif etilgan bo‘lib, ularning har biriga alohida maxsus (xususiy) nomlar ham berilgan edi. Chunonchi, xususiy nomlari Ushshoq, Navo, Busalik, Rost, Husayniy, Hijoz, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfahon, Zirofkand (Kuchak), Buzurg (Buzruk) kabi atalgan. Sho‘balar xususida. O‘rta asrlarda yozilgan risolalarda O‘n ikki maqom tizimidan o‘rin olgan sho‘balarning muqimlashgan umumiy soni 24 ta ko‘rsatilib, ular quyidagi xususiy nomlar bilan ataladi: 1.Dugoh. 2.Segoh. 3.Chorgoh. 4.Panjgoh. 5.Muxayyar. 6.Hisor. 7.Mubarqa’. 8.Nayrez. 9.Nishoburak. 10.Ro‘i Iroq. 11.Mag‘lub. 12.Rakab. 13.Navro‘zi Bayotiy. 14.Zobul. 15.Avj. 16.Navro‘zi Xoro. 17.Mohur. 18.Ashiran. 19.Navro‘zi Sabo. 20.Humoyun. 21.Nuhuft. 22.Uzzol. 23.Navro‘zi Arab. 24.Ajam (Navro‘zi Ajam). Sho‘balarning nomlariga qaraganda, bu guruhda turli Sharq xalqlari (turk, eron, arab, tojik va b.)ning qadimdan an’anaviy ijro etib kelingan aytim kuy-ohanglari tovushqator tuzilmalari tarzida tasnif etilganga o‘xshaydi. Har holda ularning nomlarida shunga ishoralar bor. chunonchi, ular orasida Navro‘zi Arab, Navro‘zi Bayotiy, Navro‘zi Xoro, Navro‘zi Ajam kabi nomlar borki, ular uzoq o‘tmishdan buyon keng nishonlanib kelinayotgan Navro‘z bayrami kunlari ijro etilgan ma’lum aytim kuylarini anglatgan va, keyinchalik, maqom tizimiga tasnif etilishi munosabati bilan ularning har biriga shu bayramning nomi nisbat berilgan bo‘lsa kerak0 . Bunday taxmin qilinishiga sho‘balarning tarkibiy nag‘malari bir tekisda emasligi ham ma’lum asos beradi. Chunki sho‘ba uyushmalari kuy-ohang xususiyatlarining aksi o‘laroq, asosan ikki (Dugoh, Mubarqa’,), uch (Segoh, Rakb, Zobul), to‘rt (chorgoh), besh (Panjgoh, Navro‘zi Bayot, Uzzol, Nayrez, Sabo, Ro‘yi Iroq), olti (Navro‘zi Arab, Navro‘zi Xoro) va yetti (Humoyun) tovush-pog‘onalaridan tarkib topadi. Shu bilan birga, bu guruhda hajmi zul-kull doyrasida bo‘lgan Mohur, Nuhuft, Avj, Nayrez, Muxayyar kabi sho‘balar ham uchraydi. Lekin bu sho‘balar keyinchalik, risola 33 mualliflarining ayrim ta’kidlariga ko‘ra, (kuyni bezaklash uchun) kiritilgan qo‘shimcha bo‘dlar evaziga) yuzaga kelgan bo‘lsa kerak. Masalan, Mohur sho‘basining asl (asosiy) shakli besh nag‘madan iborat bo‘lgani holda, unga quyidan yana qo‘shimcha tovushlar kiritilishi natijasida zul-kull miqyosini qamraydi. Xullas, sho‘balarning asl kuy andozalari tarkibida bo‘d’ va nag‘malar soni oz bo‘lgan. Bu hol, o‘rta asrlar kasbiy musiqasi qiymatlari yuzasidan baholanganda, sho‘balarning nomukammal ekanligiga dalolat etgan. Zero oktava oralig‘idan kichik bo‘lgan tovushlar uyushmasi noqis (Ibn Zayla ta’rifiga ko‘ra: “al-jam’’ un-naqis”) hisoblangan. Shu bois ham ularning tarkibini zarur bo‘d va nag‘malar bilan to‘ldirish lozim edi. Biroq sho‘balar hajmini har qanday tovushlar sanog‘i bilan orttirib borilishi ham doim mukammallik darajasini anglatavermaydi. Muhimi shundaki, kuy tovushlarining o‘zaro nisbatlarida muloyimlik (ohangdoshlik) asosi yetarli miqdorda bo‘lishi (ya’ni ohangdosh bo‘dlarning soni tovushlar sonidan keskin kamayib ketmasligi) kerak. Yetarli miqdordagi ohangdosh sifatlar esa, ma’lumki, 12 jam’ (maqom) tovushqatorlarida mujassam edi va shu sababdan ham ular asosida sho‘balarning takomillashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan1 . Zero ularning har biri tarkibida mavjud yettita asosiy tovush-pardalarida sho‘ba-kuy tuzilmalarini yangi uslub tamoyilida rivojlantirish imkoni mavjud edi. Sho‘ba va maqomlarning musiqiy jarayondagi o‘zaro munosabatlarini o‘rganishda ayniqsa XVI asrda yashab ijod qilgan Najmiddin Kavkabiyning musiqiy risolalari katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Najmiddin Kavkabiy tasnifiga ko‘ra, har bir maqomga ikkitadan sho‘ba singdirilgan (biriktirilgan) bo‘lib, ularning biri maqomning kuyi (pasti, narmi) qismidan, yana biri esa yuqori (balandi, tezi) qismidan hosil etiladi. Shu tarzda sho‘balarning o‘n ikkitasi (maqomlarning quyi qism tovushlariga asoslangan sho‘balar) yangi uslub asoslariga muvofiqlashtirilgan holda quyidan yuqoriga qarab rivojlanish tamoyiliga “bo‘ysungan” edi. 34 Quyi tabaqa sho‘balari Maqomlar Yuqori tabaqa sho‘balari Masalan, o‘tmishda yozilgan musiqa risolalarida Segoh sho‘basi o‘z nomiga muvofiq (“se”- uch, “goh”- o‘rin, joy, parda ma’nolarida) uch tovush-pog‘onali ekanligi qayd qilinadi O‘n ikki maqom tizimining Turkiston zaminidagi qariyb to‘rt asrdan ziyod rivoji davomida maqomotning yangi turlariga asos solindi. Jumladan, XVIII asr o‘rtalariga kelib Buxoroda Shashmaqom tizimi uzil-kesil shakllandi. XIX asrning birinchi choragiga kelib esa Xiva shahri saroy madaniyati muhitida Xorazm maqomlari (Shashmaqomi) qaror topdi . Shuningdek, Toshkent va Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari Qo‘qon, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xo‘jand, Quva, O‘sh hamda chimkent bo‘ylab yoyilgan Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari ham yuzaga keldi. Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari — Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashgan nomidir. Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli oʻlaroq Farg’ona – Toshkent maqomlari alohida-alohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari "Nasrullo I—V", "Munojot I—V", "Ajam va taronalari", "Miskin I—V", "Segoh I —III", "Sayqal I—II", "Mirzadavlat I—II", "Choʻli Iroq", "Chorgoh", "Surnay Iroqi", "Surnay Dugohi" "Surnay Ushshogʻi" kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli ("Segoh, "Toshkent" irogʻi" kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli "Chorgoh", "Bayot", "Bayoti Sheroziy", "Gulyor—Shahnoz" va yetti qismli "Dugoh— Husayn" ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va boshqalar) namunalari asosida aytiladi. Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida “Bayot” sho’basi besh qismdan iborat alohida “Bayot I-V” ashula turkumi xoliga keltirilgan. Bu turkum asosida “Bayoti SheroziyI-V” ham yaratildi. Yunus Rajabiy o’zining “Musiqa merosimizga bir nazar” kitobida, Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida mashhur “Bayot” maqom yo’llari haqida quyidagicha ma’lumotlarni yozib qoldirgan; “Avvallari, ustozlarimdan bu kuy yo`llarini o`rgangan vaqtlarimda, ular odatda doirasiz ijro etib, doira usuliga unchalik ahamiyat bermaganlar. ”, “Toshkent va Farg`onada mashhur bo`lib kelgan va “Bayot” deb atalgan Bayot sikli besh qisimdan iborat bo`lib, mashhur Mulla To`ychi Hofiz tomonidan mohirona ijro etib kelingan. Yana bir keksa hofiz - Mirza Qosim hofiz bularni Bayoti sheroziy deb atab ijro etardi. Bunga sabab shuki, bu siklda Bayot 1 Hofiz Sheroziyning g`azali bilan aytilardi. Aslida bu Bayot yo’llarining kuy tuzilishi bir xil.5”. Is’hoq Rajabov o’zining ilmiy monografiyasida Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarida mavjud “Bayot I-V” turkumini, Shashmaqomdagi Bayot sho’balari asosida yaratilgan va ma’lum variant ekanini e’tirof etadi. Bayot-I ashulasi, Shashmaqomning Nasri Bayot sho’basini eslatadi. Uning avjlarida Bayot Namudi va Navo namudining ma’lum varinantlari uchraydi. Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida “Bayot” sho’basi besh qismdan iborat alohida “Bayot I-V” ashula turkumi xoliga keltirilgan. Bu turkum asosida “Bayoti SheroziyI-V” ham yaratildi. Yunus Rajabiy o’zining so’ngi, tom ma’nodagi ilmiy vasiyatnomasi hisoblanmish “Мусиқа меросимизга бир назар” kitobida, Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida mashhur “Bayot” maqom yo’llari haqida quyidagicha ma’lumotlarni yozib qoldirgan; “Авваллари, устозларимдан бу куй йўлларини ўрганган вақтларимда, улар одатда доирасиз ижро этиб, доира усулига унчалик аҳамият бермаганлар.6”, “Тошкент ва Фарғонада машҳур бўлиб келган ва “Баёт” деб аталган Баёт цикли беш қисимдан иборат бўлиб, машҳур Мулла Тўйчи Ҳофиз томонидан моҳирона ижро этиб келинган. Яна бир кекса ҳофиз - Мирза Қосим ҳофиз буларни Баёти шерозий деб атаб ижро этарди. Бунга сабаб шуки, бу циклда Баёт 1 Ҳофиз Шерозийнинг ғазали билан айтиларди. Аслида бу Баёт йулларининг куй тузилиши бир хил.7”. Is’hoq Rajabov o’zining ilmiy monografiyasida Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarida mavjud “Bayot I-V” turkumini, Shashmaqomdagi Bayot sho’balari asosida yaratilgan va ma’lum variant ekanini e’tirof etadi. Biroq shunday bo’lishiga qaramasdan, “Bayot I-V” turkumi o’ziga xos ashula yo’llaridan tashkil topgan. Bayot-I ashulasi, Shashmaqomning Nasri Bayot sho’basini eslatadi. Uning avjlarida Bayot Namudi va Navo namudining ma’lum variantlari uchraydi. Bayot II esa Bayot turkumida tarona vazifasini bajaradi. Bu haqida musiqashunos Sh.Oyxo’jayeva o’zining maqom taronlari monografiyasida quyidagicha bayon qiladi; “Фарғона-Тошкент мақом ашулалари йирик туркумларининг хар бири биттадан таронага ега..... улар тароналарга хос ҳал қилувчи мезонларини сақлаган ҳолда шакллантирувчи воситаларини маълум даражада шўбалардан ҳам ўзлаштирилганлиги кузатилади. Аммо бу ашулалар тарона ўрнига Баёт II, Дугоҳ Ҳусайний III, IV ҳамда Чоргоҳ II каби бевосита муайян мақомни билдирувчи номлар ила аталиб, рақамлар билан ажратилади.”8 Bayot II jami besh xatdan iborat bo’lib sho’ba shaklidadir. Ashulaga Navoiyning “O’lturg’usi” radifli quyidagi misralar bilan boshlanuvchi mashhur g’azali bog’langan; Bir kun meni ul qotili majnunshior o’lturg’usi Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor olturg’usi. Tarona cholg’u muqaddimasi bilan boshlanadi. Uning doyra usuli ham taronalarda ishlatilgan 3/4 doyra usulida; Bayot II Nasri Bayot taronasini eslatadi. Shunday bo’lsa-da, Bayot II Taronayi Bayotning asl variant emas, aksincha o’ziga xos ko’rinishga ega. Avvalo, ashula yo’lining rivojlanishi, ijro uslubi, musiqiy ohangi bilan ajralib turadi. Shuningdek, hofizlar tomonidan o’z mahaliy uslubiga binoan turlicha ijro etiladi. Bayot II cholg’u muqaddimasi bilan boshlanadi. Birinchi va ikkinchi xatlari daromad bo’lib, asosiy fa pardasidan ashula yo’li boshlanadi. Birinchi xatdagi musiqiy mavzu ikkinchi xatda o’zgarishsiz takrorlanadi. III-IV xatlar miyonxatdir asosiy pardadan kvinta yuqorida talqin etiladi. Bayot II ning o’ziga xos tomoni V xatdir. Chunki V xat ham dunasr ham avj,va furovard vazifasini bajaradi. III va IV xat miyonxat I va II xat daromad V xat dunasr avj furovard Ashula yo’lining tuzilishi ravon, Farg’ona-Toshkent maqom yo’llariga xos ranglar bilan boyitilgan. Kuy yo’lining rivojlanishi ham bir tekisda inson qulog’iga xush yoqadi. Bayot II ning musiqasi sodda jozibali, tinglovchi qalbiga tez yetib boradi. She’r ham musiqaga monand bog’lanadi. N A V O M A Q O M I. Mushkilot bo’limi Navo – SHashmaqom tarkibidagi uchinchi maqomdir. Uning tarixi ham uzoq o’tmish zamonlarga borib taqaladi. Navo atamasi forscha «kuy», «ohang» ma’nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda bulbulning sayrashini maqtab, shoirlar bulbulning navosi, nola chekishi, - deydilar. Buyuk Navoiy ham o’z taxallusini shu so’zdan olgan va «navo chekuvchi, kuylovchi» ma’nolarida qo’llagan. O’tmish musiqa risolalarida Navo maqomi Nag’mai Dovudiy, yahni Dovud payg’ambar kuyi deb ham ataladi. Bu haqda bir nechta afsonalar keltiriladi. Dovudning o’zi diniy afsonalarda musiqa ramzi sifatida qaraladi. Bir afsonada naql qilinishicha, go’yo Xudo Odam Ato tanasini tuproqdan yaratib, unga jon kiritmoqchi bo’ladi. Ammo farishtalar qancha o’rinmasin, bu ishni uddalay olmabdilar. Jon esa Odamning qorong’u qalbiga kirishga hech unamabdi. Xudoga xabar beribdilar. Xudo shu Odamning bo’lajak zurriyotidan, Dovudning insonlar joni saqlanadigan omborida qandaydir idishdagi ruhni olib kelishni buyuribdi. U go’yo shu idish ichidan tanburni olib, Navo maqomi yo’llarida ajoyib bir ashulani xonish qilibdi. Bundan zavqlanib, erib ketgan jon odamning tanasiga qanday qilib kirib qolganini bilmay qolibdi. Navo maqomi shu sababli «Nag’mai Dovudiy» deb nomlangan ekan. Bunday afsonalar musiqani «xarom»ga chiqarib, sanhat ahlini xo’rlab kamsitgan hamda sanhatkorlarni tahkib ostiga olgan diniy aqidalarga qarshi to’qilgan edi. Binobarin, bu rivoyatlar o’tmish musiqa hayotiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatgan. O’tmish musiqa risolalaridan ma’lumki, Navo «O’n ikki maqom» tizimida ioniy ladiga mos keladi. SHashmaqomda esa, Navoning asosiy yo’llari «re eoliy» - «fa ioniy» ladlariga monanddir. Navo maqomining ayrim sho’’balari avjida miksolidiy ladida ijro etiladigan ashula qismlari uchrab turadi. Maqomlar ijrosida yetakchi cholg’u hisoblangan tanbur Navo maqomi uchun sekundaga (solg’-fa-solg’) sozlanib, maqom tovushqatorining I-III-IV-V-VI pog’onalari tayanch pardalari hisoblanadi. 34 misol Navo maqomi yo’llari ayniqsa tanbur ijrosida to’laqonli va jozibali yangraydi. CHunki tanburning pardalarini moslab sozlanishi Navo kuylariga muvofiq tushadi, uning jo’r torlari kuyga hamohang va hamsado qo’shimcha tovushlar vositasi bilan uyg’unlashib, kuyning ta’sirchanligini va yangroqligini tahminlaydi, kishida nozik his-tuyg’ular uyg’otadi. O’tmishda Navo maqomi yo’llari asosida yuzaga kelgan kuylarning aksariyati tanbur asosida yaratilar hamda tanburda o’rinlatib chalinardi. Navo maqomi ham cholg’u va ashula bo’limlaridan iborat. Ashula bo’limi esa birinchi va ikkinchi guruh sho’’balaridan tarkib topgan. Navo maqomi cholg’u bo’limida sakkizta qism bo’lib, ular: Tasnifi Navo Tarjei Navo Garduni Navo Nag’mai Orazi Navo Muxammasi Navo Muxammasi Bayot Muxammasi Husayniy Saqili Navo deb nomlanadi. Bu o’rinda, avval aytganimizdek, tasnif iborasi maqomning bosh kuyi, asari, tarje qaytarma ohanglardan iborat kuy. Gardun, muxammas va saqil iboralari doira usullarining ifodasi. Nag’mai Orazi Navo – Oraz taxallusi bilan mashhur bo’lgan bastakorning nag’masi, yahni kuyi, bayot O’rta Osiyoda yashagan qadimiy turk qabilasiga nisbat berilgan kuy, Husayniy esa bastakor taxallusidir. Navo maqomi cholg’u qismlarining kuy-ohanglari bir-biridan farq etadi. Navoning cholg’u qismlarini tinglar ekanmiz, ular nikoh to’yi marosimlarida surnayda chalinadigan kuylarni eslatadi, hamda insonda to’y-hashamlarda hosil bo’ladigan kayfiyatni uyg’otadi. Masalan, Tasnifi Navo va Tarjei Navoning usul va ijro surhatini biroz tezlashtirib, surnay, karnay, nog’oralarda ijro etilsa, surnay kuylaridek sadolanadi. Navoning cholg’u yo’llari ohanglarga boy, kishida nozik his-tuyg’ular qo’zg’atadigan ta’sirli kuylardan iborat. Navo maqomi yo’llari o’zbek xalqi uzoq o’tmish zamonlardan boshlab to’plab kelgan boy ichki mahnaviy dunyosini haqqoniy ravishda aks ettiradigan musiqa duronalaridandir. Navo maqomining cholg’u qismlari turli doira usullarida ijro etilsa-da, turkum tarzida chalinganda ular bir-birining bevosita davomidek tuyuladi. Navo cholg’u yo’llarida asosiy lad-tonallik saqlansa-da, Muxammasi Navo, Muxammasi Husayniy, Saqili Navoda bahzi o’zgarishlar sodir bo’ladi. Lekin, Navoning asosiy kuy mavzui Navo maqomiga xos ruhiy holat barcha cholg’u yo’llari bo’ylab saqlanib qoladi. Navo ohanglari turli cholg’u qismlarida har xil namoyon bo’lib turadi. Bahzi chog’u yo’llari, masalan, Nag’mai Orazi Navo, Muxammasi Navo, Muxammasi Husayniy, Saqili Navo maqom boshlanadigan tonikaga ko’ra yuqori pardalardan boshlangani uchun, alohida ijro etilganda, boshqa kuyning davomidek tuyuladi. Bu narsa mazkur cholg’u yo’llari turkum tarzida ijro etishga mo’ljallanib yaratilganini ko’rsatadi. Masalan, Muxammasi Husayniyni tinglaganda shunday holatni ko’ramiz. Navo maqomi cholg’u qismlari asosida anchagina cholg’u, shu jumladan surnay kuylari yaratilgan bo’lib, ular «Navo kuylari», «Surnay Navo yo’llari» deb yuritiladi. Bunday kuylar Navoning xalq orasida juda ham mashhur bo’lib ketishiga sababchi bo’lgan. Navo maqomi. Ashula bo’limining I va II guruh sho’’balari Navo maqomi ashula bo’limining birinchi guruh sho’’balari saraxbor, talqin, uchta nasr va bitta ufar qismlardan tarkib topgan. Ular Saraxbori Navo, Talqini Bayot, Nasri Bayot, Orazi Navo, Husayniy Navo deb nomlanadi. Sho’’balarning ko’pchiligi bir nechtadan taronalarga ega. Bu taronalar asosiy ashula yo’llaridan keyin ijro etilib, yirik shakldagi murakkab ashulalar aytilgandan keyin hosil bo’ladigan jiddiy kayfiyatni yengillashtirib boradi va bahzi taronalar bir sho’’badan ikkinchisiga ulanib, maqom yo’llari-ning turkum tarzida ijro etilishida ulovchi (suporish) vazifasini o’taydi. Mazkur maqom Saraxbari Navo sho’’basidan boshlanadi. Uning ichki tuzilishi juda murakkab. Asarni tinglaganda kishida lirik his-tuyg’ular paydo bo’ladi va u katta zavqu shavq baxsh etadi. Saraxbri Navo cholg’u muqaddima va bir bayt shehr bilan aytiladigan dastlabki xat daromad bilan boshlanadi va shehr matnisiz aytiladigan ohanglar bilan yakunlanadi. Ikkinchi xat o’rta pardalarda ijro etilib, shehrning birinchi misrasi ikki kuy jumlasida takrorlanadi va ikkinchi misra shehr o’qilib «fa» pardasiga qaytadi. Ikkinchi xat ham shehr matnisiz «hay yor, ey yora» kabi undov so’zlar bilan ijro etiladigan ohanglar bilan yakunlanadi. Saraxbori Navoning uchinchi xati Orazi Navo sho’’basi boshlanish qismidan olingan Oraz namudi avj sifatida foydalangan ashula qismi, uning to’rtinchi va beshinchi xatlari esa Navo namudi, yahni Navoning ma’lum ko’rinishini avj tarzida foydalanilgan shaklidir. Oraz namudi ham hanglar bilan aytilib, furovard, yahni tushirim qismiga ulanib ketadi. Saraxbori Navo 2/4 takt o’lchovidagi «bak-bum» kabi talaffuz etiladigan doira usuli jo’rligida ijro etilib, muzore bahridagi shehrlar turidan Sakkokiyning: Sentek jahonda ko’zlari ayni balo qani? Mentek aning balosi bila mubtalo qani? - deb boshlanadigan g’azaliga mos o’lchovidagi shehrlar bilan o’qiladi. Surnay Navo yo’llaridan xabardor kishi har qanday o’zgartishlar bilan aytilmasin, boshqa kuylar tarkibidan uni ajratib olishi qiyin emas. Navo namudi turli ko’rinishlarda kuy va ashulalar avjida birdek ohangdor va jozibador yangraydi, tinglovchini nozik his-tuyg’ular va ezgu hayollarga cho’mdiradi. Masalan, «Abdurahmonbegi» ashulasi avjidagi Navo namudini olib ko’rilsa kifoya. Navo namudini ustozlardan Hoji Abdulaziz, Ota G’iyos, Domla Halim, Levi Boboxonov, Usta SHodi Azizov kabi maqomdonlar juda ham zo’r ixtiro bilan aytardilar va o’zlari ijro etadigan ashula yo’llarida foydalanishga harakat etardilar. Saraxbori Navodan keyin uning ikkita taronasi ijro etiladi. Ulardan birinchi turidagi o’lchovi ma’lum vaznga mos keluvchi yoki aruzga to’g’ri tushmaydigan tojik xalq shehrlari bilan ijro etiladi. Ikkinchi taronasi esa birinchi taronaning bevosita davomi sifatida yangraydi. Saraxbori Navo taronalari ijro etilib, talqin usulida aytiladigan suporish orqali Talqini Bayot sho’’basiga o’tiladi. Talqini Bayot, Nasri Bayot va Ufari Bayotga hamohang hamda ular ma’lum Bayot ashula yo’lining talqin, nasr va ufar doira usullarida ijro etiladigan turli ko’rinishlaridir. Ularning tarkibida daromad, o’rta pardalarda aytiladigan miyonxat, bayot ohanglarining yuqori pardalaridagi takrori (dunasri) yoki Bayot namudi va tushirim qismlari mavjud. Mazkur hamohang ashula yo’llaridan Talqini Bayot va Ufari Bayot «ramali musammani mahzuf» deyilgan vazndagi g’azallar bilan ijro etiladi. SHu jumladan Navoiyning: Otashin gul bargidin xilhatki, jononimdadur, Xilhat ermas ul bir o’tdurkim, mening jonimdadur. Nasri Bayotga aytiladigan shehrlar «hazaji musammani solim» o’lchovida, yahni Nodiraning: Rafiqo, menga bir dam do’stlug’ rasmini izhor et, Ki, men bordim o’zumdin, yor agar kelsa, xabardor et. Talqini Bayotning asosiy yo’li ijro etilib, uning taronasiga o’tiladi. Bu sho’’ba nasrlar doira usulidagi suporish vositasi bilan Nasri Bayot sho’’basiga ulanib ketadi. Nasri Bayot Talqini Bayotning ritmik varianti bo’lsa-da, o’ziga xos yangraydi. Ashula yo’li nasr usulida yangicha ohang, boshqacha kuy ifoda vositasini kasb etadi. O’zining sehrli ohanglari bilan eshituvchiga zavq bag’ishlaydi. Nasri Bayotni tahlil etib tinglab ko’rilsa, fikrimizning dalili bo’ladi. Nasri Bayotning taronasi 3/4 takt o’lchovidagi doira usuli jo’rligida ijro etiladi. Bu ashula yo’li o’tmishda Naqshi Navo yoki Naqshi Bayot deb ham atalgan. Naqsh so’zi «bezak» ma’nosida maqom sho’’balariga bog’lanadigan, taronalarga ko’ra yirikroq shakldagi ashulalarni ifodalagan. Darhaqiqat, bu naqsh yo’li Nasri Bayotdan keyin tinglansa, kishida hosil bo’ladigan jiddiy kayfiyat yengil-lashadi, u qandaydir nozik his-tuyg’ularni yuzaga keltiradigan ravon ashula yo’lini tinglab, orom oladi. Taronai Bayot O’rta Osiyoning turli vohalarida juda keng tarqalgan. Toshkent va Farg’onada mashhur bo’lgan Bayot turkumida «Bayot II» deb nomlanib, hofizlar tomonidan turli uslublarda aytib kelingan. SHu ashula yo’li ta’sirida bastakorlarimiz o’nlab ajoyib ashulalar yaratganlar. To’xtasin Jalilovning «Bog’ aro», «Ey ko’ngul», Yunus Rajabiyning «Koshki», Komiljon Jabborovning «Keldik», «Nazzora qil» kabi ashulalarini ko’rsatib o’tish kifoya. Taronai Bayot aytilgandan keyin turkum keyingi sho’’baga ulovchi vazifasini o’taydigan suporish orqali Orazi Navoga ulanib ketadi. Orazi Navo nasr deyiladigan sho’’balar jumlasidan bo’lib, uning doira usuli va shehr o’lchovi Nasri Bayotdagi kabidir. Orazi Navoning kuy mavzui va hissiy ta’sir kuchi Navoning boshqa sho’’balaridan butunlay farq etadi. Uni tinglaganda jasoratbaxsh kayfiyatlar uyg’onadi. Bunday hollar nasr sho’’balarining hammasiga ham xos. CHunki nasr so’zi «ko’mak», «zafar» ma’nolarini bildirib, mazkur iboralarga ma’nodosh. Orazi Navo ham daromad bilan boshlanadi. Uning keyingi ikki bayt shehr bilan o’qiladigan ikki xati o’rta pardalarda ijro etiladigan miyonxat, to’rtinchi xati Bayot namudi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatlar bir necha ko’rinishlarda takrorlanadigan Oraz namudi va oxirgi xat daromad jumlalariga o’xshash tushirim qismlaridan tarkib topgan. Orazi Navoni, ayniqsa uning asosida yaratilgan Oraz namudi tinglanganda, uni boshqa maqom yo’llari tarkibidan oson ajratib olish mumkin. CHunki Oraz mavzuidagi ashula yo’llarida «yor-yor», «yorey» deyilgan so’zlar bilan o’qiladigan ohanglar aytiladi. Orazi Navodan keyin uning uchta taronasi o’qiladi. Ularning birinchisi 3/4 takt o’lchovidagi doira usulida, ikkinchisi soqiynoma usulida, uchinchisi talqin doira usulida ijro etiladi. Bu taronalar bir-birining ko’rinishlari bo’lsa-da, turli kayfiyat baxsh etuvchi yengil ashula yo’llaridek eshitiladi va turli bo’yoqlarda tarannum etiladi. Orazi Navo taronalari ham chuqur lirik his-tuyg’ular bilan sug’orilgan. Doira usuli o’zgara borishi bilan ashula yo’llari yangi tusga kira boradi va turkumning rang-barangligini tahminlaydi. Orazi Navo taronalari aytilganidan so’ng maqom turkumi suporish qismi orqali Husayniy Navo sho’’basiga ulanib ketadi. SHuni alohida tahkidlash kerakki, Oraz va Husayniy sho’’balari Dugoh maqomiga ham kiritilib, ular Orazi Dugoh va Husayniy Dugoh deb nomlanadi. Bu sho’’balar ikkala maqomda bir xil kuy tuzilishida bo’lib, Navo va Dugoh maqomlari lad-tonalliklariga moslab olingan. Husayniy Navo Rost maqomidagi Navro’zi Sabo sho’’basi ohanglariga o’xshash kuy yo’li jumlalari bilan boshlanadi. Uning keyingi xatlari ham Navro’zi Sabo yo’liga o’xshaydi. Faqat uning avjida Bayotga hamohang kuy tuzilmalari mavjud. Ularni Husayniyning oktava darajasidagi rivojlantirilgan turi deyish ham mumkin. Husayniy Navo og’irroq usulda ijro etilib, uni tinglaganda kishi biroz toliqib qolishi mumkin. SHuning uchun turkumning yakunlovchi qismi – Ufari Bayotga o’tilishi bilan kishi o’zida ancha yengillik his etadi. Ufari Bayot sho’xroq ufar doira usulida ijro etilib, raqs kuylari kabi yangraydi. Unga hamohang sho’’balar – Talqini Bayot va Nasri Bayotdagi vazminlik bu yerda butunlay sezilmaydi va tinglovchini xushchaqchaq, o’yin-kulgi vaziyatga olib kiradi. SHunday qilib, Navo maqomining birinchi guruh sho’’balar turkumi Saraxbori Navodan boshlanib, uning taronalari o’qiladi, so’ngra Talqini Bayotga suporish qilinadi. Talqini Bayot taronasi bilan aytilib, Nasri Bayotga ulanib ketadi. Uning taronalari ijro etilgandan keyin Navo maqom turkumi Orazi Navo va uning taronalariga o’tadi. Bu sho’’ba qismlari ham suporish qismi orqali Husayniy Navoga, undan so’ng sho’’balar turkumi Ufari Bayot va oxirgi suporish qismi bilan yakunlanadi. Navo maqomi tarkibidagi sho’’balar ohanglari jihatidan juda boy bo’lgan Saraxbori Navo, Bayot, Oraz va Husayniy mavzuidagi ashula yo’llaridan iborat. Bu ashula yo’llari asosida juda ko’p turkumli sho’’balar hamda xalq kuy va ashulalari yaratilgan. Bu sho’’balar Navoning ikkinchi guruh sho’’balari jumlasiga kiritilgan. Navo maqomi ikkinchi guruh sho’’balari Savti Navo, Mo’g’ulchai Navo, Mustazodi Navo deb nomlanadi. Ularning har biri Navoning birinchi guruh sho’’balari asosida yaratilgan. XIX asr o’rtalarida Buxoro va Xorazmda tuzilgan hamda SHashmaqom ashulalariga aytilgan shehr matnlarini o’z ichiga olgan to’plamlarda bu sho’’balar umuman keltirilmaydi. Bu esa Navo maqomining ikkinchi guruh sho’’balari ham XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab mashhur bo’la boshlagan deyishga imkon beradi. Ularning birinchisi Savti Navo Navo ohanglari ta’sirida yuzaga kelgan. Lekin, negadir uning asosiy yo’li uzoq yillar davomida chapandoz doira usulida ijro etilib kelingan edi. SHu sababli u CHapandozi Navo deb ham nomlanadi. SHashmaqomning so’nggi olti jildlik nashrida Yunus Rajabiy Savti Navoning savt doira usulidagi namunasini yaratdi. Bu o’rinda CHapandozi Navoning kuy yo’li, harakati, uning tarkibidagi kuy bo’laklari saqlangan holda noyob ashula yo’li yuzaga keltirildi. Darhaqiqat, chapandoz usuli bilan boshlangan ashula turkumining savt deb atalishi qoidadan mustasno. Ikkinchi guruh sho’’balari o’z tuzilishi nuqtai nazaridan savt usulidagi ashulalar bilan boshlanishi lozim. SHunday qilib Savti Navo to’ldirildi va uni olti qismli shakli yuzaga keldi. Savti Navoning bosh ashula yo’li ijro etilgandan so’ng CHapandozi Savti Navo va uning talqinchasi, qashqarchasi, soqiynomasi va ufari aytilib, turkum yakunlanadi. Savti Navoning bu qismlari doira usuli va ularga aytiladigan shehr o’lchovlari e’tibori bilangina bir-biridan farqlanadi. Kuy-ohanglari, kuy harakati va uning bo’laklari Savti Navoning hamma qismlarida bir xildir. Savti Navo ashula yo’llarining tuzilishini tasavvur etish uchun CHapandozi Navoni tashkil etgan ashula tuzilmalari bilan tanishib chiqamiz. CHapandozi Navo cholg’u muqaddima bilan boshlanadi. Uning daromad qismi, yahni boshlanish ashula jumlalari ikki misra shehr bilan aytiladigan birinchi xatni tashkil etadi. CHapandozi Navoning ikkinchi va uchinchi xatlari to’rt misra (ikki bayt) shehr bilan o’qiladigan miyonxat, yahni o’rta pardalarda ijro etiladigan ashula bo’lagidan iborat. Ikki bayt shehr bilan aytiladigan to’rtinchi va beshinchi xatlar dunasr ashulaning boshlanishidagi kuy jumlalarini bir oktava darajadagi yuqori pardalarda takror ijro etiladigan qismini tashkil etadi. Oltinchi va yettinchi xatlar ashulaning katta avji bo’lmish Navo namudidir. Sakkizinchi xat furovard, ashulaning tushirim qismini tashkil etadi. CHapandozi Savti Navo o’qiladigan shehr «hazaji musammani solim» deyilgan vaznda, Mashrabning: Latofat bog’i ichra bo’yung sarvi xiromondur, Ko’ngul qumrisi tinmay doim dar sho’ru afg’ondur. - deb boshlanadigan g’azaliga aytiladi. Bu ashula yo’li juda ko’p maqomdon xonandalar repertuarida katta o’rin egallab kelgan edi. Atoqli bastakor To’xtasin Jalilov “Tohir va Zuhra” musiqali dramasida va shu nomli operasida CHapandozi Savti Navoning ma’lum ko’rinishidan Tohir ariyasi, uning asl yo’lidan esa Zuhra ariyasi sifatida foydalangan edi. Tohir ariyasi qahramonning ichki kechinmalarini ifodalaydi. Adolatsizlik, shavqatsizlik hukm surgan zamonda ishq-muhabbat oyoq osti qilinishi oqibatida yuzaga kelgan ayanchli ahvolni to’laqonli aks ettiradi. Savti Navo yo’llarining mashhur ekanini shundan ham bilsa bo’ladiki, ular asosida Turk deyilgan avj yuzaga kelgan. Savti Navoning boshlanishidagi ohang turli maqom yo’llari avjida ko’plab uchrab turadi. SHuni ham aytish kerakki, Savti Navoning kuy-ohanglari Navo yo’llarini eslatsa-da, lekin o’ziga xos noyob ashula yo’llaridandir. Ayniqsa uning ufari sho’xchang va maroqli, oddiy xalq qo’shiq va ashulalari singari yangraydi. Savti Navo kuy yo’li ufar doira usulida aslicha qolsa-da, butunlay boshqacha ohangga o’xshash eshitiladi, ta’sirchanligi ham ortadi. Natijada u ravon va yengil ashulaga aylanadi. Navo maqomining ikkinchi guruhiga kirgan sho’’balardan biri Mo’g’ulchai Navo deb ataladi. Ashula turkumining birinchi qismi mo’g’ulcha doira usulida ijro etilgani uchun shunday nomlangan. Mo’g’ulchai Navo yo’llari birinchi guruh sho’’balari bo’lmish Talqini Bayot va Nasri Bayot asosida yaratilganligi yaqqol sezilib turadi. Uning doira usuli 5/4 takt o’lchovida bo’lib, savt yo’llaridagi kabi ijro etiladi. Mo’g’ulchai Navo besh qismli turkum ashula yo’llaridan iborat bo’lib, uning tarkibida talqincha, qashqarcha, soqiynoma shoxobchalari va ufar qismlari mavjud. Ular Mo’g’ulchai Navo asl sho’’ba yo’lining turli doira usullaridagi ko’rinishlari bo’lib, kuy tuzilishi, kuy harakatlari va qismlari bir xildir. Mo’g’ulchai Navoning hamma ashula yo’llari cholg’u muqaddima bilan boshlanadi. Ularning birinchi va ikkinchi xatlari daromad, uchinichi xati miyonxat, to’rtinchi xati Bayot namudi, beshinchi xati Navo namudi, oxirgi xati tushirim qismlaridan iborat. Mo’g’ulchai Navoning bosh ashula yo’li, uning talqincha va qashqarcha ashula yo’llari ramali musammani mahzuf deyilgan bir xil shehr o’lchovida ijro etiladi. Masalan, Nodiraning quyidagi misralar bilan boshlanadigan g’azaliga: Ketdi hushum ul parivash jilva og’oz aylagach, O’rtadi jon pardasin mutrib navo soz aylagach. SHunisi diqqatga sazovorki, Mo’g’ulchai Navo Ufarining daromad qismi tonikaga nisbatan seksta balandligidagi tovushdan boshlanib, pastga harakat qilaveradi. Mo’g’ulchai Navo yo’llari turkum tarzida ijro etilganda, bunday hol ashula yo’llarining jozibador va ohangdorligini tahminlaydi, xuddi ularga bezakdek bo’lib tushadi, turkum esa rang-barang yangraydi. Mo’g’ulchai Navo jozibali ashula yo’llaridan bo’lib, ayniqsa Usta SHodi Azizov ijrosida yoqimli yangragan. Uning bosh ashula yo’lidan M.Ashrafiy o’zining simfonik orkestr uchun yozilgan «Ulug’bek» asarida muvaffaqiyatli foydalangan edi. Navo maqomining ikkinchi guruh sho’’balaridan uchinchisi Mustazodi Navo deb nomlanadi. Mustazodi Navo ham savt va mo’g’ulchalar rejasida tuzilgan bo’lib, uning tarkibida talqincha, qashqarcha, soqiynoma va ufar qismlari mavjud. “Mustazod” arabcha so’z bo’lib, «orttirilgan» ma’nosini bildiradi. Bu ibora shehr vaznining ham ifodasidir. Mustazod shaklida shehrning har bir misrasiga qofiyalangan mustaqil kichik misralar qo’shilib, shehr o’lchovi kengaytiriladi, orttiriladi. Ko’pincha, mustazod shehr o’lchovi «hazaj» bahri turlaridan bo’lib, Habibiy so’zlariga quyidagicha o’qiladi: Jono, qarashing birla sharafli nazaring bor, mendin xabaring bor, Kuyingda necha vola-yu, shaydo basharing bor, ko’p g’amzalaring bor. Mutazodi Navoning kuy yo’lida ham shehr shaklidagi kabi orttirilgan kuy bo’lagi mavjud. Bunda har bir kuy jumlasi ketidan uni yakunlab boruvchi kichik bir kuy tuzilmasi qo’shiladi. Bu ko’shimcha qism esa asosiy kuy jumlasiga nisbatan kvinta darajasida baland pardadan boshlanib, pastga harakat etadi. Xuddi shunday kuy tuzilmasi Buzruk maqomi Rok sho’’basining mustazod qismida ham uchraydi. Mustazodi Navo asosiy yo’li talqin doira usulida aytilib, uning jumlalarida boshlang’ich sakkiz takt asosiy kuy jumlasi bo’lib, keyingi besh takt mustazod, yahni «orttirilgan» qismidir. Mustazodi Navoning birinchi xati daromad, ikkinchi xati miyonxat, uchinchi va to’rtinchi xatlari Bayot namudi, beshinchi xati Navo namudi, oxirgi xati tushirim qismlaridan iborat. Mustazodi Navoning kuy tuzilishi va doira usuli ancha murakkabligiga qaramay, o’zining yoqimliligi, ohangdorligi va ulug’vorligi bilan ajralib turadi. Uni ijro etishda ham xonandadan katta tajriba, yuksak ijro mahorati talab qilinadi. Mustazodi Navoning bosh yo’li ijro etilgandan so’ng uning shoxobchalari – talqinchasi, qashqarchasi, soqiynomasi va ufari o’qiladi. SHunisi diqqatga sazovorki, Mustazodi Navoning talqinchasi, qashqarchasi va soqiynomasi asosiy sho’’baning boshqa doira usullaridagi ko’rinishlari bo’lsa-da, mustazod qismi ularda butunlay uchramaydi. Uning ufarida esa, mustazod shakli yana tiklanadi. Mustazodi Navoning Ufarida doira usuligina o’zgaradi, shehr o’lchovi va kuy tuzilishi esa to’la saqlanib qoladi. Mustazodi Navo va umuman «mustazod» shaklidagi kuy va ashulalarning turlari va namunalari sozanda va xonandalar repertuarida keng o’rin tutadi. Mustazodi Navoning birinchi asl qismi Hamid Olimjon va Yunus Rajabiylarning “Muqanna” musiqali dramasida duet, uning talqinchasi esa Xurshidning g’azaliga aytiladigan mashhur ashula edi. Ayniqsa Xorazm vohasida mustazod yo’llari keng tarqalgan bo’lib, ular raqs va ashulachilar ansambllari jo’rligida ijro etiladi. Umuman olganda, Navo yirik maqomlardan bo’lib, uning ohanglari asosida juda ko’p kuy va ashula hamda surnay yo’llari yaratilgan. Bunga surnay Navo yo’llari qo’shilsa, bu maqomning qanchalik ko’lami keng ekanini bilib olish mumkin. Bu o’rinda Toshkent, Farg’ona va O’zbekistonning boshqa vohalarida keng tarqalgan Bayot maqom ashulalari turkumi haqida eslatib o’tish kifoya. Bayotning yo’llari shu qadar keng tarqalganki, bastakorlar tomonidan ular asosida juda ko’p kuy va ashula yo’llari yuzaga keltirilgan. Faqat Bayot II asosida o’nlab uning variantlari hozirda ham yaratilib kelinmoqda. SHubha yo’qki, Navo maqomi ohanglari bundan keyin ham ko’plab musiqa asarlari, simfonik orkestr uchun ajoyib manzaralar yuzaga kelishida, sahna asarlarining yaratilishida muhim manba bo’lib xizmat qiladi. 2.1 Navro’zi Bayotiy sho’basi “Bayot” nomli kuy va ashula yo‘llari, o’zbek maqomot tizimining salmoqli qismini tashkil etadi. “Bayot” nomli maqom ashula yo‘li, “O’n ikki maqom” da “Navro’zi Bayotiy” nomi bilan atalib, yigirma to’rt sho’badan birining nomi bo’lgan. “Navro’zi Bayotiy” sho’basi haqida Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy va boshqa o’rta asr olimlarning musiqa haqidagi risolalari orqali ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin. Xususan Abdurahmon Jomiy o’z risolasida “Navro’zi Bayotiy” sho’basini besh pog’onadan iborat ekanini ta’kidlagan. Atoqli maqomshunos olim Is’hoq Rajabov “Maқомлар” nomli ilmiy monografiyasida “Navro’zi Bayotiy” sho‘basi tog‘risida quyidagicha ma’lumot keltirib o‘tadi; “Баёт Ўрта Осиёлик турк қабилаларидан бири. Шу қабиланинг Наврўз байрамига нисбат берилган шўъба номи, деб ўйлаш мумкин. Шашмақомдаги Наво мақомида ҳам Баёт номи билан машҳур бўлган шўбалар мавжуд9”. “Navzo’r” O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy bayramlaridan biri va “Bayot” qadimgi og’uz qabilasining nomi ekanini hisobga olib, quyidagicha fikr yuritish mumkin; “Navro’zi Bayotiy” sho’basining kuy yo’li, “O’n ikki maqom” shakllanishidan ancha ilgari yaratilgani ehtimoldan xoli emas. Is’hoq Rajabov “Maқомлар” ilmiy monografiyasida “Naro’zi Bayotiy” sho’basini “Наврўзи Баётий беш поғонали товуш қатор бўлиб, уларнинг бир поғонаси Йб билан Йж пардалари орасидаги товушдир”10 deya zikr etadi. Rus tanqidchisi, musiqashunos, sharqshunos olimi V.A.Belyayev Jomiy risolasiga izohlarida ushbu besh bog’onadan iborat “Navro’zi Bayotiy” sho’basini, besh chiziqli nota yozuviga o’girgan11 O’rta asr risolalariga murojaat qiladigan bo’lsak, Kavkabiy tasnifiga ko’ra har bir maqomga ikkita sho’ba singdirilgan bo’lib, ularning biri maqomning quyi qismidan, yana biri esa yuqori qismidan hosil etiladi. Shu tarzda sho’balarning o’n ikkitasi yangi uslub asoslariga muvofiqlashtirilgan holda, quyidan yuqoriga qarab rivojlanish tamoyiliga bo’ysungan edi. Maqomshunos Oqilxon Ibrohimov “Maqom asoslari” kitobida, Kavkabiy risolasida keltirilgan quyi va yuqori sho’balar jadvalini keltirib o’tadi. Jadvalga ko’ra “Bayot” sho’basi “O’n ikki maqom” dagi “Kuchak” yoki ikkinchi nomi “Zirofkand” bo’lgan maqomning yuqori qismidan hosil qilingan bo’lib, yuqori tabaqa sho’ba hisoblangan. Shunday ekan Navro’zi Bayotiy sho’basi Zirofkand maqom yo’li bilan aloqasi bo’lgani ehtimoldan xoli emas. Bugungi kungacha yetib kelgan “Bayot” nomli cholg’u va ashula yo’llari, mumtoz maqomotning uchala qatlamida ham mavjudligini ta’kidlash joiz. “O’n ikki maqom”, Buhoro “Shashmaqom”ning tub ildizi hisoblansa, “Xorazm maqomlari” Buhoro “Shashmaqom” midan andoza olgani, “Farg’ona–Toshkent maqom yo’llari” ning tarixiy ildizi ham “O’n ikki maqom” ga borib taqalishi ma’lum. Taxmin qilish mumkinki, bugungi kundagi uchala maqomot tizimida ham “Bayot” nomli ashula va cholg’u yo’llarining mavjudligi, ularning tarixiy ildizi “O’n ikki maqom” dagi, “Navro’zi Bayotiy” sho’basi bo’lsa ajab emas. Zero “Shashmaqom” ning “O’n ikki maqom” bilan aloqasi haqida atoqli maqomshunoslardan I.Rajabov birinchi bo’lib tadqiqot ishlarini olib borgan, hamda ilmiy isbotlarini “Мақомлар” ilmiy monografiyasida keltirib o’tgan. Xususan, ilmiy monografiyada “O’n ikki maqom” tizimidagi “Ushshoq” maqomi “Shashmaqom” da sho’ba sifatida, “Rost” maqomi tarkibiga kiritilgani, “O’n ikki maqom” dagi “Dugoh” sho’basi maqom shaklida olingani haqida bayon etar ekan, “O’n ikki maqom” sho’basi hisoblangan “Navro’zi Bayotiy”, “Shashmaqom” dagi “Navo” maqomi tarkibiga kiritilganini ham ta’kidlagan. Shashmaqomdagi Navo maqomining Mushkilot bo’limida, Bayot nomli bitta Muxammasi Bayot cholg’u qismi, Nasr bo’limining birinchi guruh sho’balarida Talqini Bayot uning taronasi, Nasri Bayot uning taronasi va Ufari Bayot qismlari mavjud. Xorazm maqomlarida ham Navo maqomining mansur bo’limida Muxammasi Bayot nomli bitta cholg‘u qismi, Dugoh maqomining manzum bo’limida Bayot nomli bitta sho’ba qismi mavjud. Bayot maqom cholg’u yo’li haqida tasavvur hosil qilish uchun Shashmaqom tarkibidagi Muxammasi Bayot cholg’u qismini tahlil etamiz. Bayot so’zining ma’nosiga to’xtalib o’tsak. Bayot qadimiy so’zbo‘lib, "eski", "qadimgi" degan ma’nolari taxmin qilinadi. Qadimda ushbu nomi bilan ataluvchi qabila ham mavjud bo’lgan. Bayotlar kelib chiqishi boʻyicha Oʻgʻuz qabilasi bayotlari bilan bogʻliq degan farazlar mavjud."12.13 Bayot xalqi haqida quyidagicha ma’lumot berishimiz mumkun, “Bayotlar— qadimiy oʻgʻuz-turkman qabilasidir. Bayotlar Turkmaniston, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Suriya va Turkiya kabi zamonaviy mamlakatlarni o'z ichiga olgan ulkan hududda istiqomat qilishgan. Bayot etnonimi birinchi marta o‘g‘uz (turkman) qabilasi sifatida XI asrda turkiy tarixchi Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan o‘zining “Divon lug‘at at-turk” turkiy tili qomusiy lug‘atida tilga olingan. 14 Jumladan Bayotlar bugungi kunda mumtoz musiqa istilohida ma’lum maqom yo’llining ko’rinishi hamda ma’lum bir pardaning nomi sifatida qo’laniladi. Bayot nomli maqom yo’llari O’zbek, Tojik, Ozarbayjon, Uyg’ur, Arab, Eron xalqlarining preofessional musiqa merosida ham mavjud.15 Masalan Uyg’ur xalqida: Muqom san’ati uyg’ur xalqi mumtoz musiqa madaniyatida markaziy o’rin tutadi hamda bugungi kunga qadar o’n ikki muqomdan iborat yirik majmua yetib kelgan. O’n ikki muqom tarkibida Bayot nomli Muqom yo’li ham joy olgan. Ozarbayjon mug’om san’atida yettita asosiy parda tuzilmalaridan birining nomi Bayati-Shiraz deb yuritiladi. Arab xalqida esa to’qqizta asosiy maqamlar mavjud bo’lib, ulardan birining nomi Bayati hisoblanadi. Eronda esa beshta noasosiy datsgohlar tarkibida Bayoti Kurd, Bayoti Isfaxon nomi ataluvchi Dastgoh mavjud. Bayot so’zi bugungi kunda mumtoz musiqa san’atining atamasi sifatida keng iste’loh qilinadi. Ya’ni Bayot bu ma’lum maqom yo’li va pardaning nomidir. “Bayot” nomli maqom ashula yo‘li, o’rta asr maqom tizmi bo’limish “O’n ikki maqom” da “Navro’zi Bayotiy” nomi bilan atalib, yigirma to’rt sho’badan birining nomi bo’lgan. “Navro’zi Bayotiy” sho’basi haqida Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy va boshqa o’rta asr olimlarning musiqa haqidagi risolalari orqali ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin. Xususan Abdurahmon Jomiy o’z risolasida “Navro’zi Bayotiy” sho’basini besh pog’onadan iborat ekanini ta’kidlagan. “Shashmaqom” ning “O’n ikki maqom” bilan aloqasi haqida atoqli maqomshunoslardan I.Rajabov birinchi bo’lib tadqiqot ishlarini olib borgan, hamda ilmiy isbotlarini “Мақомлар” ilmiy monografiyasida keltirib o’tgan. Xususan ilmiy monografiyad a “O’n ikki maqom tizimidagi Ushshoq maqomi Shashmaqomda sho’ba sifatida, Rost maqomi tarkibiga kiritilgani, O’n ikki maqom dagi Dugoh sho’basi maqom shaklida olingani haqida bayon etar ekan, O’n ikki maqom sho’basi hisoblangan Navro’zi Bayotiy, Shashmaqom dagi Navo” maqomi tarkibiga kiritilganini”16 ham ta’kidlagan. Bayot nomli maqom ashula yo’llari O’zbek maqomot tizmining salmoqli qismini tashkil etadi. Quyida O’zbek maqomot tizimida mavjud bo’lgan Bayot maqom yo’llari xususida batafsil to’xtalib o’tsak: Bayot maqom yo’llari Shashmaqom tarkibida: Shashmaqom Muxammasi Bayot Talqini Bayot taronasi Nasri Bayot taronasi Navo maqomi Mushkilot Nasr Ufari Bayot Navo maqomi Saraxbori Navo sho’basi bilan boshlanib ikki tarondan so’ng Talqini Bayot sho’basiga o’tiladi. Talqini Bayot sho’basining kuy yo’li ladi, Nasri Bayot va Ufari Bayot maqom ashula yo’llarining kuy yo’li bilan deyarli bir xil bo’lib, Bayot nomi bilan ataluvchi uchala sho’ba ham uch xil usul va vaznda ijro etiluvchi bitta Bayot maqom yo’lidir. Shashmaqom tarkibiga kirga Taqlini Bayot , Nasri Bayot va Ufari Bayot Xorazm maqomlari va Farg’ona Toshkent maqom yo’llariga kiritilgan Bayot maqom yo’llarining yaratilishida ma’lum poydevor vazifasini o’tagan. Ayniqsa Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari tarkibiga kirgan Bayot I-V turkumi va Shashmaqom tarkibidagi Bayotlarning lad yo’li va kuy yo’llining o’xshashlik jixatlari juda ko’p. (Bu haqida keyingi boblarda alohida to’xtalib o’tamiz.) Xorazm maqomlari Bayot maqomlari quyidagilar:
Xorazm maqomlari Shashmaqomdan andoza olgan xolda yaratilgan bo’lsada ijro jihatlari lad va usullar jihatidan Shashmaqomdan o’zgachadir. Bayot maqom yo’llari Xorazm maqomlaridan Navo maqom yo’lining Mansur va Manzum bo’limida ham kirtilgan. Shashmaqomdan farqli Xorazm maqom yo’llarida Bayot nomi bilan bitta ashula yo’li mavjud. Xorazm maqomlaridagi Bayot ashulasi nasr usulida, Devoniy g’azaliga bog’lab ijro etilgan.17 Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarida alohida ashula turkumi bo’lib, Bular quyidagilar: Bayoti Sheroziy I-V Bayot I-V Farg’ona –Tosheknt maqom yo’llari Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida “Bayot” sho’basi besh qismdan iborat alohida “Bayot I-V” ashula turkumi xoliga keltirilgan. Bu turkum asosida “Bayoti SheroziyI-V” ham yaratildi. Yunus Rajabiy o’zining “Musiqa merosimizga bir nazar” kitobida, Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida mashhur “Bayot” maqom yo’llari haqida quyidagicha ma’lumotlarni yozib qoldirgan; “Avvallari, ustozlarimdan bu kuy yo`llarini o`rgangan vaqtlarimda, ular odatda doirasiz ijro etib, doira usuliga unchalik ahamiyat bermaganlar. ”, “Toshkent va Farg`onada mashhur bo`lib kelgan va “Bayot” deb atalgan Bayot sikli besh qisimdan iborat bo`lib, mashhur Mulla To`ychi Hofiz tomonidan mohirona ijro etib kelingan. Yana bir keksa hofiz - Mirza Qosim hofiz bularni Bayoti sheroziy deb atab ijro etardi. Bunga sabab shuki, bu siklda Bayot 1 Hofiz Sheroziyning g`azali bilan aytilardi. Aslida bu Bayot yo’llarining kuy tuzilishi bir xil.18”. Xulosa o’rnida aytish joziki Bayot maqom yo’li va ladning nomidir. O’zbek mumtoz musiqasida Bayot ma’lum maqom ashula va kuy yo’lidir. Bayot qadim o’guz xalqi nomi sifatida shakllanib o’rta asrlarda O’n ikki maqom tarkibida Navro’zi Bayotiy sho’basi sifatida maqom yo’li sifatida shakllandi. Bugungi kunga kelib Bayot o’rta sharq xalqlari va o’zbek maqomot tizimida o’ziga xos maqom yo’li sifatida istiloh qilinadi. Ayniqsa Shashmaqom va Farg’ona-Toshkent maqom yo’llaridagi Bayotlar, taniqli maqom xonandalari tomonidan an’ana sifatida ijro etib kelinayotgan mashhur maqom yo’lidir. Shashmaqomdagi Navo maqomining Mushkilot bo’limida, Bayot nomli bitta Muxammasi Bayot cholg’u qismi, Nasr bo’limining birinchi guruh sho’balarida Talqini Bayot uning taronasi, Nasri Bayot uning taronasi va Ufari Bayot qismlari mavjud. Xorazm maqomlarida ham Navo maqomining mansur bo’limida Muxammasi Bayot nomli bitta cholg‘u qismi, Dugoh maqomining manzum bo’limida Bayot nomli bitta sho’ba qismi mavjud. Bayot maqom cholg’u yo’li haqida tasavvur hosil qilish uchun Shashmaqom tarkibidagi Muxammasi Bayot cholg’u qismini tahlil etamiz. “Muxammasi Bayot” Navo maqomining Mushkilot bo’limida xalq orasida ma’lum va mashhur cholg’u qismlari talaygina. Masalan Muxammasi Bayot asari. “Muxammas” so’zi beshlik, beshlangan kabi lug’aviy ma’nolarni anglatadi. Muxammas mumtoz she’riyatda besh misradan tuzilgan she’r shaklidir. Muxammasi Navo, dan so’ng Muxammasi Bayot qismi ijro etiladi. Muxammasi Bayot fa ionoy ladida peshrav shaklidadir. Muxammas mumtoz musiqa san’atida besh bo’lakdan iborat murakkab doyra usulining nomidir. Muxammas cholg’u yo’llari uchun eng xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo’zlar doyra usuli hajmidagi bir xil o’lchovda 16 taktdan iborat bo’ladi, ya’ni Muxammas doyra usuli har bir xona va bozgo’y hajmini belgilaydi. Ba’zan kuy xarakati avjga yetkanda, bozgo’yga qaytib tushish uchun bir xona kifoya qilmay qoladi, shu bois ko’pincha avj ikki-uch xona ketma-ket ijro etilib, so’ng bozgo’y tuzilmasiga keladi. Muxammasi Bayot asari jami 176 taktdan iborat bo’lib, yettita xonadan tashkil topgan. Xona va bozgo’yning kelish tartibi quyidagicha: I-Xona, Bozgo’y, II-Xona, Bozgo’y, III-Xona, IV-Xona, Bozgo’y, V-Xona, VI-Xona, VII-Xona, Bozgo’y. Asar Sarxona bilan boshlanadi va jami 16 taktdan iboratdir. Muxammasi Bayot maqom cholg’u qismning boshlang’ich kuy tuzulmasi, Muxammasi Ushshoqning boshlang’ich kuy tuzulmasi kabidir19. Bozgo’y boshlang’ich taktlarda kuy xarakati asosiy pardadan, seksta yuqoriga sakrab, birinchi xonaning mantiqiy davomi sifatida yangray boshlaydi. Bozgo’y tuzulmasi kuyning boshidan oxirigacha barcha xonalarga monand yangraydi va izchil bog’lanadi. Muxammasi Bayotning tuzulishi peshrav shaklida bo’lsada, sho’ba shaklining rivojlanishiga xos bo’lgan ba’zi unsurlarni ko’rishimiz mumkun. Bu dunasr hisoblanib, sho’ba shaklida dunasr daromadning bir okatava yuqoridagi takroridir. Muxammasi Bayotning birinchi xonasidagi kuy tuzilmasi, beshinchi xonada bir oktava yuqorida yangraydi. Bu esa Muxammasi Bayot cholg’u kuyining o’ziga xos tomonlaridan biridir. Muxammasi Bayot qolgan maqom cholg’u yo’llaridan ko’ra mashhurroqdir. Masalan, Muxammasi Bayotning kuy unsurlari Muxammasi Rost( II xonaning boshi), Muxammasi Xusayniy, Muxammasi Navo, Muxammasi Hojixo’ja (I xonaning boshi) larida uchraydi20 Muxammasi Bayotda xonalar asta sekinlik bilan yuqori avjga intiladi. Masalan I xonada asosiy kuy tuzulmasi 1-oktava “fa” tovushidan boshlanib yakunlansa II xonada tetrsiya yuqorida “lya” tovushidan, III xona ikkinchi oktava “do” tovushida IV-xonada kvarta yuqoridagi “fa” pardasida yangraydi. Kuy xarakati doira sifatida shu pardalarga tez-tez qaytib keladi va takrorlanadi. Cholg’u kuyi avj qismiga yetkanida bozgo’yga ulanish uchun bitta xonaning o’zi kifoya etmaydi, shu bois V-VI-VII xonalar ketma-ket ijro etiladi. V xona avjga kirish dunasr, VI xona yuqori avj, VII xona tom ma’noda furovard vazifasini bajarib, asta sekinlik bilan yuqori pardalardan pastga intilib, so’ngi bozgo’y qismiga ulanadi. Muxammasi Bayot tinglovchi qalbiga tez yetib boradi va kuy mavzuyi inson qulog’iga xush yoqadi. Kuy xarakati, xona va bozgo’ylarning kuy tuzulishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, yuqori cho’qiga intilish, yoki savoliga javob olmayotgan oshiq ko’z oldimizda tasvirlanadi. Savol deyishning sababi har bir xona va bozgo’yda bitta tayanch parda tez-tez takrorlanadi. Xulosa qilib aytish joizki, Muxammasi Bayot mukammal maqom cholg’u kuyidir hamda tinglovchiga tez ta’sir etadi. Murakkab doyra usulida yozilishiga qaramay, tinglovchi qabul qilishi oson, yodda tez saqlanib qoladi, musiqiy mavzusi esa tushunarlidir. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek Shashmaqom tarkibidagi Bayotlar Navo maqomining ashula yo’lidagi Talqini Bayot, Nasri Bayot, Talqini Bayot va cholg’u bo’limdagi Muhammasi Bayotdir. Diplom ishimizning mavzusi bo’lmish Bayot I-V turkumining shashmaqom tarkibidagi Bayotlar bilan aloqalari va o’xshashliklari talay bo’lgani bois Talqini Bayot, Nasri Bayot, Ufari Bayot sho’balarini tahlilini keltirib o’tamiz. Talqini Bayot Shashmaqomdagi Navo maqomining birinchi guruh sho’balar tarkibiga kiradi. Talqini Bayot Talqin doyra usulida, sho’ba shaklida. “Talqini Bayot hofizlar tomonidan juda ko’p ijro etilib keladigan mashhur ashula yo’llaridandir.”[1]Ashula fa ioniy ladida va yetti xatdan iboratdir. Ashula cholg’u muqaddimasi bilan boshlanadi. Ko’plab maqom ijrochilari Talqini Bayot sho’basini “ramali musammani mahfuz” vaznidagi g’azallar bilan bog’lab ijro etishadi. Xususan Yunus Rajabiy rahbarligidagi maqom ansambli ham Navoiyning “ramali musammani mahfuz” vaznda yozilgan quyidagi ga’zaliga ijro etishgan. Ashulaning birinchi xati daromad. Daromad ashulaning asosiy ladi fa ioniydadir. Birinchi xatdayoq ashulaning kuy yo’li asta sekinlik bilan yuqori pardalar tomon intilib boradi. O’zbek maqomot tizimidagi mavjud Bayot ashula va cholg’u yo’llarida kuy mavzusi asosiy asta sekinlik bilan yuqori pardalarga o’tib, yana boshlang’ich pardaga qaytib keladi. Daromadning boshlang’ich to’rt taktidagi kuy yo’li yana bir bor o’zgarmagan xolda to’rt takt takrorlanadi. Daromad ikki bo’lakdan iborat desak mubo’lag’a bo’lmaydi. Chunki g’azalning birinchi baytida ashula yo’li asosiy re tovushidan 4 pog’ona yuqoriga xarakatlanib yana qaytib kelinadi, ikki takt cholg’u ansambli ijrosidan so’ng, ikkinchi bayt boshlanib ashula yo’li asosiy pardadan asta sekinlik bilan bud zil Kull21 yuqoriga ko’tarilib asosiy pardaga qaytadi. Shu bois daromadning birinchi bo’lagi birinchi bayt, ikkinchi bo’lagi ikkinchi baytga to’g’ri keladi. Ikkinchi xat miyonxat ashula kuy yo’lining o’rta pardalardagi ijrosi bo’lib, si ioniy ladida ijro etilgan. Ikkinchi xat boshlanish qismi ashulaning tayanch lad pardasiga asoslangan. So’ngra ashula yo’li asta sekinlik bilan yuqoriga ko’tarilib va pastki pardalarga qaytadi, so’ning yana yuqoriga ko’tarilib tayanch parda si da miyonxat yakunlanadi. Tuvushlar balndligini aniq ko’rsatib bayon etish. Uchinchi xat dunasr. Dunasrda daromad qismining kuy asosi qisman takrorlanadi. Ushbu qism lad o’zgaruvchanligi kuzatiladi.(Maqom yo’llarida ushbu xol kuzaltiladimi?) Birinchi baytga bog’lab ijro etilgan bo’lak, dastlab re eoliy ladida tayanch re tayanch tovushining tasdiqlanishi bilan boshlanadi, so’ng si ioniy ladi uch takt davomida ijro etilib yana daromaddagi fa ioniy ladiga qaytib kelinadi. Ikkinchi baytda daromadning ikkinchi bo’lagidagi kuy yo’li takrorlanadi va cholg’u ansambli fa ioniy ladida sakkiz takt miqdorida dunasr ohanglarini takrorlaydi. To’rtinchi xat miyonxatning takroriga o’xshash bo’lib dastavval ashula yo’li do miksalidiy ladida ijro etiladi. So’ng si ioniy ladiga o’tiladi. Ushbu xat ashulaning vazmin qismi bo’lib xarakati bir pardada tez-tez takrorlanib turadi. Bu esa honandaning avj qismiga kirish oldidan tayyorgarliga qulayliq tug’diradi. Beshinchi xat avj qismdir. Ushbu xatda Bayot namudidan foydalanilgan. Bayot namudlarida asosan kuy yo’li ashulaning eng yuqori pardasiga asta sekinlik bilan ko’tarilib, avjda ishlatilgan ladning asosiy tayanch pardasini bir maromda ushlab turib, yana qayta pastki pardalarga tushishlik yo’li hosdir. Beshinchi xatda ham ashula yo’li asta sekinlik bilan yuqori si ioniy ladining ikkinchi oktavadagi si tayanch pardasiga ko’tarilib, bir necha takt miqdorida si pardasi ushlab turiladi. Oltinchi xat si ioniy ladida bo’lib miyonxat qismi ohanglarining takroridir. Yettinchi xat furovard qismi bo’lib, ushbu xatning birinchi bo’lagi fa ioniy ladida bo’lib, ikkinchi bo’lagidan si ioniy ladiga o’tiladi. Ashulaning kuy yo’li asta-sekinlik bilan pastki pardalar tushiriladi va kichik okta tayanch si pardasida yakunlanib, attacca22 tarzida tarona qismiga ulanib ketadi. Taqlini Bayot sho’basining taronasi si ioniy ladida bo’lin talqin doyra usulida ijro etiladi. Ushbu tarona Talqini bayot sho’basi monand bo’lib, ashula yo’li yuqridan pastga hamda pastdan yuqori tomon xarakat qiladi. Tarona qismidan so’ng Nasri Bayotga o’tish uchun suporish keladi. Suporish Nasr doyra usulida kelib si ioniy ladidadir. Nasri Bayot sho’basi cholg’u muqaddimasi bilan boshlanadi. Ushbu sho’baga asosan “Hazaji musamani solim” o’lchoviga mos keladgigan g’azallardan foydalaniladi. Xususan Yunus Rajabiy rahbarligidagi maqom ansambili Nodiraning quyidagi g’azalini bog’lab ijro etishgan: Rafiqo, menga bir dam do’slug’ rasmini izhor et, Ki, menga bordim o’zumdin, yor agar kelsa, xabardor et. Nasri Bayot Talqini Bayotning ma’lum variantidir. “Talqini Bayot, Nasri Bayot, Ufari Bayotga hamogang hamda ular ma’lum Bayot ashula yo’lining talqin, nasr va ufar doira usullarida ijro etiladigan turli ko’rinishlaridir”.[2] Nasri Bayot Talqini Bayotning ritmik variant bo’lsada o’ziga hos ashula yo’liga ega. Masalan Talqini Bayot sho’basi yetti xatdan iborat bo’lsa, Nasri Bayot sho’basi to’qqiz xatdan iboratdir. Shuningdek Nasr doyra usuliga tushirilgan Bayot ashula yo’li Talqin doyra usuliga qaraganda vazminroq yangraydi va tinglovchiga o’zgacha ta’sir etadi. Narsi Bayotning birinchi xati daromad bo’lib, daromad fa ioniy ladida. Ashula yo’li bir maromda asta sekinlik bilan tayanch pardadan tovush yuqoriga siljib yana tayanch pardaga qaytib kelinadi. Ikkinchi xat miyonxat Talqini Bayot sho’basidagi miyonxat huddi o’zi hisoblanib Nasr doyra usullariga tushirilgan variantidir. Miyonxatda ashula yo’lining asosiy ladi si ioniy ladidan foydalaniladi va yana fa ioniy ladiga qaytib kelinadi. Uchinchi xat to’rtinchi xat dunasr bo’lib daromadning bir oktava yuqoridagi ko’rinishiga o’xshash hisoblanib ushbu xat fa miksalidiy ladidadir. Uchinchi xatda ashula yo’li yuqori ikkinchi oktava fa pardasidan tayanch parda fa ga qaytib kelinadi. To’rtinchi xatda ham uchinchi xat takrorlanadi, to’rtinchi xat si ioniy ladida tugallanadi. Beshinchi, oltinchi xatlar avj hisoblanib Bayot namudidan foydalanilgan. Bayot namudida dunasr qismining rivojlangan ko’rinishidir. Ushbu namudlar ham si ioniy ladidadir. Yettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi xatlar tushirim qismni hisoblanib yetinchi xat mi miksolidiy ladida boshlanib qayta si ioniy ladiga qaytib kelinadi, sakkizinchi xat fa miksalidiy ladida bo’lib dunasr qismning takroridir. To’qqizinchi xat fa miksalidiy ladida boshlanib ashulaning yakunlanish qismida si ioniy ladiga kelib yakunlanadi. So’ng atakka tarzida Nasri Bayotning taronasiga ulanib ketadi. Nasri Bayotning taronasi eng mashhur taronalardan hisoblanib, maqomshunos olimlar Is’hoq Rajabov, Otanazar Matyoqubovlar ushbu tarona haqida o’zlarining maqomga bag’ishlangan monografiyalarida[3] bayon etishgan. Shuningdek musiqashunos Shahnoza Oyxo’jayeva ushbu tarona haqida o’zining maqom taronalari ilmiy monografiyasida batafsil ma’lumot beri tahlil ham etgan. Nasri bayotning taronasi 3/4 takt o’lchovudagi doira usuli jo’rligida ijro etiladi.: Tarona si ioniy hamda fa miksolidiy ladlariga tog’ri keladi. Jami besh xatdan iborat bo’lib sho’ba shakliga xos daromad miyonxat hamda dunasr, avj tushirim qismlarini ko’rishimiz mumkun. Birinchi xat daromad daromad si ioniy ladida, ikkinchi xat esa miyonxat bo’lib, o’rta pardalarda ijro etiladi ushbu xat ham si ioniy ladida. Uchinchi hamda to’rtinchi xat dunasr va avj qismiga mos keladi. Uchinchi xatda sol eoliy ladiga mos keladi, to’rtinchi xat esa si ioniy ladida yakunlanadi. Beshinchi xat furovard hisoblanib atacca tarzida suporish qismiga ulanib ketadi. Suporishdan so’ng Orazi Navo sho’basi ijro etiladi. Ushbu ashula yo’li o’tmishda Naqshi Navo yoki Naqshi Bayot deb ham atalgan. “Naqsh” so’zi “bezak” ma’nosida maqom sho’balariga bog’lanadigan, taronalarga ko’ra yirikroq shakldagi ashulalarni ifodalagan. Shuningdek ushbu tarona Farg’ona-Toshkent maqom yo’llaridagi Bayot turkumidan Bayot II deb nomlanib, Naqshi Bayot kabidir. Ko’plab bastakorlar ushbu tarona asosida ashulalar bastalashgan xususan To’xtasin Jalilovning “Bog’ aro”, “Ey ko’ngul”, Yunus Rajabiyning “Koshki”, Komiljon Jabborovning “Keldik”, “Nazzora qil” kabi ashulalar shular jumlasidandir.[4] Ufari Bayot ushbu sho’ba Talqini Bayot, Nasri Bayot sho’balariga hamohang bo’lib, ularga qaraganda yengilroq hamda ixchamroq ashula yo’lidir. Sho’ba fa miksalidiy ladidadir. Jami otita xatdan iborat. Birinchi xat daromad daromadda Narsri bayotning daromadi kabidir, faqat ritmik variant hisoblanadi. Ikkinchi miyonxat ushbu xat si miksalidiy ladi bilan boshlanib, fa ioniy ladida yakunlanadi, uchunchi, to’rtinchi xatlar dunasr hisoblanib, daromadning bir oktava yuqoridagi takroriga o’xshash biroq fa miksalidiy ladida yozilgan. To’rtinchi xat esa miyonxat kuy yo’li kabidir. Beshinchi xat avj avjda Bayot namudi ishlatigan bo’lib, Bayot namudiga xos bo’lib ashula yo’li asta sekinlik bilan eng yuqori pardaga chiqib yana qaytib quyi pardaga qaytib kelinadi. Avj si miksalidiy ladiga mos keladi. Olinchi xat furovard hisoblanib fa ioniy ladida yakunlanadi. So’ngra Navo maqomining birinchi guruh sho’balarining yakunlanish qismi sifatida suporish bilan yakunlanadi. Suporishda Navo maqomining asosiy ladi re eoliy tasdiqlanadi. Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari — Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashgan nomidir. Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan farqli oʻlaroq Farg’ona – Toshkent maqomlari alohida-alohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari "Nasrullo I—V", "Munojot I—V", "Ajam va taronalari", "Miskin I—V", "Segoh I —III", "Sayqal I—II", "Mirzadavlat I—II", "Choʻli Iroq", "Chorgoh", "Surnay Iroqi", "Surnay Dugohi" "Surnay Ushshogʻi" kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli ("Segoh, "Toshkent" irogʻi" kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli "Chorgoh", "Bayot", "Bayoti Sheroziy", "Gulyor—Shahnoz" va yetti qismli "Dugoh— Husayn" ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va boshqalar) namunalari asosida aytiladi. Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida “Bayot” sho’basi besh qismdan iborat alohida “Bayot I-V” ashula turkumi xoliga keltirilgan. Bu turkum asosida “Bayoti SheroziyI-V” ham yaratildi. Yunus Rajabiy o’zining “Musiqa merosimizga bir nazar” kitobida, Farg’ona–Toshkent maqom yo’llarida mashhur “Bayot” maqom yo’llari haqida quyidagicha ma’lumotlarni yozib qoldirgan; “Avvallari, ustozlarimdan bu kuy yo`llarini o`rgangan vaqtlarimda, ular odatda doirasiz ijro etib, doira usuliga unchalik ahamiyat bermaganlar. ”, “Toshkent va Farg`onada mashhur bo`lib kelgan va “Bayot” deb atalgan Bayot sikli besh qisimdan iborat bo`lib, mashhur Mulla To`ychi Hofiz tomonidan mohirona ijro etib kelingan. Yana bir keksa hofiz - Mirza Qosim hofiz bularni Bayoti sheroziy deb atab ijro etardi. Bunga sabab shuki, bu siklda Bayot 1 Hofiz Sheroziyning g`azali bilan aytilardi. Aslida bu Bayot yo’llarining kuy tuzilishi bir xil.23”. Is’hoq Rajabov o’zining ilmiy monografiyasida Farg’ona-Toshkent maqom yo’llarida mavjud “Bayot I-V” turkumini, Shashmaqomdagi Bayot sho’balari asosida yaratilgan va ma’lum variant ekanini e’tirof etadi. Bayot-I ashulasi, Shashmaqomning Nasri Bayot sho’basini eslatadi. Uning avjlarida Bayot Namudi va Navo namudining ma’lum varinantlari uchraydi. Bayot yo’llari usuli to’g’risida Yunus Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” kitobida quyidagicha yozadi “Avvalari , ustozlarimdan bu kuy yo’llarini o’rgangan vaqtlarimda, ular odatda doirasiz ijro etib, usuliga unchalik ahamiyat bermaganlar”24. Hozirgi kunda Bayot turkumining barcha qismi muayyan usulga tushirilgan. Xulosa Maqom san’atining biror bir mavzusini o’rganish va yoritishdan avval maqom bu bugungi kunda tadqiq etilishi zarur vazifa ekanini ta’kidlash joiz chunki yurtboshimiz maqom san’atiga katta e’tibor qaratmoqda. 2018 yil Samarqand shahrida o’tkazilgan maqom san’ati xalqaro anjumanida “Maqom san’ati haqida so‘zlar ekan, prezident bu noyob boylikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish turli qit’a va mamlakatlar vakillarini bu go‘zal maskanda mujassam etgan anjumanning asosiy maqsadi ekanini ta’kidlab o‘tdi.” 6 sentyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzda Xalqaro maqom san’ati anjumani ochilish marosimida ishtirok etib, nutq so‘zladi. “Mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san’at bayramida dunyoning 73 ta davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchilar va mehmonlar qatnashmoqda. Ularning orasida nafaqat o‘z yurtida, balki jahon miqyosida ham mashhur xonanda va sozandalar,madaniyat va san’at arboblari,musiqashunos olimlar borligi barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi”, — dedi prezident o‘z nutqida. Maqom san’ati haqida so‘zlar ekan, prezident bu noyob boylikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish turli qit’a va mamlakatlar vakillarini bu go‘zal maskanda mujassam etgan anjumanning asosiy maqsadi ekanini ta’kidlab o‘tdi. “Samarqand viloyatining Mo‘minobod qishlog‘idan topilgan 3 ming yillik nay cholg‘usi, Termiz yaqinidagi Ayritom arxeologik yodgorligida aks etgan sozandalar tasviri va boshqa ko‘plab misollar milliy musiqa san’atimiz, hech shubhasiz, boy va qadimiy tarixga ega ekanidan dalolat beradi”, — deya ta’kidladi davlat rahbari. “Xalqimiz badiiy tafakkurining mahsuli bo‘lgan „Shashmaqom“, ya’ni, olti maqomni, ta’bir joiz bo‘lsa, olti azim daryoga qiyoslash mumkin. Bu daryolar asrlar davomida jahon madaniyat ummoniga quyilib, uni har tomonlama to‘ldirib, boyitib kelmoqda. Shuning uchun ham bu muazzam musiqiy durdona YUNESKO tomonidan jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani chuqur ma’no va ahamiyatga ega, deb o‘ylayman”, — dedi prezident o‘z nutqida. “Agar biz asl, haqiqiy san’atni bilmoqchi, o‘rganmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini bilishimiz, o‘rganishimiz kerak. Agar biz san’atni, madaniyatni ko‘tarmoqchi bo‘lsak, avvalo mumtoz maqom san’atini ko‘tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur” — dedi davlat rahbari. Xulosa o’rnida aytish joziki Bayot maqom yo’li va ladning nomidir. O’zbek mumtoz musiqasida Bayot ma’lum maqom ashula va kuy yo’lidir. Bayot qadim o’guz xalqi nomi sifatida shakllanib o’rta asrlarda O’n ikki maqom tarkibida Navro’zi Bayotiy sho’basi sifatida maqom yo’li sifatida shakllandi. Bugungi kunga kelib Bayot o’rta sharq xalqlari va o’zbek maqomot tizimida o’ziga xos maqom yo’li sifatida istiloh qilinadi. Shuni aytish joizki Talqini Bayot, Nasri Bayot va Ufari Bayot sho’balari Bayot ashula yo’lining turli doyra usullaridagi ko’rinishi bo’lishiga qaramay, o’ziga hos va tinglovchida turli xil kayfiyatni xosil qiladi. Xar bir sho’ba o’zining shakli, lad tizimiga ega. Biroq ushbu uchala sho’ba yo’lida bir xil namudlar, biri-birini takrorlovchi kuy yo’llariga egadir. Uchala sho’baning o’xshash jixatlari shundaki ashula yo’llarida asosan fa ioniy, re eoliy, si lidiy, si miksalidiy, fa miksalidiy ladlaridan keng foydalanilgan. Shuningdek Bayot namudlarida dunasr qismining rivojlangan ko’rinishi ishlatiladi. G’azal ham uchala sho’bada kuyga tobe xolda bog’lanadi. Bayot I – V turkumi, Talqini Bayot Nasri Bayot Ufari Bayot maqom ashula yo’llari bilan ko’plab aloqaviy hususiyatlari mavjud. Xususan kuy rivojlanishi. Talqini Bayot, Nasri Bayot, Ufari Bayot ashulasida kuy yuqori tomon asta – sekinlik bilan rivojlangan, Bayot I-V tukumida ham shu rivojlov saqlanib qolgan. Bayot bu bir lad va kuy nomi bo’lib uning, asosida Talqini Bayot, Nasri Bayot, Ufari Bayot va Bayot I-V turkumlari turli doyra usullari va g’azllarga bog’lab bastalangan. Download 174.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling