MUNDARIJA - KIRISH………………………………………3
- 1-BOB: O`n ikki maqom rivojlanish tarixi.
- 1.1. O`n ikki maqom sho`balari haqida.
- 1.2. Maqomlarning rivojlanishida sharq allomalarining o`rni…………………………..
- 2-BOB: Shashmaqomning yaratilish tarixi.
- 2.1. Shashmaqomning aytim bo`limi umumiy nomi haqida………………………...
- 2.2. Shashmaqomning cholg`u bo`limi umumiy nomi haqida…………………………
KIRISH - KURS ISHINING DOLZARBLIGI: O‘zbek musiqa madaniyati ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, asrlar davomida rivojlangan. musiqa namunalari ilk o‘rta asr manbalarida o‘z aksini topgan. Tarixiy obidalar, devoriy naqshlar, turli sopol buyumlarida ko‘rsatilgan san’at namunalari shundan dalolat beradiki, o‘rta osiyo mamlakatlarida madaniyat va san’at boshqa hayotiy jabhalar bilan uzviy rivojlanib kclgan. insoniyatning musiqaga bo‘lgan munosabati, ular haqida birinchi ma’lumotlar «avesto» asarida ko‘rsatilgan. so‘ng xonandalar, sozandalar, raqqoslar, shoirlar va ijod ahlining yaratgan asarlari birin-ketin tarixiy asarlarda o‘z aksini topgan. Borbad maivaziy, a.Forobiy, ibn sino, a.Xorazmiy, s.Urmaviy, a.Jomiy, Z.Husayniy, d.Changiy, N.Buxoriylarning o‘z asarlari orqali olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlari asrlar davomida meros bo‘lib kelgan hamda hozirgi kunda zamonaviy musiqa madaniyatining yaratilishida zamin bo‘lib qolmoqda.
- madaniy marosimlarimiz o‘rganish faqat ilmiy jihatdan katta ahamiyat kasb etibgina qolmay, ayni vaqtda, buyuk ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy xazinadan bahramand bo‘lishda hamda insonning barkamol bo‘lib shakllanishida muhim omil hisoblanadi. shunday ekan, beqiyos merosni asrash, avaylash, ularni har tomonlama jiddiy o‘rganish bilan bir qatorda, uni yoshlar ongi va qalbiga jo qilish masalasi eng muhim vazifalardan biridir.
Kurs ishining maqsadi: - Kurs ishining maqsadi:
- Yosh avlodga milliy musiqa me`rosimizni bi qismi bo`lgan maqom san`ati me`rosiga vorislik qila oladigan, shu asosda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli insonlarnivoyaga yetkazish, ularga o`n ikki maqom tarixi va shashmaqom haqida ma`lumot berish.
- Kurs ishining vazifalari:
- -Talabalarning milliy maqom san`atiga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash;
- -Ulg`ayib kelayotgan yosh avlodni o`n ikki maqom tarixi bilan tanishtirish;
- -Shashmaqomning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |