Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
O‘zbekistonda ish haqini isloh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash.
O‘zbekistonda ish haqini isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlari 107 6 m a v z u . K o r x o n a l a r d a i s h l a b c h i q a r i s h n i t a s h k i l e t i s h v a b o s h q a r i s h Mavzuning maqsadi: Talabalarda korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, bozor sharoitida ishlab chiqarishning maqsadi va vazifalari, korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari, so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar, testlar va boshqotirmalar yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat. 6.1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash. Korxonalarni yiriklashuvi - yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi hisoblanib, u mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’sishi orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarishning o’ta yiriklashuvi ham o’z vaqtida kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shuning uchun sanoatning har bir tarmog’idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, xom ashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo’yicha optimal miqdorni belgilab oladi. Ishlab chiqarishning optimal miqdori deganda, belgilangan muddatda kam xarajat qilgan holda yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o’rta korxonalar nisbatan yuqori suratlar bilan rivojlanadi. Yiriklari esa asosan tabaqalashadi. Kichik va o’rta korxonalar ishlab chiqarishni yangi mahsulotlar bo’yicha qayta ko’rishga, qo’shimcha ish o’rinlari ochishga hamda bandlik masalasini hal etishga yaxshi moslashgan bo’ladi. Korxonalarni yiriklashtirishni quyidagi har xil shakllar orqali rivojlantirish mumkin: bir xil tipdagi mahsulotlarni (ixtisoslashgan korxonalar shaklida) ishlab chiqarishnii ko’paytirish orqali; har xil tipdagi mahsulotlarni (har xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar shaklida) ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali; korxonalarni kombinatsiyalash asosida kengaytirishni rivojlantirish orqali (korxona-kombinatlar shaklida); ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash asosida kengaytirishni rivojlantirish. 108 Bu ishlab chiqarishning qiyin shakli bo’lib, buncha korxonaning eng yiriklashgan shakli orqali erishish mumkin. Ishlab chiqarish korxonalarini yiriklashga quyidagi yo’llar orqali erishish mumkin: o oldindan mavjud bo’lgan mashina, texnologiya, texnik liniyalalarni ko’paytirish orqali; o katta quvvatga ega bo’lgan mashina va uskunalarni qo’llash orqali; o ishlab chiqarish korxonalarni yangi zamonaviy uslubdagi mashina, uskunalar bilan qurollantirish orqali; o o’zaro bog’liq korxonalarini kombinatsiyalash orqali; Iqtisodiy nuqtai nazardan ishlab chiqarishni yiriklashtirishning eng maqsadli yo’li bu korxonaga katta quvvatdagi yangi mashina va uskunalarni jalb qilishdir. Korporatsiya darajasini tahlil qilganda absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar tahlil qilinadi. Ishlab chiqarish korxonalarining kengaytirishning alohida o’lchami bilan harakterlanadi, uning darajasi esa quyidagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi: mahsulot ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha yillik asosiy ishlab chiqarish fondlari, ishlovchilarning o’rtacha yillik soni. Bo’lardan eng faoli mahsulot ishlab chiqarish hajmidir. Nisbiy kengaytirish har xil o’lchamdagi korxonalar o’rtasida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining taqsimoti bilan harakterlanadi. Shuning uchun nisbiy kengaytirish darajasi esa shu yildagi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi. Butun bir korxonada qandaydir mahsulot ishlab chiqarish hajmida korxonaning miqdori, bozorda mahsulotlarni sotilishidan korxonaning haqi va hokazolar. Korxonalarni yiriklashuvini xarakterlovchi ko’rsatkichlar: Yirik mahsulot ishlab chiqarish hajmi; Хodimlarning o’rtacha yillik soni; Asosiy fondlarni o’rtacha yillik qiymati; Yillik foydalanilgan elektr energiya miqdori; Yirik korxonalarning umumiy mahsulotdagi ulushi; % Тarmoqdagi korxonalarning o’rtacha miqdori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling