Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/173
Sana16.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1679669
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173
Sof joriy qiymat ba’zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani 
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt 
davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi. 
Rentabellik foydaning kapital qo’yilmalarga yoki aksioner kapitaliga nisbati 
shaklida aniqlanadi. Тadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir 
yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi. 
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath 
mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti deb hisoblanadi. Agar samaradorlikning 
ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo’lmasa, loyiha samarali deb 
hisoblanadi. 
Kapital qo’yilmalarning qaytarilish davri. Bu ko’rsatkich kapital quyilmalarning 
o’z-o’zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo’llaniladi. Bu davrda funksional-
ma’muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital qo’yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati. Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy 
moliyalashtirish o’lchamlarini aks ettiradi va barcha sarf-xarajatlarni qoplash 
manbalari bilan bog’lanishi lozim. 
Zararsizlik me’yorlari. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining 
minimal o’lchovi bo’lib, «nol daromad» olinadi, ya’ni sotuvdan kelgan daromad ishlab 
chiqarishdagi xarajatga teng bo’ladi. 


129 
7.5 United Nations Industrial Development Organization (UNIDO) qoidalari 
bo’yicha biznes-reja tarkibi. 
United Nations Industrial Development Organization bo’yicha biznes-reja 
shabloni
1. Тitul varag’i
2. Sir saqlash haqida kelishuv
3. Rezyume
4. Тarmoq va korxona tavsifi
5. Mahsulot va xizmatlar tavsifi
6. Marketing, mahsulot va xizmatlarni sotish
7. Ishlab chiqarish rejasi
8. Тashkiliy tuzilma va boshqaruv
9. Moliya rejasi
10. Loyiha yo’nalishi va iqtisodiy samarasi
11. Тavakkalchilik va kafolatlar
12. Ilovalar 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling