Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   173
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


216 
 
12.1-rasm. Menejment madaniyatining asosiy unsurlari. 
Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta’minlashning asosiy yo’llari - boshqaruv 
ilmini chuqur egallash, umumiy madaniy darajasi va malakasini muntazam oshirib 
borish, o’z faoliyati natijalarini taxlil etish va tushunish, ijobiy shaxsiy sifatlarni 
rivojlantirishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, iqtisodiy 
munosabatlarni yangilash institutsional (muassasalar sohasida) o‘zgarishlarni 
amalga oshirishni, boshqarishning tegishli tarkibiy tuzilmasini yaratishni talab 
qilmoqda. Shu sababli iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida boshqaruv 
tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berildi. Hozir boshqaruvni isloh qilish 
umuman va yetarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirildi, deb aytish uchun asos 
bor. Chunki, birinchi bosqichda totalitar tuzumdan demokratik tuzumga, 
Menejment madaniyati 
Boshqaruv 
xodimlari 
madaniyati 
Boshqaruv 
jarayoni 
madaniyati 
Mehnat sharoiti 
madaniyati 
Hujjatlar yuritish 
madaniyati 
Xodim 
madaniyatining 
umumiy darajasi 
Boshqaruvning 
zamonaviy 
texnologiyasi 
Ishlab chiqarish 
madaniyati 
Ishlab chiqarish 
madaniyati 
Boshqaruv ilmini 
bilish 
Boshqruv 
mehnatini maqbul 
tashkil etish 
Ish joyini tashkil 
etish madaniyati 
Hujjatlarning 
xizmat qilish 
muddati 
Boshqaruv 
san'atini egallash 
Boshqaruv 
jarayonini 
kompleks 
mexanizatsiyalash 
va avtomat- 
lashtirish 
Joylashtirish 
Hujjatlardan 
foydalanishning 
qulayligi 
Xodimning 
shaxsiy va 
ishilarmonlik 
xislatlari 
Xizmat ko‘rsatish 
Hujjatlar bilan 
xizmat ko‘rsatish 
ishonchliligi 
Tashrifchilarni 
qabul qilish, 
telefon orqali 
so‘zlashish, maj-
lislar o‘tkazish 
madaniyati 
Jihozlash 
Shovqindan 
saqlash 
Boshqaruv uslubi 


217 
markazlashtirilgan tartibdagi qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, 
qattiq mahkamachilik va ma’muriy buyruqbozlikdan iqtisodiy omillar va 
rag‘batlantirish choralari asosida o‘zini-o‘zi boshqarishga va o‘zini-o‘zi idora 
etishga o‘tish qiyin, ba’zan mashaqqatli bo‘ldi. Bu bosqichda boshqarishning aslida 
yangi tizimi vujudga keltirildi. O‘zbekistonda bu sohada tegishli tajriba yo‘q edi va 
hatto biron-bir o‘xshash ishlar ham bo‘lgan emas. Bozor munosabatlari tarkib topib 
bo‘lgan va bu yo‘nalishda endigina dastlabki qadamlarni tashlayotgan 
mamlakatlardagi boshqaruvni tashkil etishning turli tizimlari o‘rganildi. Shu asosda 
butun xalq xo‘jaligining tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va 
hozirgi sharoitlarga mos bo‘lgan o‘z tuzilmalari ishlab chiqildi. 
Tanlangan yondashuvlar ko‘p jihatdan tajriba, izlanish tarzidagi yondashuvlar 
edi. Bu tajribalar dadil amalga oshirildi. Ularga o‘zini obro‘sizlantirib qo‘ygan 
ma’muriy buyruqbozlik tizimi tuzog‘idan qat’iyan xalos bo‘lishning, jadal o‘zgarib 
borayotgan iqtisodiy sharoitlarga mos bo‘lgan yangi muassasalar tizimini tezlik 
bilan joriy etishni birdan bir yo‘li deb qaraldi.
Muassasalar sohasidagi (institutsional) o‘zgarishlar jarayonidayoq boshqaruv 
mexanizmlari takomillashtirilib borildi, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini 
boshqarish borasida ularning xususiyatlariga ancha mos keladigan xo‘jalik 
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-
huquqiy shakllar vujudga keldi.
Ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimida 
boshqarishni izchil, bosqichma-bosqich tashkil etish modeli qabul qilindi. 
Boshqaruv tizimini isloh qilish jarayoni bir qancha bosqichlardan o‘tib taraqqiy qildi 
va hozir ham takomillashtirilmoqda. Boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida 
ko‘plab boshqaruv bo‘g‘inlarining vazifasi o‘zgardi, yangi idoralar tuzildi. 
Ma’muriy buyruqbozlik tizimining qoldiqlari, nazorat qiluvchi tizim va uning 
ijroiya idoralari tugatildi. Oldingi taqsimot ishlari hamda ularni amalga oshiruvchi 
mexanizmlarga barham berildi. Jumladan, ma’muriy buyruqbozlik, to‘rachilik 
tizimining o‘zagini tashkil etgan, markazdan turib rejalashtirish tizimi 
mustahkamligi va buzilmasligining ifodasi bo‘lgan davlat reja qo‘mitasi, davlat 


218 
ta’minot qo‘mitasi, davlat narxlar qo‘mitasi va bir qator vazirliklar hamda juda katta 
ma’muriy apparatlar tugatildi.
Ularning o‘rniga yangi boshqarish bo‘g‘inlari tuzildi. Bular bozorga 
asoslangan yangi iqtisodiy munosabatlarning tashabbuskorlari va ularni ro‘yobga 
chiqaruvchilar bo‘lmog‘i kerak. Masalan, o‘zini oqlamagan Davlat reja qo‘mitasi 
o‘rniga Davlat Statistika Departamenti tuzildi. Bu qo‘mita iqtisodiyotni isloh qilish 
qoidalari va ustivorliklar, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida iqtisodiy 
islohotlarning borishiga baho berish hamda ularni yanada chuqurlashtirishga 
qaratilgan takliflar tayyorlash; balans hisob-kitoblari asosida makroiqtisodiy 
nisbatlarni, tarmoqlar va hududlardagi tarkibiy o‘zgarishlar tamoyillarini tahlil 
qilish; respublika iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini shuningdek, mintaqalarni 
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqqan 
holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p variantli istiqbollarini belgilash 
vazifalari yuklatildi. Yakkahokim bo‘lib olgan taqsimot idorasi — Davlat ta’minot 
qo‘mitasi va uning vorisi bo‘lgan «O‘zshartnomasavdo» o‘rniga yangi bozor tizimi 
Respublika ulgurji va birja savdo hissadorlik uyushmasi tuzildi. Bu uyushma tovar 
ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar tovar resurslari bozorida erkin 
hamda teng huquqli ishtirok etishi uchun zarur infrastrukturani (bozor xizmati 
sohasini) yaratishi kerak. Uning tarkibiga respublika hissadorlik tovar-xomashyo 
birjasi, hissadorlik birja banki, hududiy hissadorlik tijoratchi-vositachi 
kompaniyalar kiritildi. Bular mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar, 
tashkilotlar va jismoniy shaxslarga kontrakt-shartnoma asosida tijorat-vositachilik, 
savdo, marketing va boshqa xizmatlar ko‘rsatishi ularga birja savdosida qatnashish 
uchun teng sharoitlar yaratib berishi kerak. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling