Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173
Ikkinchi bo’lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametrlari va 
ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-rejaning asosiy g’oya 
va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib
aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi. 
Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maq-sadning 
loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayot-gan reja yakunining 
qisqacha tavsifi va ularning bir-biridan farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llari va 
usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq sarf-
xarajat-lar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani ishlatish sohasi. 
Umumlashgan natijaning ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar 
(ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; 
sotishdan tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); 
maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning 
o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan 
xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajali-ligi; rejalashtirilayotgan natijani 
olish kafolati). 
Uchinchi bo’lim. «Тadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, 
tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: 
tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotning ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, 
modeli, surati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u 
qoniqtirmoqchi bo’lgan iste’mollar (haridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida 
bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; 
tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga bo’lgan 


126 
talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat 
qilish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling