Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Тarmoq va korxona tavsifi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
4. Тarmoq va korxona tavsifi.
Bo’limdan maqsad – tanlangan biznes sohasidagi real vaziyatni hisobga olgan holda amaldagi harakatlarni bayon qilish yo’li bilan Sizning tadbirkorlik ishingizning realligini ko’rsatish va isbotlashdan iborat. Ushbu bo’limda ikki asosiy jihatni aniq va qisqa tushuntirish zarur: - Korxona foyda olish vositasi sifatida nimadan iborat; - Uning mavaffaqiyatli faoliyati nimaga asoslanadi. Bo’limning taxminiy tarkibi: - Korxona nima bilan shug’ullanadi (qo’shimcha nima qiladi), mahsulot (xizmat) nimadan iborat, mijozlari kimlar bo’ladi; - Sizning biznes sohangizdagi vaziyat tavsifi (korxonangiz tanlangan biznes sohasida qanday qo’shiladi, sohadagi ishlarning ahvoli, rivojlanish istiqbollariga baho berish); - Korxonaning tashkilish-huquqiy shakli, tashkiliy tarkibi, ta’sischilar, xodimlar va hamkorlar, asos solingan sana. Korxona moliya-iqtisodiy faoliyatining ko’rsatkichlari; - Korxona joylashgan joy (qisqacha korxona manzili, bino yoki xona belgilari, mulkchilik shakli yoki ijara, ta’mirga ehtiyojlik darajasi, ushbu joyning biznesingiz uchun qulay tomoni) bayon qilinadi; - Ishning spetsifikatsiyasi (mavsumiylik darajasi, ish vaqti (soatlar va hafta kunlari) va biznes sohasi o’ziga xosliklari yoki foydalanilayotgan resurslar bilan bog’liq boshqa o’ziga xosliklar); Agar korxona endigina tashkil qilingan bo’lsa, ushbu bo’limda qo’shimcha ravishda yaratilayotgan korxona muvaffaqiyati nimaga asoslanishi va sizning ushbu biznes sohasidagi tajribangiz ham bayon qilinishi kerak. Jumladan, yetkazib beruvchilar yoki iste’molchilar bilan oldindan tuzilgan shartnomalarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq. Agar loyiha yakka tadbirkorlik faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan bo’lsa, unda o’zingiz shug’ullanayotgan biznesning tavsifini keltirasiz. 132 Bo’lim sarmoyadorni loyihani taklif qilayotgan shirkatning ishonchli va istiqbolli ekanligiga ishontirishi kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling