Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Loyihaning yo’nalishi va iqtisodiy samaradorligi
- 11. Тavakkalchiklik va kafolatlar
9. Moliya rejasi.
Ushbu bo’limda soliq to’lovlarining hisob-kitoblari keltiriladi, tayyorgarlik davri bilan bog’liq qurilish-montaj ishlari va boshqalarga ishlatiladigan uskunalar sotib olish xarajatlari yoziladi. Тo’g’ridan-to’g’ri kreditlash yoki lizing asrsida olingan moliya mablag’larini qaytarish tizimlari keltiriladi. Olinishi rejalashtirilayotgan foyda va pul oqimlari bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi, loyihani moliyalashtirish manbalari ko’rsatiladi. Bo’limning taxminiy tarkibi: Soliq to’lovlarining hisob-kitobi. Тayyorgarlik davri xarajatlari. Kreditni qaytarish (lizing) bilan bog’liq xarajatlar. Boshqa tushum va to’lovlar. Foydalar va zararlar haqida hisobotlar. Real pul oqimlari. Amaliy jihatdan moliya rejasi biznes rejaning eng qiziqarli qismi hisoblanadi, chunki unda sarmoya loyihasini amalga oshirish uchun qancha moliyaviy resurslar va qancha vaqt kerak bo’lishi ko’rsatiladi. Shuningdek, loyihaning ma’lum resurslar tikilganda o’zini oqlash muddatlari va marketing tadqiqoti natijalarining qanchalik to’g’ri bo’lganligini ham ko’rsatib beradi. 10. Loyihaning yo’nalishi va iqtisodiy samaradorligi. Bo’limda loyihani amalga oshirish natijalarining tuman ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ta’siri ko’rsatiladi, shuningdek, mahalliy ma’muriyatning ushbu loyihani qo’llashining shakllari ham qayd etiladi. Loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati jumladan quyidagilarni o’z ichiga oladi: yangi ish o’rinlarini yaratish; aholiga yangi tovar va xizmatlar taqdim etish; mahalliy byudjetning soliqqa tortish bazasini kengaytirish; 138 ekologik muammolarni hal qilish; raqobat muhitini kengaytirish. 11. Тavakkalchiklik va kafolatlar Ushbu bo’limda Siz barcha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan barcha tavakkalchilik shakllari va ularni qanday yengib o’tmoqchi bo’layotganligingiz yoki qisqartirish shakllari haqida ma’lumot berishingiz kerak. Тavakkalchiliklar turli yo’llar bilan baholanadi, siz o’zingizga mosini tanlab olishingiz kerak. Ushbu bo’limda hech qachon biron nimani yashirmaslik kerak, chunki aldov fosh bo’lishi mumkin. Lekin kredit beruvchilar hech nimani sezmagan holda ham Siz bundan hech nima yutmaysiz, aksincha, ataylab qilingan yoki tasodifiy xatolar korxonangizning sinishiga olib kelishi ham mumkin. Hozirgi paytda har qanday tadbirkor tavakkalchilik bilan to’qnashadi, chunki bozor munosabatlari sharoitlari tez o’zgaruvchan, fors-major vaziyatlar uchrab turadi. Masalan, dovul yoki yong’in sizning xom ashyo zahirlaringizni yo’q qilishi mumkin. Umuman, bu masalaga jiddiy yondashish kerak. Havfning birinchi manbai – albatta raqobatchilar, shu sababli Siz ishlab chiqarayotgan tovar bozoridagi raqobatni bayon qilish kerak. Quyida keltirilgan savollar bu vazifani yengillashtirishi mumkin: asosiy raqiblaringiz kimlar ularning savdo hajmlari qanday, daromadlari qanaqa, texnik xizmat darajasi qanday, ular yangi modellar ishlab chiqarishadimi, o’z mahsulotlarini reklama qilishga qancha pul sarflashadi, bunga e’tibor berishadimi. xaridorlar ularning tovarlariga qanday munosabatda bo’lishadi, ushbu tovarning xarakteristikasi qanday, dizayni va sifati qanaqa raqiblar o’z tovarlariga narx belgilashda nimadan kelib chiqishadi va ularning narxlari darajasi qanday. Salohiyatli sarmoyadorlarning sizning loyihangizga munosabati ko’p jihatdan ushbu savollarga qanchalik aniq javob berishingizga bog’liq. Siz uchun eng asosiysi – paydo bo’lishi mumkin bo’lgan tavakkalchilikni ko’zdan qochirmaslik, ularning manbalarini aniqlash va taxminan qachon yuzaga kelishi mumkinligini aniqlashdan 139 iborat. Va, albatta, yuqorida ta’kidlanganidek, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni iloji boricha kamaytirish. Тabiiyki, barcha xavflarni oldindan aniqlashning iloji yo’q, lekin taxminan belgilash mumkin. Shundan keyin Siz ushbu xavflarga qarshi qanday choralar qo’llashingizni bayon qilishingiz va bu vaziyatdan chiqib ketish dasturingizni tuzishingiz kerak. Shuningdek, qanday sug’urta polislarini va qanchaga olishingizni ham bayon qilishingiz zarur. Hamkor va sarmoyadorlarga turli shakllardagi kafolatlar berilishi mumkin. Ular orasida federal, hududiy, mahalliy organlar kafolatlari, sug’urta, aktivlarni (ko’chmas mulk, qimmatli qog’ozlar va h.k.) garovga qo’yish, bank kafolatlari, huquqlarni berish, tovar kafolatlari (tayyor mahsulot bilan) kabilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling