II. Sirpanish podshipniklarini hisoblash
Ishdan maqsad: Podshipniklar haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish, podshipniklarni sanoatda qo’llanilishini o’rganish, sirpanish podshipniklari haqida tushunchaga ega bo’lish, podshipniklarning ishlash sharoiti va yemirilishi bilan tanishish, suyuqlikda ishqalanishni ta’minlaydigan asosiy shartlar bilan tanishish.
Nazariy ma’lumot
Sirpanish podshipniklari tuzilishi jixatidan olganda, ajralmaydigan va ajraladigan podshipniklarga bo’linadi. Hozirgi vaqtda ajraladigan podshipniklardan ko’proq foydalaniladi. Bunday podshipnikning tuzilishi 8.2 – rasmda ko’rsatilgan.
U quyidagi qismlardan iborat:
tayanchga tushuvchi kuchni qabul qilib oladigan asosiy detal – podshipnik qobig’i (1);
podshipnikning yuqori tomonidan berkitib turuvchi qismi – qopqoq (2);
podshipnikning eng muhim qismi – ikki palladan iborat vkladish
(4);
korpus bilan qopqoqni biriktirish boltlari (3); 5) korpusni asosga biriktirish boltlari (5); 6) moylagich (6).
Umuman olganda, sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida ishlatilishi so’nggi yillarda sezilarli darajada kamaydi; chunki ular o’rniga bir qator afzalliklari bo’lgan dumalash podshipniklari ishlatila boshladi. Lekin sirpanish podshipniklarida quyidagi afzalliklar bo’lganligi uchun ayrim xollarda ulardan foydalanish ma’qul ko’riladi.
Katta (1000 min-1 gacha) chastota bilan ishlash xollarida dumalash podshipniklariga qaraganda ko’pga chidaydi.
Vallarni talab qilingan darajada aniq yo’nalishda o’rnatish imkonini beradi.
Ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning istalgan qismiga o’rnatish mumkin. Bu xoll ayniqsa tirsakli vallar uchun qo’llaniladi.
Zarb bilan ta’sir qiladigan kuchlar mavjud bo’lgan xollarda podshipnikdagi moy qatlami bu kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
Dumalash podshipniklaridan foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muxitli sharoitda (masalan, suvda) bemalol ishlay oladi.
Diametri haddan tashqari (1000 mm dan ortiq) bo’lgan vallar uchun hozircha standartlashtirilgan dumalash podshipniklari ishlab chiqarilmaydi, sirpanish podshipniklari esa istalgan kattalikda qilib tayyorlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |