O`n ikki maqom va shashmaqom


«Mushkilot» bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi


Download 16.1 Kb.
bet5/6
Sana23.06.2023
Hajmi16.1 Kb.
#1651770
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'n ikki maqom

«Mushkilot» bo‘limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha nomlanadi:

SHASHMAQOM AYTIM (NASR) BO‘LIMI.

  • Maqomlarning aytim (ashula) bo‘limi umumiy nom bilan «Nasr» deb ataladi. «Nasr» – arabcha «ko‘mak», «zafar», «g‘alaba» demakdir. Maqom ashulalari aytim san’atining murakkab va mukammal namuna larini namoyon etadi. Shu bois ham, ularni kuylash uchun maxsus amaliy malaka va ijroviy mahorat talab etiladi. Bunga erishish uchun esa, musiqiy tahsilning
  • «ustoz-shogird» an’anasi qo‘llanib kelingan. Ushbu an’anaga binoan, maqomchi ustoz o‘z san’atini o‘rgatish va shu tariqa meros qoldirish yo‘lida o‘ziga qobiliyatli shogird tanlagan. Shogird ustozning maqom ashulachiligi bobidagi mahoratini ko‘p yillar (7–10, hatto 10–15 yil) davomida bosqichma-bosqich egallab borgan.

Buxoro maqomlarining «Nasr» nomli aytim yo‘llari (yoki ashula bo‘limlari) ikki guruhdan iborat ashula turkumlariga bo‘linadi.

  • Buxoro maqomlarining «Nasr» nomli aytim yo‘llari (yoki ashula bo‘limlari) ikki guruhdan iborat ashula turkumlariga bo‘linadi.
  • Birinchi guruhning tarkibi, odatda, «Saraxbor», «Talqin», «Nasr» deb nomlanuv chi asosiy aytim yo‘llari hamda ularning taronalari va yakuniy «Ufar» ashula qismlaridan tashkil topadi. Mazkur sho‘balar turkumini quyidagicha tasvirlash mumkin.
  • 1. «Saraxbor» (bosh xabarlar, bosh mavzu) Tarona
  • 2. «Talqin» (pand-nasihat, maslahat) Tarona
  • 3. «Nasr» (ko‘mak, zafar, g‘alaba) Tarona
  • 4. «Ufar».

Buxoro maqomlarining (Olti maqomning) ikkinchi guruh aytim yo‘llari turkumlanishida o‘zgacha qonuniyatlar namoyon bo‘ladi. Bunda «Savt» va «Mo‘g‘ulcha» nomli aytim (ashula) yo‘llari yetak chi o‘rin tutadi.

  • Buxoro maqomlarining (Olti maqomning) ikkinchi guruh aytim yo‘llari turkumlanishida o‘zgacha qonuniyatlar namoyon bo‘ladi. Bunda «Savt» va «Mo‘g‘ulcha» nomli aytim (ashula) yo‘llari yetak chi o‘rin tutadi.
  • «Savt» so‘zi arabcha bo‘lib, «ohang», «tovush», «aks-sado» ma’nolarini anglatadi. «Savt»lar, odatda, 1-guruh aytim turkumlaridagi «Talqin» va «Nasr» ashula yo‘llariga nazira (javob, aks-sado) sifatida yaratilgandir. Bunda, mazkur sho‘balarning kuy-ohang asoslari «Savt»larda 5/4 o‘lchov-ritmli murakkab doira usuliga bog‘lanadi.

Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling