Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
7. Ishlab chiqarish rejasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
134 7. Ishlab chiqarish rejasi. Bo’limdagi ma’lumotlar sarmoyadorni mahsulotlarni (xizmatlar) yuqoridagi bo’limlarda keltirilgan sifat va hajmlarda tayyorlay olish mumkinligiga ishontirishi kerak. Shunindek, ushbu bo’limda korxona haqida umumiy ma’lumotlar, rejalashtirilayotgan sotuv hajmiga mos keladigan ishlab chiqarish harajatlarining hisob kitobi, mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan bevosita (o’zgaruvan) va bilvosita harajatlar, mahsulot qiymatining hisob kitobi, joriy ishlab chiqarish harajatlari smetasi kabilar ham keltiriladi. Bo’limning taxminiy tarkibi: - Korxona haqida umumiy ma’lumotlar; - Korxona joylashgan joy tavsifi. Ko’p hollarda korxona joylashgan joy mavaffaqiyatga erishishdagi asosiy omillardan biri bo’lib chiqadi. Biznesning o’ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda transport, injenerlik tarmoqlari (elektr quvvati, suv, issiqlik, kanalizatsiya, aloqa va boshqa.), resurslar, shuningdek, sotuv bozorlariga yaqinlik kabilar ham ko’rsatiladi; - Foydalanilayotgan texnologiya va bajaruvchilarning malakasi; - Zarur maydonlar; - Kadrlar bilan ta’minlash. Har qanday ishda, ayniqsa, biznesda “kadrlar hamma narsani hal qiladi”, degan prinsip haqiqatga juda yaqin. Qoidaga ko’ra, pullar loyihaning o’ziga emas, uni amalga oshiradigan jamoaga beriladi. Shu sababli asosiy o’rinlar shaxsan ko’rsatilgani maqsadga muvofiq; - Ishlab chiqarishning ekologiya, atrof muhit va ishlovchilarning havfsizligi talablariga javob berishi. Loyihadagi ushbu masalalarning to’g’ri ishlab chiqilmaganligi jarima xarajatlarini keltirib chiqarishi va ishlab chiqarishning yopib qo’yilishiga olib kelishi mumkin; - Ishlab chiqarish hajmi; - Hodimlarga ketadigan xarajatlar: Boshqaruv xodimlariga ketadigan xarajatlar (direktor, bosh muhandis, ishlab chiqarish boshlig’i, buxgalter, reja bo’limi va hokazo), ishlab chiqarish hodimlariga ketadigan xarajatlar (konstruktorlar, 135 texnologlar, ta’mirchi ishchilar va hokazo),boshqa xodimlarga ketadigan xarajatlar (sotuv bilan shug’ullanuvchilar, omborchilar, qo’riqlash xizmati); - Хom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga ketadigan xarajatlar: hisob-kitob har bir mahsulot yoki xizmat turi bo’yicha amalga oshiriladi; - Joriy xarajatlar smetasi: ushbu bo’limda mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishga ketadigan joriy xarajatlar keltiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari yoki boshqacha aytganda, to’g’ridan-to’g’ri (o’zgaruvchan, ya’ni ishlab chiqarish hajmlariga mos ravishda) va umumiy (doimiy, ya’ni ishlab chiqarish xajmlari o’zgarishiga bog’liq emas) xarajatlarga bo’linadi; - O’zgaruvchan xarajatlarni hisoblash: - Хom ashyo va materiallar, butlovchi qismlarga ketadigan xarajatlar; - Ishlab chiqarish xodimlariga ketadigan xarajatlar; - Yoqilg’i, elektr quvvatiga ketadigan xarajatlar (ba’zi hollarda); - Doimiy xarajatlarning hisob-kitobi; - Ishlab chiqarish xarajatlari (ijara, uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilg’i va energiya xarajatlari va hokazo); - Savdo chiqimlari (reklama, mahsulotni ilgari surish bo’yicha tadbirlar, uni sotish, o’tkazish xarajatlari); - Ma’muriy xarajatlar (ma’muriy hodimlarning mehnat haqi, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, xizmat safari xarajatlari va hokazo). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling