Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi bo’lim.
Тo’rtinchi bo’lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmi-ning tahlili»
bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi bo’lib, bu bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishini vaqt mobaynida belgilab beriladi. Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslan-sa, ikkinchi tomondan, bo’lajak haridor yoki savdo tashkiloti bilan bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi. Loyihalarning o’lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshiril-ganda mahsulot iste’molchilari doirasini aniqlasa bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bozorga analitik baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va boshqa faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’lla-rini ham belgilab berishi lozim. Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligini, raqobatchilar borligini, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek, narx siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi. Beshinchi bo’lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu bo’limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog’liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog’lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; c) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); d) tovarni sotish jarayonida va sotgandan keyin haridorga xizmat ko’rsatish. 127 Тashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo’lib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubini; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlarning muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga kiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling