Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Sanoat korxonalarini kombinatsiyalashtirishning iqtisodiy asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.3. Sanoat korxonalarini kombinatsiyalashtirishning iqtisodiy asoslari.
Korxonalarni kombinatsiyalashuvi — mehnat taqsimotining bir shakli hisoblanib, har xil ishlab chiqarishni bir korxona doirasiga birlashuvi, Bir korxonaning tayyor mahsulotidan ikkinchi korxona xomashyo sifatida foydalanadi. Masalan, kombinat tuzilishi kombinatsiyalashuvga misol bo’la oladi. Unda: har xil turdagi ishlab chiqarishni birlashuvi; ular orasidagi proporsionallik; ishlab chiqarish orasidagi texnik-iqtisodiy birlik; yagona energiya taminoti; xizmat ko’rsatish va yordamchi sohalarning yagonaligi mavjud bo’ladi. Kombinatsiyalashtirish natijasida xom ashyodan, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa sanoatning xom ashyo manbaini kengaytiradi. Kombinatsiyalashtirish sanoat ishlab chiqarishda jarayonlarni uzluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va antijada ish kuchini tejash mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish obe’ktlari uchun kapital xarajatlari, mahsulotni va xom ashyoni uzoqqa tashish, umumzavod xarajatlari qisqaradi, mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to’laroq qondiriladi. Kombinatlashtirishning ta’rifiga asosan uning quyidagi yo’nalishlari mavjud: 113 xom ashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta ishlash; ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot tayyorlash; xom ashyoni yoppasiga qayta ishlash. Kombinatsiyalashning izohlangan shakllari ko’p hollarda har xil ishlab chiqarishlarning o’zaro aloqadorligiga asoslanadi. Kombinatsiyalashgan korxonalarda texnologik jarayonlar uzluksiz boradi, bir korxonaning mahsuloti ko’pincha boshqa korxona yoki ishlab chiqarish uchun chala mahsulot, yoqilg’i yoki xom ashyo sifatida foydalaniladi. Ishlab chiqarishni zamonaviy talablarga hamda fan-texnika taraqqiyotining yo’nalishini e’tiborga olgan holda tashkil etish uning samardorligin oshirishdagi sezilarli omildir. Korxonada kombinatsiyalashning rivojlanish darajasini aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: korxonalarda umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan ishlab chiqarishni kombinatsiyalash natijasida olingan mahsulot miqdori; xom ashyo chiqindilardan ajratilgan foydali komponentlar darajasi va xokazolar. Korxonalarni kombinatsiyalashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar: Kombinatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi; Хodimlarning o’rtacha yillik soni; Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati; Kombinatlarning o’rtacha yillik soni; Хom ashyo tarkibida foydali elementlarning ulushi, %. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling