Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   173
1. Тitul varag’i. 
Firma nomi va manzili; tadbirkor haqida ma’lulotlar (FISh, manzili va 
telefoni). Hozirda ko’plab firmalarda sayt mavjud, uni ham ko’rsatish zarur. Keyin 
– elektron manzil (e-mail), kompaniya egalari ham ko’rsatiladi. (rekvizitlar va 
nomlanishi), bitta gapda loyihaning mohiyati bayon qilinadi va loyihani 
bajaruvchilar keltirilib, loyiha tuzilgan sana ham ko’rsatiladi.
2. Sir saqlash haqida kelishuv.
Sir saqlash haqida kelishuv biznes reja bilan tanishadigan kishilarni unda 
bayon qilingan ma’lumotlarni sir saqlash haqida ogohlantirish maqsadida tuziladi. 
Kelishuvda biznes reja bilan tanishayotgan shaxs muallifning roziligisiz 
rejada mavjud bo’lgan ma’lumotlarni hech kimga bildirmaslik bo’yicha 
majburiyatni bo’yniga olishi va bunga kafolat berishi haqidaga eslatmalar bo’lishi 


130 
mumkin. Shuningdek, biznes reja yoki uning ayrim qismlaridan har qanday 
maqsadlarda nusxa ko’chirish yoki uni uchinchi shaxslarga berish ta’qiqlanganligi 
haqida ham aytilishi mumkin. Hamda kelishuvda biznes reja sarmoyadorni sarmoya 
ob’ekti sifatida qiziqtirmagan holda uni muallifga qaytarish to’g’risidagi talab ham 
bo’lishi mumkin.
3. Rezyume. 
Biznes-reja rezyumesi rahbarlar, yozma murojaatlar, reklama e’lonlari uchun 
yoziladi.
Ushbu bo’lim potensial sarmoyador yoki loyiha hamta’sischilarini 
qiziqtirishga mo’ljallangan. Aynan shu bo’limdan potensial sarmoyadorlar eng 
birinchi taassurot oladilar va ko’pincha ana shu ilk taassurot asosida loyihaning 
taqdiri belgilanadi.
Biznes-reja potensial sarmoyadorlarga mo’ljallangan bo’lib, odatda ularning 
qo’lidan ko’plab biznes g’oyalar o’tadi. Ular sizning loyihangizning mohiyati va 
samaradorligi nimadan iborat ekanligini, uni amalga oshirishga qancha mablug’ 
zarurligi va moliya manbalarini bilishga qiziqadilar. Ularni qiziqtiring.
Ushbu bo’limda tezis shaklda butun biznes reja, korxonaning mohiyati va 
maqsadi ochilgan holda bayon qilinadi. Unga asos qilib, ishlab chiqilgan biznes reja 
barcha bo’limlarida keltirilgan ma’lumotlar olinishi mumkin.
Rezyume tarkibi quyidagicha bo’lishi tavsiya qilinadi:
- Loyihaning qisqacha tavsifi, uning maqsadi va vazifalari, ta’minlash 
manbalari; 
- Amalga oshirish mexanizmlari;
- Mahsulot yoki xizmatlarning noyobligi va raqobatbardoshligi;
- Zarur tashqi moliyalash hajmi
- Sotuv va daromad hajmlari prognozlari;
- Sarmoyadorlarga qarzlarni qaytarish.
Rezyumega qo’yilgan asosiy talab – bayonning tushunarli va lo’nda bo’lishi, 
maxsus iboralarning iloji boricha kam ishlatilishidan iborat. Hajmi bir betdan 
oshmasligi kerak.


131 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling